Karimov Jamshid To‘lqin o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abdurahmon Jomiyning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlari” 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10676  
Ilmiy rahbar: Izbullaeva Gulchehra Valerievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti, 
PhD.03/2025.27.12.Ped.08.04 
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Bazarova Saodat Jamolovna; pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Kurbanova Gulnoz Negmatovna 
Yetakchi  tashkilot: Samarqand davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Abdurahmon Jomiyning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlarini o‘rganish, ularni pedagogik tahlil qilish orqali hozirgi zamonaviy yoshlar ta’lim-tarbiyasida tutgan o‘rnini asoslash va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abdurahmon Jomiyning ma’naviy-axloqiy merosi global integratsiya va axborotlashuv jarayonlari chuqurlashib borayotgan sharoitda yoshlar tarbiyasining aqliy va ma’naviy asosi sifatida metodologik jihatdan asoslandi hamda mutafakkirning “Inson kamoloti” konsepsiyasi milliy hamda insonparvarlik qadriyatlar sintezi sifatida dalillandi;
Jomiyning “Bahoriston” hamda “Haft avrang” to‘plami tarkibidagi “Iskandar xiradnomasi”, “Silsilat uz-zahab” va “Tuhfat-ul ahror” kabi asarlaridagi ma’naviy-axloqiy qarashlarning shaxsiy namuna, mustaqil fikrlash, o‘z-o‘zini baholash, ijtimoiy muhit ta’siri kabi ta’limiy imkoniyatlari aniqlandi va ularning talaba shaxsini shakllantirishdagi pedagogik mexanizmlari (suhbat, ibrat, pand-nasihat) zamonaviy ta’lim standartlari nuqtai nazaridan transformatsiya qilindi;
Jomiy asarlarida ilgari surilgan ustozga ehtirom, do‘stlik, tarbiya berishda ijtimoiy muhitning o‘rni, ilm egallash va kasb-hunar tanlash kabi ijtimoiy munosabatlar mezonlari tizimlashtirildi hamda talaba yoshlarda ijtimoiy mas’uliyatni mustahkamlaydigan kamtarlik, vijdonlilik, shukronalik, sabr-qanoat, insonparvarlik, halollik, hayo va or-nomus kabi maʼnaviy-axloqiy fazilatlar va adolatli shaxsni tarbiyalashning pedagogik jarayonda foydalanish imkoniyatlari germenevtik yondashuv asosida pedagogik tasniflandi;
Mutafakkirning ma’naviy-axloqiy qarashlarini integrativ muammoli, refleksiv, innovatsion va texnologik yondashuvlar asosida o‘quv jarayoniga tatbiq etishning pedagogik mazmuni takomillashtirildi hamda ulardan yoshlar tarbiyasidagi samaradorlik ko‘rsatkichlari (kognitiv, motivatsion va faoliyatli) eksperimental tekshiruvlar asosida isbotlandi va tavsiyalar ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi oliy ta’limdagi pedagogik ta’lim muassasalarida pedagogik fanlarni o‘qitish jarayonida Abdurahmon Jomiyning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlaridan foydalanishning samaradorligini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Abdurahmon Jomiyning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlarini o‘rganish pedagogik zarurat ekanligi hamda ushbu qarashlarning bugungi kun yoshlarini tarbiyalashdagi o‘rni va ahamiyatidan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Buxoro viloyati teleradiokanali DMning “Moziy bisotidan”, “Assalom, Buxoro” ko‘rsatuvlari ssenariysini tuzishda foydalanilgan hamda davra suhbati muloqotlar uyushtirilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Buxoro viloyati teleradiokanali DM 2025-yil 17-dekabrdagi 01-09-274-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Abdurahmon Jomiyning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlari ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchillikka etkazildi hamda uning tarbiyaviy mazmuni keng auditoriya ongiga singdirildi;
Abdurahmon Jomiyning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari hamda ta’lim-tarbiyaga oid asarlarining mazmun-mohiyatining pedagogik tahlilidan 60110100-Pedagogika ta’lim yo‘nalishida o‘tiladigan “Pedagogika nazariyasi va tarixi”, “Xalq pedagogikasi”, “Milliy tarbiya asoslari” va “Yunogogika” fanlarining ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulot darslarini tashkil qilishda hamda o‘quv dastur va sillabuslarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 29-dekabrdagi 02/01-01-640-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Abdurahmon Jomiyning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlariga tayangan holda yuqoridagi fanlarning mazmuni boyitildi hamda ularning nazariy asoslari milliy-ma’naviy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirildi.
Abdurahmon Jomiyning “Iskandar xiradnomasi”, “Bahoriston”, “Silsilat uz-zahab” hamda “Tuhfat ul-ahror” asarlaridagi ijtimoiy munosabatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati hamda adolatli shaxsni tarbiyalashdagi mazmuni germenevtik yondashuv asosidagi pedagogik tasnifidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan amalga oshirilgan targ‘ibot ishlarida keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 22-dekabrdagi 03-12-16-7512-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Abdurahmon Jomiy asarlarida ilgari surilgan ma’naviy-axloqiy qarashlar keng jamoatchilikka zamonaviy talqin asosida etkazildi va ularning tarbiyaviy salohiyati amaliy targ‘ibot faoliyatiga samarali integratsiya qilindi.
Abdurahmon Jomiyning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlarini o‘quv jarayoniga tadbiq etish, yoshlarni tarbiyalashning samaradorligini isbotlangan hamda tavsiyalar ishlab chiqilib, “Yunogogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘i, 68-632-raqamli guvohnoma). Natijada, Abdurahmon Jomiyning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlarini o‘quv jarayoniga tizimli ravishda integratsiya qilish orqali yoshlar tarbiyasining samaradorligi ilmiy-amaliy jihatdan asoslandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish