Burxonov Sherzodbek Muxammadbobir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Martin Xaydegger falsafasida inson konsepsiyasi”, 09.00.03 – Falsafa tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal1945.
Ilmiy rahbar: Ruzmatova Gulnoz Miraxrarovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.01.07.
Rasmiy opponentlar: Ziyod Davronov – falsafa fanlari doktori, professor, Asatulloev Inomjon Abobakir o‘g‘li – falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Martin Xaydeggerning inson konsepsiyasini “Dasein” tushunchasi orqali falsafiy mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Martin Xaydeggerning “Dasein” tushunchasi bugungi raqamli dunyo va sun’iy intellekt ta’sirida qanday o‘zgarayotgani, insonning virtual muhitda o‘zini anglashi va begonalashishi “verfallen” (sochilish, begonalashish), “ereignis” (voqealik) va “das man” (ommaviy ong) kabi tushunchalar orqali asoslab berilgan;
Martin Xaydeggerning “GEStell” tushunchasi esa insonni texnikaviy-mexanik dunyoqarashga moslashtiradi, shuning natijasida inson asl mohiyatidan uzoqlashadi, o‘z erkinligi va tabiat bilan haqiqiy aloqasini yo‘qotadi. Bu masala zamonaviy texnologiyalar, ekologiya va etik masalalarni yanada dolzarblashtirishi dalillangan;
Martin Xaydeggerning “vaqtinchalilik” tushunchasi o‘tmish (gewesenheit), hozirgi vaqt (gegenwart) va kelajak (zukunft) dinamikasida mavjud bo‘lishi “ekzistensial vaqt” (odatiy vaqt), “bo‘lishga yo‘naltirilganlik” (enschlossenheit), “o‘limga yo‘naltirilganlik” (sein-zum-tode) tushunchalariga asoslangan;
Martin Xaydeggerning “erkinlik”, “tarixiy ong” (GESchichtlichkeit) va insonning o‘z mohiyatiga mos yashashi, ommaviy ong (das man) ta’siridan chiqib, o‘zligini anglash haqidagi qarashlari Yangi O‘zbekistonning shaxsiy tashabbus, ijodiy tafakkur va ma’naviy erkinlikni rag‘batlantirish bilan bog‘liq jihatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Martin Xaydegger falsafasida inson konsepsiyasi bo’yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Martin Xaydeggerning “Dasein” tushunchasi bugungi raqamli dunyo va sun’iy intellekt ta’sirida qanday o‘zgarayotgani, insonning virtual muhitda o‘zini anglashi va begonalashishi “verfallen” (sochilish, begonalashish), “ereignis” (voqealik) va “das man” (ommaviy ong) kabi tushunchalar orqali asoslab berilganligiga oid ilmiy-tarixiy ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tamaddun darg‘alari” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Ma’rifat» ijodiy birlashmasi» davlat muassasasi tarkibidagi «O‘zbekiston tarixi» telekanalining 2025-yil 17-martdagi 01-30/157-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlar ongida inson tafakkuri rivojiga, o’z ichki ruhiy-ma’naviy olamini anglashga xizmat qilgan;
Zamonaviy texnologiyalar insonni qanday vositaga aylantirayotgani Martin Xaydeggerning “GEStell” ya’ni dunyoga nisbatan texnikaviy-mexanik yondashuvni o‘z ichiga olishi natijasida inson o‘zining asl mohiyatidan uzoqlashishi haqidagi qarashlari Yangi O‘zbekistonning shaxsiy tashabbus, ijodiy tafakkur va ma’naviy erkinlikni rag‘batlantirish bilan bog‘liq jihatlari ochib berilgan hamda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 2025-yil 22-aprel №02/198-son dalolatnomasi); Natijalar yoshlar va keng jamoatchilik ongida milliy-diniy qadriyatlar bilan zamonaviy ilm-fanni uyg‘unlashtirgan holda, texnologiyalardan ma’naviy boylik va ijodiy yuksalish yo‘lida oqilona foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qilgan;
Martin Xaydeggerning “vaqtinchalilik” tushunchasi o‘tmish (gewesenheit), hozirgi vaqt (gegenwart) va kelajak (zukunft) dinamikasida mavjud bo‘lishi “ekzistensial vaqt” (odatiy vaqt), “bo‘lishga yo‘naltirilganlik” (enschlossenheit), “o‘limga yo‘naltirilganlik” (sein-zum-tode) tushunchalari yordamida falsafiy qarashlarining zamonaviy inson holatini tahlil qilishda, ayniqsa, shaxslar ko‘pincha noto‘g‘ri ijtimoiy tuzilmalarda o‘zligini yo‘qotadigan raqamli davrda, muhim asos bo‘lib xizmat qilishiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yangi O‘zbekistonni barpo qilishda ishtirok etayotgan yoshlarning keng dunyoqarashga ega bo‘lishida hamda ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda, tanqidiy fikrlash qobiliyatini o‘stirishda tadqiqot natijalaridan Agentlikning ijtimoiy loyihalarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 26-martdagi 2-15-21-1583-son dalolatnomasi). Natijalar yoshlar ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ularda kuchli fuqarolik pozisiyasini shakllantirish, yoshlar tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o’rnini yanada mustahkamlash, ularning ilmiy va innovatsion salohiyatini boyitish kabi vazifalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilgan;
Martin Xaydeggerning “erkinlik”, “tarixiy ong” (GESchichtlichkeit) va insonning o‘z mohiyatiga mos yashashi, ommaviy ong (das man) ta’siridan chiqib, o‘zligini anglash haqidagi qarashlari Yangi O‘zbekistonning madaniy va falsafiy taraqqiyoti bilan bog‘liq jihatlaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 18-bandi “G‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning ta’sirini tadqiq qilish, zamonaviy raqamli targ‘ibot texnologiyalarini qo‘llash borasida rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish uchun ilmiy jamoalarni xorijga yuborish yuzasidan takliflar tayyorlash” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 11-mart 10/119-son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar Martin Xaydeggerning inson konsepsiyasini “Dasein” (bor bo‘lish) tushunchasi orqali falsafiy mohiyatini ochib berishga xizmat qilgan.