G‘afurov Adxamjon Baxromjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Paxta tolali iplardan nanotexnologiyalarni qo‘llagan holda filtrbop mato olish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2519
Ilmiy rahbar: Parpiev Xabibulla, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.15.03
Rasmiy opponentlar: Valiev Gulam Nabidjanovich, texnika fanlari doktori, professor. Ro‘zibaev Nuriddin Nurali o‘g'li, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent; 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxta tolali iplardan nanotexnologiyalarni qo‘llagan holda filtrbop to‘qimachilik materiallarini olishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
paxta tolali matoga mis oksidi (CuO) birikmasi va stearin kislotasini (STK) qoplash hamda politetrafloroetilen (PTFE) suvli dispersiyasini purkash orqali supergidrofobik/superoleofil filtr matosi olingan;
Paxta tolali matoga politetrafloroetilen (PTFE) suvli dispersiyasi,  mis oksidi (CuO) birikmalarini qoplash orqali filtr mato olish usuli ishlab chiqilgan hamda qoplamalarining matoga mustahkam bog‘lanishi va ierarxik dag‘al tuzilma hosil bo‘lishi aniqlangan;
olingan supergidrofobik/superoleofil filtr matosining suv bilan aloqa burchagi (WCA) 156,50, suv o‘tkazmaydigan va o‘z-o‘zini tozalash xususiyati hamda kislota, ishqor, yuqori harorat, mexanik ishqalanishga chidamliligi isbotlangan;
olingan supergidrofobik/superoleofil filtr matosi har xil turdagi yog‘larni oqava suv tarkibidan ajratish samaradorligi 98,7% va o‘tkazuvchanlik oqimi (1800 L.m-2.soat-1) dan ortiq ekanligi aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta tolali iplardan nanotexnologiyalarni qo‘llagan holda filtrbop mato olish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
nanotexnologiya asosida olingan paxta tolali filtr matosini «ART SOFT TEX» MChJ va «FABRICTEX» MChJ korxonalarida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025 yil 22-dekabrdagi №02/06-2938-sonli ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilayotgan filtr matosi sifati hamda oqava suvlarni tozalashdagi samaradorligi mavjud filtrlarga nisbatan suvni filtrlash effekti 14% yaxshilangan, 1 m² filtr matosining tannarxi esa mavjud filtr matoga nisbatan 53% ga arzon ekani aniqlangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish