Qozaqov Fayziraxmon Axmadjon o‘g‘lining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
 Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “To‘qimalarni to‘qish jarayonida harakatlanayotgan tanda iplarini tarangligi turg‘unligini ta’minlash imkoniyatlarini tadqiq etish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5975
Ilmiy rahbar:Alieva Dilbar Ganievna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.15.03
Rasmiy opponentlar: Valiev Gulam Nabidjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Abdullaev Ulug‘bek To‘lanbaevich, texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: to‘qima to‘qish texnologik jarayonida, to‘quv dastgohidagi tanda iplarining  tarangligini  rostlash, to‘qima sifatini yaxshilash hamda to‘qima to‘qish unumdorligini oshirishdan iborat 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
to‘quv dastgohining skalo moslamasiga qo‘shimcha moslama sifatida hamda skalo moslamasidan farqli ravishda to‘quv dastgohida tanda iplarini  tarangligini dastgohning butun eni bo‘yicha rostlovchi kompensator moslamasini konstruksiyasi yaratilgan;
to‘quv dastgohidagi tarangliklarni bir me’yorga keltirish uchun takomillashtirilgan kompensator valini erkin qoplangan list parametrlarini (listning ko‘ndalang kesim yuzasi,  listning qalinligi, list qoplangan valni uzunligi) aniqlangan;
tanda iplarining val ustida joylashgan listga (kompensatorga) tegib turgan holatida hosil bo‘ladigan yoyning geometrik parametrlari tahlil qilinib, ularning natijasida yuzaga keladigan yoy uzunligi aniqlangan; 
to‘quv dastgohida tanda iplarining tarangligiga ta’sir etuvchi asosiy texnologik va konstruktiv parametrlarga bog‘liqlikni ifodalovchi adekvat regression tenglamasi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimalarni to‘qishda tanda iplarining tarangligini me’yorlashtirish va ularni sinov jarayonidagi uzunliklariga bog‘liqligini aniqlash usuli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
STB – 220 to‘quv dastgohlarida ishlatiladigan ohorlangan tanda iplarining fizik-mexanik xossalarini muqobillashtirish usulini “Home textile NT” MChJ korxonasida  ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 22-dekabrdagi №02/06-2937-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tanda iplarining tarangligi 45.3% ga kamaygan, olingan to‘qima mustahkamligi: tanda ipi yo‘nalishi bo‘yicha 13.71 % ga oshgan, to‘quv jarayonida tanda va arqoq iplarining uzulishlari soni 28.5 % kamaygan, dastgohning ishlab chiqarish samaradorligi 19 % ga oshgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish