Azizov Nabi Yarashovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi ovlanadigan baliqlarining faunasi va ekologik xususiyatlari», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/B1026.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Ulug‘bek To‘raevich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Zoologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.05/2025.27.12.B.22.01.
Rasmiy opponentlar: Kuzmetov Abdulahmet Raimberdievich, biologiya fanlari doktori, professor; Yuldoshev Mansur Orziqulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy Davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi baliqlar faunasining zamonaviy holatini baholash, turlarning morfologik o‘zgaruvchanligi va ekologik xususiyatlarini ochib berish hamda resurslaridan barqaror foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi ixtiofaunasining zamonaviy tarkibi tahlili asosida 5 turkum, 7 oila, 15 urug‘ga mansub 15 (8 ta mahalliy, 7 ta invaziv) tur, shundan 12 tasi ovlanish ahamiyatiga ega bo‘lgan turlar ekanligi aniqlangan;
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida ilgari qayd qilingan Ctenopharyngodon idella, Hemiculter eigenmanni, Aristichthys nobilis, Scardinius erythrophthalmus va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Luciobarbus conocephalus turlarining hozirda uchramasligi aniqlangan;
ovlanish ahamiyatiga ega bo‘lgan turlarning tashqi morfologiyasi tavsiflangan, morfometrik belgilarning o‘zgaruvchanligi asoslangan;
Cyprinidae, Percidae, Channidae oilalariga mansub 5 turning mtDNK COI sohasi nukleotidlar ketma-ketligi aniqlangan va genetik materialdagi farqlar asosida o‘zgaruvchanlik sabablari ochib berilgan;
asosiy ovlanadigan 8 baliq turining voyaga etish, urchish, serpushtlik darajasi va tabiiy ko‘payuvchanlik xususiyatlari ochib berilgan, urg‘ochilarning mutlaq serpushtligi ularning yoshi va tana o‘lchamlari (uzunligi, vazni) bilan o‘zaro kuchli bog‘langanligi korrelyasion va regression tahlil asosida isbotlangan;
baliq chavoqlarining miqdor ko‘rsatkichlari va ovlanadigan baliqlarning mahsuldorligi aniqlangan hamda resurslaridan barqaror foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi ovlanadigan baliqlarining faunasi va ekologik xususiyatlarini tadqiq qilishdan olingan ilmiy natijalar asosida:
molekulyar genetik tadqiqotlar natijasida baliqlarning Cypriniformes turkumi, Cyprinidae oilasiga mansub Carassius gibelio, Cyprinus carpio, Rutilus lacustris turlari, Perciformes turkumi, Percidae oilasiga mansub Sander lucioperca turi va Anabantiformes turkumi, Channidae oilasiga mansub Channa argus turlari mtDNK COI sohasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) ning 2025-yil 21-sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, Carassius gibelio – PX318480, Cyprinus carpio – PX232704, Rutilus lacustris – PX376248, Sander lucioperca – PQ394796, Channa argus – PX121652 turlari uchun identifikatsiya raqamlari olingan va ular xalqaro miqyosda turlarni aniqlash va filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan;
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi ovlanadigan baliqlar faunasiga oid 2 turkum, 2 oila, 6 urug‘, 6 turga mansub jami 26 ta namunalar respublikada yetakchi bo‘lgan “Zoologiya kolleksiyasi” noyob obektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2024-yil 6-noyabrdagi 4/1255-2469-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mavjud baliqlar kolleksiyasi fondini yangi namunalar bilan boyitgan va iqtisodiy ahamiyatiga ega bo‘lgan baliq resurslari holatini hamda zahirasini baholash imkonini bergan.