Jumaboev Bobojon Olimjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Gazlarni quritish uchun glikollar va turli funksiyali qo‘ndirmalar asosida absorbent kompozisiyalarini ishlab chiqish”, 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T4364.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Muxtor Jamolovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qarshi davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.16.05.
Rasmiy opponentlar: Saydaxmedov Shamshidinxo‘ja Muxtorovich, texnika fanlari doktori, professor; To‘raev Tolib Bozorovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: gazlarni quritish uchun glikollar va turli funksiyali qo‘ndirmalar asosida absorbent kompozisiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
termobarik ko‘rsatkichlar asosida absorber kolonnasining tarelkalari va nasadkalarini turli bosimlardagi ishchi sharoitlardagi foydali ish koeffisienti aniqlangan unga muvofiq bosimni 10 bar ga oshirish natijasida sirt – tarngligi 12-15% gacha kamaysa, haroratni 10oC ga oshirish orqali uni 2-5% ga kamaytirishi isbotlangan;
EG, DEG, TEG, oktadekanol, uch alkil fosfat, «INKORGAZ-116», «INKORGAZ-114» va «M-95» markadagi antikorrozion qo‘ndirmalar asosida gazlarni quritish uchun GQAK tipdagi olingan absorbent kompozisiyalari quritish samaradorligi ilmiy asoslangan;
GQAK-6 absorbent kompozisiyasi yordamida gaz:absorbent haroratlarining nisbati 20:20oC va absorberga kiruvchi gazning bosimi 4 MPa da gazdagi namlik miqdori 734 pp dan- 40 ppm gacha kamayishi asoslangan;
absorbentlarning korrozion faolligi, GQAK-6 absorbenti namunasining bug‘ fazasida latunli po‘latda korrozion tezligi - 0,018 mm/yil, uglerodli po‘latda esa - 0,825 mm/yil, suyuq fazada esa latunli po‘latda korrozion tezligi - 0,009 mm/yil, uglerodli po‘latda esa - 0,24 mm/yil ga tengligi isbotlangan;
gazlarni quritish uchun glikollar va turli funksiyali qo‘ndirmalar asosida absorbent kompozisiyalarini olish va gazlarni absorbsion quritishning kombinatsion texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gazlarni quritish uchun glikollar va turli funksiyali qo‘ndirmalar asosida absorbent kompozisiyalarini ishlab chiqish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
 12,0% - EG, 80,99% - DEG, 5% -TEG, 1,0% - oktadekanol, 1,0% - uch alkil fosfat va 0,01% - M-95 korroziya ingibitoridan tarkib topgan GQAK-olish usuli “Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ning “2026-2030-yillarda joriy etish bo‘yicha istiqbolli loyihalari ro‘yxati»ga kiritilgan (“Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ning 2025 yil 3 fevraldagi P02/ED-411-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, ushbu absorbent kompozisiyasi yordamida tabiiy gaz tarkibidagi namlik miqdori 734 ppm dan 40 ppm gacha kamaytirish imkonini beradi; 
GQAK-6 olish va ularni gazlarni quritishda qo‘llashning kombinatsion texnologiyasi “Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ning “2026-2030-yillarda joriy etish bo‘yicha istiqbolli loyihalari ro‘yxati»ga kiritilgan (“Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ning 2025 yil 3 fevraldagi P02/ED-411-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘piklanish  ko‘rsatgichlari va karrozion faolligi past bo‘lgan absorbent kompozisiyalarini absorbsiya jarayoniga qo‘llash orqali gazni qurutish qurilmasi samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish