Tursunova Munira Alisher qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy juniperus (archadosh) turidan efir moylari olish texnologiyasini ishlab chiqish”,  02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari) .
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5861.
Ilmiy rahbar: Majidova Nargiza Kaxramonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc. 03/2025.27.12.T.16.05.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Azimjon Normo‘minovich, texnika fanlari doktori, professor; Saidvaliev Saidazim Saydiamirxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy Juniperus (archadosh) turidan efir moylari olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
organoleptik efir moylari olishda distilyasiya va ekstraksiya usullaridan foydalanib, juniperus L turidan efir olish texnologiyasini takomillashtirish usullari ilmiy va nazariy jihatdan asoslangan, epiteliy hujayralarida 0,7 mkmli mitoxondriyalar, 2,7 mkmgacha leykoplastlar va 40 tagacha lipid globulalari endogen kovakchalarida biosintezlanishi ilmiy isbotlangan;
distilyasiya usulida J.communis 187 oC da 74 minut 2,1% ni, J. excelsa 178 oC 88 minutda 1,8% efir moyi hosil bo‘lishi hamda, pinene, sabinene, limonene biokomponentlar borligi asoslangan;
ekstraksiyalash texnologiyasida geksan erituvchisini qo‘llab, maqsadli efir moylarning J.comminis 3.2% J.excelsa 2.7 % chiqish unumdorligi taminlanib, tayyor mahsulotlarni sifatini oshirish va organoleptik qiymatini oshirish usullari yaratilgan;
olingan efir moyining 20 oC zichligi 0,872 kg/m3, 20 oC da yorug‘likning sinish ko‘rsatkichi 1,474, 20 °C da yorug‘likning polyarizatsiya tekisligini aylantirish burchagi -140, kislota soni 1,1 mg KOH/gr va efir soni 0,8 mg KOH/gr hamda α-Pinene 32.6% dan oshmaganligi sababli organoleptik efir moyi turiga mansub ekanligi isbotlangan;
kompleks va kombinatsion usullardan foydalanib, efir moyi tarkibida monoterpenlar 40-60 %, terpenoidlar 7.5-9.1% va unumi 1.8-3.2% bo‘lgan, aromatik qobiliyati 100% ga taminlanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy Juniperus (archadosh) turidan efir moylari olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
mahalliy Juniperus (archadosh)  navli o‘simliklardan efir moyi olishning bug‘li distilyasiyalash usuli “Buxoro sifat labor” MChJ korxonasining “2024-2026-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2025 yil 9 sentyabrdagi ShM/3-290-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Juniperus (archadosh)  navli o‘simliklardan olingan efir moy namunalarining sifati GOST, ISO 8897-2017 texnik reglamenti talablariga muvofiq Juniperus communis turiga mansub o‘simlikdan olingan efir moyining nisbiy zichligi 20°C da 0,872 kg/m3, sinish ko‘rsatkichi 1,474, 20 °C da yorug‘likning polyarizatsiya tekisligini aylantirish burchagi -140, kislota soni 1,1 KOH/gr va efir soni 0,8 KOH/gr ni tashkil etib, mazkur ko‘rsatkichlar standart talablariga javob berish imkonini beradi; 
 mahalliy iqlim sharoitida efir moyi ishlab chiqarishning kombinatsion usuli “ALFA-OMEGA” MChJning “amaliyotga joriy qilinadigan istiqbolli rejalar ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 15 oktyabrdagi 05-04-04-642-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Juniperus communis archa daraxti 187 oC 74 minut vaqt davomiyligida 2,1% va Juniperus excelsa 178 oC 88 minut vaqt davomiyligida 1,8% efir moyi olish hosil bo‘lishining ilmiy asoslari ishlab chiqilgan va olingan efir moyining 20 0C zichligi 0,872 kg/m3, 20 oC yorug‘likning sinish ko‘rsatkichi 1,474, 20°C da yorug‘likning polyarizatsiya tekisligini aylantirish burchagi -140, kislota soni 1,1 KOH/gr va efir soni 0,8 KOH/gr hamda α-Pinene 32.6% dan oshmasligiga imkon beradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish