Jalilov Jamshed Jafar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Hisor tog‘ tizmasi qorinoyoqli mollyuskalarining (Mollusca: Gastropoda, Pulmonata) biologik xilma-xilligi”, 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/V1457.
Ilmiy rahbar: Pazilov Abduvaeit, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.B.38.03.
Rasmiy opponentlar: Xalimov Fazlitdin Zakirovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Shakarbaev Ulug‘bek Abduhakimovich, biologiya fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Hisor tog‘ tizmasi qorinoyoqli mollyuskalar biologik xilma-xilligining zamonaviy holatini baholash, endemik va kamyob turlarni muhofaza qilish chora-tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Hisor tog‘ tizmasining qorinyoqli molluskalari zamonaviy holati tahlil qilinib, 15 oila, 25 avlodga mansub, 59 turdan iborat taksonomik ro‘yxati tuzilgan;
hudud faunasi uchun suv mollyuskalaridan 5 ta yangi tur (S.pallida, L.bowelli, L.subdisjuncta, L.tengriana, L.rectilabrum), O‘zbekiston faunasi uchun 2 ta yangi tur  (L.alticola, L.sirikulensis) aniqlangan;
quruqlik mollyuskalari faunasini o‘rganish natijasida fan uchun yangi tur  Turanena gissarika sp. nov. aniqlandi. O‘zbekiston faunasi uchun yangi hisoblangan Cochlicella columella turi ilk bor qayd etildi. Tadqiqot hududi doirasida Candaharia izzatullaevi va Xeropicta krynickii turlari xam ilk bor aniqlanib, hudud faunasi uchun yangi turlar sifatida baholangan;  
quruqlik molluskalalarining balandlik mintaqalari bo‘yicha notekis tarqalishi va chig‘anoq belgilar o‘zgaruvchanligi(shakli, rangi, qalinligi, skulpturasi, kindik tuzilishi va o‘lchamlari),  yashash muhitiga bog‘liq ekanligi isbotlangan; 
fenotipik o‘zgaruvchanligi yuqori bo‘lgan qorinyoqli molluskalalar (Chondrulopsina intumescens, Leucozonella hypophaea)da reproduktiv organlar tuzilishida keskin o‘zgaruvchanlik aniqlangan va turlarining ribosomal DNK ning 18S sohasi genetik materialdagi farqlar asosida o‘zgaruvchanlik sabablari ochib berilgan;
Ch. intumescens, L. hypophaea turlarining ribosomal DNK (rDNK)ning 18S sohasi va Turanena gissarika sp. nov. hamda T. cognata turlarining mitoxondrial DNKsi COI sohasi bo‘yicha nukleotidlar ketma-ketligidagi farqlar aniqlangan;   
ilk bor hududning endem va kamyob turlar tarkibi aniqlandi hamda muhofazaga muhtoj mollyuskalarning tarqalishini cheklovchi asosiy ekologik omillar ilmiy asoslandi. Quruqlik molluskalalarining Ar. eleorina va H. inclatatus turlarini O‘zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi"iga kiritish uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hisor tog‘ tizmasi qorinoyoqli mollyuskalarining (Mollusca: Gastropoda, Pulmonata) biologik xilma-xilligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qorinoyoqli mollyuskalarining tarqalish hududlari, muhofazaga muhtoj turlarining populyasion holati va ularni saqlab qolish boʻyicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha Sariosiyo tuman inspeksiyasining faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof - muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 07 avgusdagi 03-03/1-03/3-7790 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Sariosiyo tumanida tarqalgan quruqlik mollyuskalarning tur tarkibini aniqlash, ularning geoaxborot ma’lumotlarini shakllantirish, tabiiy ekosistemalarda bioxilma-xillikni va noyob mollyuska turlarini saqlab qolish hamda hayvonot dunyosi davlat kadastrini yuritish imkonini bergan.
Turanena gissarika PV547697, Turanena cognata PV544940, Leucozonella hypophaea PV544938, Leucozonella hypophaea PV544937, Leucozonella hypophaea PV544936, Chondrulopsina intumescens PV544946 va Chondrulopsina intumescens PV544945 Milliy bioinformatik axborotlar (NCBI) bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar Milliy markazi, www.blast.ncbi.nlm.nih.gov 2025-yil 25-apreldagi ma’lumotnomasi). Natijada, 18S ribosomal DNK va COI mitoxondrial DNK genlari nukleotidlar ketma-ketligining qiyosiy tahlil qilish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish