Bekmanov Nigmat Utegenovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Assakeaudan botiqligidagi yura yotqiziqlarining geologik tuzilishini xususiyatlari va uglevodorod uyumlarining hosil bo‘lish sharoitlari», 04.00.07 – Neft` va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/GM134.
Ilmiy rahbar: Xayitov Odiljon G‘afurovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, DSc.31/2025.27.12.GM.03.01. 
Rasmiy opponentlar: Dolgopolov Feliks Gennadievich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Abidov Xurshid Asrorovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ustyurt o‘lkasidagi Assakeaudan botiqligining geologik tuzilishini hamda uglevodorod uyumlarini shakllanish sharoitlari orqali geologik-qidiruv ishlarining istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Assakeaudan botiqligida yura davri yotqiziqlari kollektorlarining fil`tratsiya-sig‘im xususiyatlarini yotish chuqurligiga bog‘liqligini o‘zgarishi asoslangan;
quyi yura davri yotqiziqlarida litologik ekranlashgan tutqichlarni bashoratlash uchun Assakeaudan botiqligidagi yura davri yotqiziqlarini qalinligini o‘zgarishi aniqlangan;
yangi istiqbolli ob’ektlarni izlash, qidirish va o‘zlashtirish imkonini beruvchi Ustyurt o‘lkasidagi uglevodorod konlarinining geologik ko‘rsatkichlari (gorizonti, UV fazaviy holati, uyumning tuzilishi, kollektor turi, UV tutqich turi, zahirasi, uyumlar soni, geologik kelib chiqishi) aniqlangan;
Assakeaudan botiqligining quyi, o‘rta va yuqori yura yotqiziqlari bo‘yicha tuzilgan uch o‘lchamli geologik model` asosida istiqbolli maydonlarni bashoratlashning ilmiy yondashuvi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinganligi. Assakeaudan botiqligidagi yura davri yotqiziqlarining geologik tuzilishini xususiyatlari va uglevodorod uyumlarining hosil bo‘lish sharoitlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Sharqiy Ergazi strukturasini chuqur burg‘ilashga tayyorlash uchun ishlab chiqilgan model` "O‘zbekgeofizika" AJ "Ustyurt geofizika ekspedisiyasi" ishlab chiqarishiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 28 dekabrdagi 32-4771-son ma’lumotnomasi). Natijada, Sharqiy Ergazi tuzilmasida 7,1 mln.t. hajmdagi istiqbolli gaz va kondensat resurslari mavjudligini tasdiqlash imkoni bergan;
Assakeaudan botiqligi yura kompleksi qalinliklarining korrelyatsion sxemasi va xaritalari "O‘zbekgeofizika" AJ "Ustyurt geofizika ekspedisiyasi" ishlab chiqarishiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 28 dekabrdagi 32-4771-son ma’lumotnomasi). Natijada, quyi yura yotqiziqlarida batafsil tadqiqotlar o‘tkazish uchun nostrukturaviy litologik tutqichlarning rivojlanish zonalarini ajratish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish