Izatillaev Muzaffarxon Mussoxon o‘g‘lining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
  Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “To‘qimachilik matolari jilodorligini oshirishda innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1979
Ilmiy rahbar: Erkinov Zokirjon Erkinboy o‘g‘li, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.15.03
Rasmiy opponentlar: Valiev Gulam Nabidjanovich, texnika fanlari doktori, professor. Muxtorov Jo‘rabek Rayimberganovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent; 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yangi innovatsion texnologiyani qo‘llab jilodorligi va strukturaviy rang effekti oshirilgan to‘qima olishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
to‘qimachilik matolari yuzasini mis oksidi nanozarrachalari yordamida mikro-nano tuzilma hosil qilish orqali strukturaviy jilodorlikni oshirishning takomillashgan texnologiyasi ishlab chiqilgan;
to‘qimachilik matolari jilodorligini oshirish uchun takomillashgan texnologik yondashuvi asosida mis oksidli nanozarrachalarini konsentratsiyasini maqbul qymatlari regression matematik model orqali aniqlangan;
to‘qimachilik matolari yuzasiga mis oksidi (Cu2O) nano zarrachalarini pdms bog‘lovchi vositasi bilan  purkash orqali tushayotgan nurdan rang aks etishi usuli ishlab chiqilgan;
to‘qimachilik matolari jilodorligini oshirish uchun yopishtiruvchi modda miqdori va mikrosfera massa ulushining maqbul qiymatlari aniqlangan.  
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
mis oksidi konsentratsiyasi, poliester ulushi va mato yuza zichligi o‘rtasidagi bog‘liqlik asosida to‘qima yorqinligini oshirishga xizmat qiluvchi optimal parametrlar ishlab chiqilgan;
matlab dasturiy muhitida tuzilgan modellar yordamida izochiziqlar grafigi chizilib, mato yuzasida hosil bo‘lgan strukturalarning jilodorlikka ta’siri vizual tarzda tahlil qilingan;
tajriba natijalariga asoslanib, yorqinlik darajasi 86.55% gacha, havo o‘tkazuvchanlik esa 251 m3/m2/s ga erishildi, bu esa amaliy jihatdan yuqori ko‘rsatkich hisoblangan;
olingan natijalar asosida to‘qimachilik korxonalari uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. paxta tolali ip va poliester iplarida to‘qilgan zamonaviy texnologiya usulida ishlov berilgan To‘qimachilik materiallarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
to‘qimachilik matolari yuzasini mis oksidi nanozarrachalari yordamida mikro-nano tuzilma hosil qilish orqali strukturaviy jilodorlikni oshirigan to‘qimachilik materiallari Namangan shahridagi «Art Soft tex» MChJ hamda «Fabrictex» MChJ (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi 2026 yil 22 yanvardagi 02/06–105-son ma’lumotnomasi) korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilingan. Natija mikrosfera massa ulushi 3.0 % va PDMS bog‘lovchi modda ulushi 5–10 % ligi aniqlangan hamda yorqinlik va havo o‘tkazuvchanlik uchun optimal parametrlar sifatida x₁=3%, x₂=50%, x₃=100 g/m² qabul qilingan, yillik ishlab chiqarish hajmi 87 360 m² bo‘yicha umumiy tejamkorlik 332 409 600 so‘mni tashkil etagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish