Muxammadieva Nilufar Sheralievna
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagogik jarayonni tizimli tarkiblashtirish asosida talabalarni konstruktiv faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02–“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9316
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.11.04
Ilmiy rahbar: Alimardonova Mohichehra Bahromovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Oripova Nodima Xalilovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. Abdurahmonov Muxtor, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Pedagogik jarayonni tizimli tarkiblashtirish asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni konstruktiv faoliyatga tayyorlash jarayonini takomillashtirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak o‘qituvchilarni konstruktiv faoliyatga tayyorlash mazmuni pedagogik jarayonning didaktik, kommunikativ, sugGEStiv komponentlarini refleksiv-loyihali modelga muvofiqligiga pedagogik vaziyatni vizuallashtirish orqali immersifikatsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
o‘quv jarayonida konstruktiv faoliyatga tayyorlash mexanizmlari talabalarning intellektual va emotsional sifatlari tarkibidagi pedagogik jarayonning konstruktiv komponentlari nisbatini dinamik modellashtirishga ko‘ra strukturaviy konsentratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarni konstruktiv pedagogik faoliyatga tayyorlash modeli o‘quv jarayonining mavjud shakllari tarkibiga konstruktiv qobiliyatni rivojlantirish subkomponentlarini majmuaviylik prinsipiga muvofiqlashtirishga ko‘ra koordinatsiyalash orqali takomillashtirilgan;
talabalarni konstruktiv pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasi tizimli tarkiblashtirishning analitik-refleksiv, konstruktiv-prognostik, faoliyatga asoslanganlik bosqichlari natijalarini korrelyasion-innovatsion metodlar bilan qayta ishlash asosida interpretatsiyalash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi asosida:
Talabalarni pedagogik faoliyatga konstruktiv yondashuvga tayyorlash muammosiga doir olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ilmiy-metodik manbalar tahlili asosida pedagogik faoliyat mazmuni uning kommunikativ, tashkilotchilik, loyihalash, gnostik komponentlarining chiziqli, eksponensial, mantiqiy, sinusoidli modellar bilan o‘zaro aloqadorligi asosida aniqlashtirilganligiga oid ma’lumotlardan “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya” o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar ta’lim vazirligi tomonidan 2024-yil 6-sentyabrda 134I-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 134I-26-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada pedagogik ta’lim jarayonining nazariy konstruktiv yondashuvga doir ma’lumotlar bilan takomillashuviga xizmat qilgan;
pedagogik ta’lim jarayonini tizimli tarkiblashtirish asosida talabalarni konstruktiv faoliyatga tayyorlash metodikasi auditoriya mashg‘ulotlarini tashkil etishga doir “Kelajak ijodkori” hamda auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar uchun ishlangan “Konstruktiv klub” dasturlari orqali takomillashtirilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy Universitetida bajarilgan PZ- 20170913120-sonli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy psixologik mexanizmlari” amaliy loyihasidagi vazifalarni bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy universitetining 17.10.2025 yildagi 04/11-23242 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik ta’lim tizimi tizimli tarkiblashtirilgan dasturiy ta’minotni tashkil etishga doir ma’lumotlar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
pedagogik jarayonni tizimli tarkiblashtirish orqali talabalarni konstruktiv pedagogik faoliyatga tayyorlash modelining strategik bloki pedagogik modellashtirish, pedagogik dizayn ishlash, konstruktiv proekt yaratish bosqichlarida amalga oshiriladigan metodikani tatbiq etish asosida takomillashtirilganligiga oid ma’lumotlardan “Pedagogik deontologiya va kompetentlik” nomli darslik mazmunini takomillashtirish uchun foydalanilgan (Qarshi Iqtisodiyot va Pedagogika Universiteti Nodavlat Ta’lim Muassasasining 07.11.2025 №08/01-870 sonli ma’lumotnomasi).Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoni modeli takomillashuviga xizmat qilgan;
talabalarni konstruktiv pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasi va modelining samaradorligi analitik-refleksiv, konstruktiv-prognostik, tashkiliy faoliyatga asoslanganlik, tuzatish va tartibga solish mezonlariga muvofiqligiga ko‘ra aniqlashtirilganligiga oid xulosalar Qarshi DU, Termiz DPI, BuxDPIda o‘tkazilgan pedagogik eksperiment davomida amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 15-oktyabrdagi 02/01-01-406-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik ta’lim jarayoni faoliyatni konstruktiv tashkil etishga doir amaliy metodlar bilan takomillashuviga xizmat qilgan.