Salimova Shahlo Sayfulloevna

Falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarni emotsional xavfsiz ta’lim muhitini modellashtirishga tayyorlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02–“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6538
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.11.04 
Ilmiy rahbar: Turdiev Shoxrux Razzoqovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. Soatov Asadullox Jabborovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarni emotsional xavfsiz ta’lim muhitini modellashtirishga tayyorlash metodikasinin takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
emotsional xavfsiz ta’lim muhitining referensiya komponenti falsafiy-pedagogik fikrlar kontekstidagi ijtimoiy omil, shaxs o‘quv-biluv faoliyati hamda psixologik holatning o‘zaro ta’siriga doir g‘oyalarni tizimli konseptuallashtirish asosida aniqlashtirilgan;
pedagogik jarayonda emotsional xavfsiz ta’lim muhitini yaratish modelining texnologik komponenti bo‘lajak o‘qituvchilarni ta’lim muhitini modellashtirishdagi tahliliy-loyihaviy funksiyalariga doir vitagenik tushunchalarni izohlashga ko‘ra interpretatsiyalash orqali takomillashtirilgan;
talabalarni emotsional xavfsiz ta’lim muhitini modellashtirishga tayyorlash metodikasi pedagogik ta’lim mazmuniga simulyasiya va refleksiya ta’lim vositalarini algoritmik harakatiga ko‘ra gorizontal integratsiyalash orqali takomillashtirilgan; 
talabalarni emotsional xavfsiz ta’lim muhitiga tayyorlash mexanizmlari ta’lim jarayonini modellashtirish faoliyatining shaxsiy-refleksiv sifatlarini konstruktiv shakllanganlik mezonlari bilan o‘zaro mutanosibligiga ko‘ra korrelyasiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi asosida:
talabalarni umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitish va emotsional xavfsiz ta’lim muhiti mazmunining emotsional himoyalanganlik, referent ahamiyatlilik, emotsional zo‘ravonlikni rad etish, shaxsiy ishonchli muloqotga ehtiyoj kabi komponentlari  nazariy-metodik tahlillar asosida aniqlashtirilgan ma’lumotlardan PR-20222-4769–raqamli “Bo‘lajak o‘qituvchilarning emotsional tayyorgarligi va axborot kompetentligini rivojlantirish tamoyillarini tadqiq etish” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 5-noyabrdagi 11-05-6340/03-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashda zamonaviy maktabda emotsional xavfsiz ta’lim muhitini modellashtirishga oid tajribalar bilan boyitilishiga erishilgan;
talabalarni pedagogik ta’lim jarayonida emotsional xavfsiz ta’lim muhitini modellashtirishga tayyorlash modelining texnologik komponenti emotsional xavfsiz ta’lim muhitini yaratishning shakllantiruvchi, amalga oshiruvchi va yakuniy bosqichlarini individuallashtirish, insonparvarlik, kommunikativlik, refleksivlik, rivojlantiruvchi ta’lim tamoyillari asosida mazmunan boyitish orqali takomillashtirilgan xulosalardan “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 232-482-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv jarayonini emotsional jihatdan xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan bilimlarini shakllantirishga xizmat qilgan;
pedagogik ta’lim mazmuni va amaliyotiga talabalarni tayyorlash metodikasi ta’lim jarayonida emotsional xavfsiz muhitni shakllantirishga doir mashqlar, treninglarni qamrab olgan “Emotsional xavfsiz ta’lim muhitini modellashtirish metodikasi” dasturini tatbiq etish orqali takomillashtirilgan metodikadan “Xorijda ta’lim tizimi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 232-482-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarda motivatsion qadriyatli yo‘nalganlik, kognitiv rivojlanganlik, amaliy faoliyatga tayyorlik va shaxsiy refleksiv sifatlarning shakllanganlik mezonlarini aniqlash, rivojlantirish va diagnostika qilishga doir metodika asosida takomillashtirilishiga muvaffaq bo‘lingan;
talabalarning emotsional xavfsiz ta’lim muhitini modellashtirishga tayyorlash mexanizmlari Motivatsion-qadriyatli yo‘nalaganlik, kognitiv rivojlanganlik, amaliy faoliyatga tayyorlik, shaxsiy-refleksiv sifatlarning shakllanganligi mezonlariga ko‘ra motivatsion-qadriyatli; kognitiv; amaliy-faoliyatli; shaxsiy-refleksiv yo‘nalishlarda tasniflash orqali takomillashtirilgan xulosalardan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi RZ-202004165–raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompitensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025 yil 2-apreldagi 01/4-1206-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning emotsional xavfsiz ta’lim muhitini tashkil etishga tayyorlik darajasini tashxislash metodikasini rivojlantirilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish