Xudayberdieva Janona Rustamovnaning
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagoglarni uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish jarayonini individuallashtirishning pedagogik tizimini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi. Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped9887.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida
Ilmiy rahbar: Ibragimov A’lamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi pedagogik milliy mahorat instituti, DSc.01/2025.28.11.Ped.01.01
Rasmiy opponentlar: Xolmurodov A’zam Shaxriyorovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Boymurodova Gulzoda Toshtemirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagoglarni uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish jarayonini individuallashtirishning pedagogik tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagoglarni uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish jarayonini individuallashtirish imkoniyatlari yaxlit tizim hosil qiluvchi loyihaviy faoliyatda mustaqil harakatlarini ta’minlash, ichki rag‘bat va shaxsiy salohiyatga yo‘naltirilgan variativ-refleksiv o‘sish nuqtalari hamda kasbiy-pedagogik uyushmalar vositasida hamkorlik strategiyalarining shaxsning individual dunyoqarashi va pozisiyasi shakllanishiga korrelyativligini prediktiv prognozlash asosida aniqlashtirilgan;
uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish jarayonini individuallashtirish mazmuni doparadigmal, klassik, noklassik, postneklassik ratsionallik bosqichlaridan iborat tadrijiy taraqqiyotini konseptuallashtirish, retrospektiv tasniflash, mohiyati, ochiqligi, o‘zgaruvchanligi, variativligi, refleksivligi va ehtiyojlarga tayanish zaruratiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
pedagoglarni uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish jarayonini individuallashtirish pedagogik tizimi modeli shaxsiylashtirilgan noyoblik, jamoaviy iqlim yaratish, kognitiv, elektiv, refleksiv va integrativ funksiyalarni nazariy-amaliy jihatdan motivlarni mustahkamlash, individuallikka yo‘naltirilgan tarkiblashtirish, kasbiy yuksalishni mustaqil loyihalash, jamiyat va subektiv kutilmalariga dinamik integratsiyasi asosida takomillashtirilgan;
pedagoglarni uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish jarayonini individuallashtirish pedagogik tizimining samaradorligi moslashuvchan ijtimoiy-madaniy ekotizim sifatida refleksiv ichki rivojlanish va o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi konstruktiv boshqaruv muhitiga implementatsiyasi hamda self-assessment algoritmini belgilash asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagoglarni uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish jarayonini individuallashtirishning pedagogik tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida:
pedagoglarni uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish jarayonini individuallashtirish imkoniyatlarini yaxlit tizim hosil qiluvchi loyihaviy faoliyatda mustaqil harakatlarini ta’minlash, ichki rag‘bat va shaxsiy salohiyatga yo‘naltirilgan variativ-refleksiv o‘sish nuqtalari hamda kasbiy-pedagogik uyushmalar vositasida hamkorlik strategiyalarining shaxsning individual dunyoqarashi va pozisiyasi shakllanishiga korrelyativligini prediktiv prognozlash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy pedagogika” darsligi mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 18-noyabrdagi 03-36-2208-sonli ma’lumotnomasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘iga asosan berilgan
289188-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish jarayonini individuallashtirishni pedagoglarning o‘quv-bilish faoliyatiga bog‘liq omillarini mujassamlashtirish asosida takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish jarayonini individuallashtirish mazmunini doparadigmal, klassik, noklassik, postneklassik ratsionallik bosqichlaridan iborat tadrijiy taraqqiyotini konseptuallashtirish, retrospektiv tasniflash, mohiyati, ochiqligi, o‘zgaruvchanligi, variativligi, refleksivligi va ehtiyojlarga tayanish zaruratiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ilk va makrabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 18-noyabrdagi 03-36-2208-sonli ma’lumotnomasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 144103-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada pedagoglarni uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish jarayonini individuallashtirish pedagogik tizimi imkoniyatlari ichki salohiyat, resurslar va shart-shaoitlari majmuini uyg‘unlashtirish asosida kengayishiga erishilgan;
pedagoglarni uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish jarayonini individuallashtirish pedagogik tizimi modelini shaxsiylashtirilgan noyoblik, jamoaviy iqlim yaratish, kognitiv, elektiv, refleksiv va integrativ funksiyalarni nazariy-amaliy jihatdan motivlarni mustahkamlash, individuallikka yo‘naltirilgan tarkiblashtirish, kasbiy yuksalishni mustaqil loyihalash, jamiyat va subektiv kutilmalariga dinamik integratsiyasi asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy pedagogika” darsligi mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining
2025-yil 18-noyabrdagi 03-36-2208-sonli ma’lumotnomasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 289188-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada pedagoglarni uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish jarayonini individuallashtirish modelini pedagogik strategiyalarni kiritish asosida takomillashtirishga erishilgan;
pedagoglarni uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish jarayonini individuallashtirish pedagogik tizimining samaradorligini moslashuvchan ijtimoiy-madaniy ekotizim sifatida refleksiv ichki rivojlanish va o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi konstruktiv boshqaruv muhitiga implementatsiyasi hamda self-assessment algoritmini belgilash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Ilk va makrabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 18-noyabrdagi 03-36-2208-sonli ma’lumotnomasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 429-445-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, pedagogik tizim samaradorligi muayyan mezonlar va ularning rivojlanganlik darajalari korrelyasiyasi asosida oshishiga erishilgan.