Sodikov Ulug‘bek Jo‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Matematikani o‘qitishda masalaviy yondashuv orqali o‘quvchilar ijjodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi», 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped804.
Ilmiy rahbar: Ro‘zieva Dilnoz Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.01.09.
Rasmiy opponentlar: Yunusova Dilfuza Isroilovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatov Mashrabjon Shaxobutdinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: matematikani o‘qitishda masalaviy yondashuv orqali o‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bosqichlari masalalarning didaktik funksiyalari xususiyatlarini (o‘rgatuvchi, rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi va nazorat qiluvchi) belgilash asosida aniqlashtirilgan;
matematikani o‘qitish jarayonida o‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi amaliy-tatbiqiy mazmundagi muammoli vaziyatlarni matematik modellashtirish (miqdoriy ifodalash, tavsiflash, bog‘liqlikni o‘rganish)ga masalaviy yondashuvning tamoyillarini (maqsadga yo‘nalganlik, to‘lalik, tizimlilik, ketma-ketlik) qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning mantiqiy tuzilmasi o‘quv-ijodiy faoliyatga masalaviy yondashuvning algoritmik bosqichlarini (masalaning turlari, echish bosqichlari, talablari) integratsiyalash (maqsadga yo‘naltirish, tizimlash, refleksivlash) asosida ishlab chiqilgan;
matematikani o‘qitishning o‘quv-metodik ta’minoti (dars ishlanmalari, o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar) o‘quv materiallari mazmuniga nostandart masalalarni echish usullari (tahlil qilish, sintezlash, umumlashtirish, abstraksiyalash, o‘xshatish, variatsiyalash)ni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Matematikani o‘qitishda masalaviy yondashuv orqali o‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bosqichlari, masalalarning didaktik funksiyalari xususiyatlariga, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning mantiqiy tuzilmasi, o‘quv-ijodiy faoliyatga masalaviy yondashuvning bosqichlariga doir takliflaridan ITD-1-14 sonli “Uzluksiz ta’lim tizimida matematika va tabiiy fanlarni o‘qitishda uzviylikni ta’minlash modeli va uning didaktik ta’minoti” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 18 apreldagi 89-03-1530-son ma’lumotnomasi). Ushbu loyiha doirasida muammoli, nostandart matematik masalalarni echish usullaridan foydalanish, amaliy-tatbiqiy mazmundagi masalalarni echishni matematik modellashtirish orqali takomillashtirish asosida o‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ma’lum samaradorlikka erishish imkonini bergan;
matematikani o‘qitish o‘quv-metodik ta’minoti o‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan nostandart masalalarga oid takliflar 7-9-sinflar “Algebra” va “Geometriya” o‘quv predmeti mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 18 apreldagi 89-03-1530-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv materiallari matematikani o‘qitishda o‘quvchilarda fanga qiziqishni uyg‘otish, ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, iqtidorli o‘quvchilarni tanlab olish va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
matematikani o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish metodikasi, amaliy-tatbiqiy mazmundagi muammoli vaziyatlarni matematik modellashtirishga yo‘naltirilgan talablarga oid xulosalar va tavsiyalardan “130000-Matematika” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining davlat ta’lim standartlarini (O’zDSt 2016, 36.2016) takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 18 apreldagi 89-03-1530-son ma’lumotnomasi). Mazkur ta’lim standarti matematika fanidan o‘quv mazmunini ishlab chiqish, ta’lim tizimida uzviylik va fanlararo integratsiyani ta’minlashga xizmat qilgan.