Choriev Jamshid Muzaffarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fermer xo‘jaliklari uchun ko‘chma suv o‘lchagichlar konstruksiyalari va hisobiy asoslash usullarini takomillashtirish», 05.09.06–Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T961.
Ilmiy rahbar: Bakiev Masharif Ruzmetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Muradov Rustam Anvarovich,texnika fanlari doktori, dotsent; Ikramova Malika Raximberdievna, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fermer xo‘jaliklari uchun poligonal teshikli ko‘chma suv o‘lchagichlar konstruksiyalari va hisoblash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
poligonal teshikli ko‘chma suv o‘lchagichlarning olti turdagi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
uchburchak, pastki tomoni torayib boruvchi trapeseidal (Chipoletti m=0.25, A.I. Ivanov m=1.0), proporsional (SANIIRI m=0.2, m=0.5) hamda to‘rtburchak shakllardagi ko‘chma suv o‘lchagichlarni bajarish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ko‘chma suv o‘lchagichlarni gidravlik hisoblash usuli suv o‘tkazish qobiliyati, oqimcha otilish uzunligi, inshoot konstruksiyasi va oqim gidravlik parametrlarini hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
suv o‘lchagich statik hisoblash usuli suvning gidrostatik bosimi va inshoot konstruktiv elementlarining parametrlarini inobatga olib takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fermer xo‘jaliklari uchun ko‘chma suv o‘lchagichlar konstruksiyalarini va hisoblash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
olti turdagi poligonal teshikli ko‘chma suv o‘lchagichlar konstruksiyasiga Intellektual mulk agentligi tomonidan foydali modelga patent olindi («Poligonal teshikli suv o‘lchagich», №FAP 00647-2009 y.). Natijada uchastka kanallari va o‘qariqlarda suv sarfini o‘lchash imkoniyati yaratilgan;
ko‘chma suv o‘lchagichlarni takomillashtirilgan gidravlik hisoblash usuli Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 27 noyabrdagi 03/24-2401-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘chma suv o‘lchagichlar yordamida bir nechta uchastka kanallari va o‘qariqlarda suv sarfini o‘lchash imkoni yaratilgan;
uchburchak, pastki tomoni torayib boruvchi trapeseidal, proporsional hamda to‘rtburchak shakllardagi ko‘chma suv o‘lchagichlarni bajarish texnologiyasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Xorazm viloyatining Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi, Qashqadaryo viloyatining Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi, Buxoro viloyatining Amu-Qorako‘l irrigatsiya tizimi boshqarmasi fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 27 noyabrdagi 03/24-2401-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaliklari sug‘orish tizimlarida suv taqsimlashni yaxshilash imkoni yaratilgan.