Raximova Gulnora Elyor qizining
 pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi - “Talabalarni loyihaviy faoliyatga tayyorlash metodikasi (Dizayn-loyihalash fani misolida)”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9378
Ilmiy rahbar: Asqarova O‘g‘uloy Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.15.03
Rasmiy opponentlar: Nabidjanova Nargiza Nasimjanovna texnika fanlari doktori, professor; Qodirova Zoxidaxon Sobirovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona Davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Dizayn ta’lim yo‘nalishi talabalarini loyihaviy faoliyatga metodik tayyorgarligini  rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
dizayn ta’limi yo‘nalishi talabalarini loyihaviy faoliyatining tashkiliy tuzilmasi (kognitiv, operatsion-pragmatik, shaxsiy ijodiy, aksiologik) va kasbiy-amaliy kompetensiyalari mazmuni (motivatsion, qadriyatli, kognitiv, amaliy-operatsion, texnologik innovatsion) “SMART” metodi asosida takomillashtirilgan;
kasbiy-amaliy kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan o‘quv-ijodiy mashqlar va amaliy ijodiy testlarni bajarishda markazlashtirilgan individual amaliy ta’limini loyihalash orqali “Ariz-Triz” o‘quv amaliy loyihaviy topshiriqlardan foydalanishning tashkiliy didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
o‘quv jarayonini pedagogik loyihalashda dizayn ta’lim yo‘nalishi malaka talablaridan kreativ va ijod birligi tamoyili hamda loyihaviy faoliyatning mazmuniy ko‘rsatkichlarini “Blum taksionomiyasi” metodi asosida sintezlash ijodiy topshiriqlar tizimi orqali kasbiy-amaliy kompetensiyalarni takomillashtirilgan o‘quv-metodik ta’minoti ishlab chiqilgan;
kasbiy-amaliy kompetensiyalarni rivojlantirishning me’yoriy-mazmuniy (o‘quv-kasbiy faoliyat), protsessual (metodik va amaliy texnologik jarayonlar) va natijaviy-baholash (bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil, sintez, baholash) komponentlarini kompetensiyaviy, tizimli, faoliyatli, sinergetik yondashuvlar asosida integratsiyalash natijasida dizayn ta’lim yo‘nalishi talabalarini kasbiy-amaliy kompetentligini baholash mezonlari (motivatsion-kognitiv, kreativ-jarayonli, izlanishli-integrativli) ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati dissertatsiyada ilgari surilgan dizayn ta’lim loyihalashi talabalarini loyihaviy faoliyatga tayyorlashning pedagogik jarayonlari o‘qitishning didaktik vositalari, o‘quv jarayonining metodik tizimi modeli ishlab chiqilgani, shu bilan birga talabalarning loyihalash-konstruktorlik faolligini, integrativ texnologiyalar vositasida o‘qitish sifati va samaradorligini oshirish maqsadida fanning metodik tizimi hamda modeli takomillashtirilgani bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati hozirgi kunda dizaynchilarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan holda oliy ta’lim muassalarida tayyorlanadigan dizaynchilarning kasbiy-amaliy kompetensiyasini rivojlantirish modelini qo‘llashning didaktik imkoniyatlarining kengaytirilgani hamda texnika ta’lim muassasalarining “Talabalarni loyihaviy faoliyatga tayyorlash texnologiyalari” mazmunini boyitish, malaka oshirish kurslari dasturlarini takomillashtirishda hamda talabalarda loyihalash kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dizayn ta’lim yo‘nalishi talabalarini loyihaviy faoliyatga metodik tayyorgarligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dizayn loyihalash fanini o‘qitishda o‘quv mashg‘ulotlarida talabalarni  metodik faoliyatga tayyorlashda “SMART texnology” ayni paytda texnologiya olamida keng qo‘llaniluvchi ibora bo‘lib Dizayn-loyihalash faniga qaratilgan ma’lumotlar bazalarini, axborot tizimlarini yaratish, ulardan foydalanish, xizmatlar ko‘rsatish hamda amaliy uslubiy ta’minlash modeli ishlab chiqishga doir O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829-sonli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. Natijada “Dizayn loyihalash” fanini o‘qitishda o‘quv mashg‘ulotlarida talabalarni metodik faoliyatga tayyorlash imkoniyati ortib borgan. 
Dizayn loyihalash fanini o‘qitishda texnika oliy ta’lim muassasalari bo‘lajak mutaxassislarining ijodkorlik qobiliyatlarini va ijodiy yondoshuvlarini rivojlantirishga imkon beradigan metodik ta’minoti (didaktik o‘quv materiallar, fanga oid ijodiy masalalar, multimedia vositalari) yaratishga doir tavsiyalardan loyihalashkompetensiyasini rivojlantirishning motivatsion, kognitiv, operatsional-pragmatik va shaxsiy-ijodiy va aksiologik komponentlarni qamrab oluvchi zamonaviy tarkibiy komponentlar ishlab chiqishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan  Dizayn ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Talabalarni loyihaviy faoliyatga tayyorlash texnologiyasi” nomli uslubiy metodik qo‘llanma yaratilgan. Natijada Dizayn ta’lim yo‘nalishi talabalarini loyihaviy faoliyatga metodik tayyorgarligini rivojlantirish bo‘yicha turli texnologiyalar AKT va didaktik o‘yinlardan foydalanilgan. 
Dizayn loyihalash fanini o‘qitishda texnika oliy ta’lim muassasalari ijodiy yondoshuvlarini rivojlantirishga imkon beradigan metodik ta’minoti (didaktik o‘quv materiallar, fanga oid ijodiy masalalar, multimedia vositalari) yaratish bo‘yicha xulosa va tavsiyalangan “Pedagogik texnologiyadan izohli lug‘at” nomli o‘quv qo‘llanmadan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil l1-noyabrdagi 429-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 429-767-sonli ruxsatnomasiga) muvofiq nashr qilingan va amaliyotga  tadbiq etilgan. Natijada Dizayn loyihalash fanini o‘qitish samaradorligini oshirilishiga erishilgan. 
Dizayn loyihalash fanini o‘qitishda bo‘lajak mutaxassislarning ijodiy faolligini pedagogik texnologiyalar (muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, taqqoslash va qaror qabul qilish) asosida o‘z fikrlarini erkin bayon etish va amalda tadbiq eta olish ko‘nikmalarini oshirish, rivojlantirish metodikasi (tashabbuskorlik, ijodiy fikrlash, qobiliyat, yaratuvchanlik, izanuvchanlik, intilish va qiziqish, ixtirolar yaratish) samaradorligi eksperimental asoslangan samaradorligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025 yil mart va avgust oylaridagi “Etti rang”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda mazmuniga singdirilgan (2025y 26 avgust 05-09-1369-son ma’lumotnomasi). Natijada Dizayn loyihalash fanini o‘qitish samaradorligini oshirilishiga erishilgan. 
Tadqiqot natijalari Namangan davlat texnika universiteti, Jizzax politexnika instituti va Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat institutlarida “Dizayn (kostyum)” va dizayn ta’lim yo‘nalishlarida sinovdan o‘tkazildi va ulardan ijobiy natijalar olindi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish