Shermamatova Zaynab Azimjon qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida tabu so‘zlarning ijtimoiy-lingvistik tahlili”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3616
Ilmiy rahbar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02
Rasmiy opponentlar: Sulaymanova Nilufar Jabbarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ruzieva Sitora Asrorovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida tabu so‘zlarning ijtimoiy-lingvistik xususiyatlarini qiyoslash, ularning jamiyatda – ijtimoiy muloqotdagi o‘rni va ishlatilish dinamikasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabu hodisasining tavsifi antropotsentrik, kognitiv, pragmatik, sotsiolingvistik va diskursiv yondashuvlar asosida umumlashtirilib, evfemizm va disfemizm kabi unga yondosh tushunchalar asosida izohlanib, hodisaning semantik, pragmatik, kognitiv hamda sotsiolingvistik mohiyati ingliz va o‘zbek tillari misolida ochib berilgan.
ingliz va o‘zbek tillarida tabu hodisasi struktur-semantik yondashuv asosida yoritilgan, ularga xos leksik-semantik va pragmatik xususiyatlar aniqlangan, badiiy matnlarda tabu so‘zlar va ularni almashtiruvchi evfemizmlar qo‘llanishi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillari misolida tabu hodisasining stilistik xususiyatlarini yoritish orqali uning ijtimoiy, pragmatik va diskursiv kabi kommunikativ funksiyalari qiyoslangan, chog‘ishtirilayotgan tillarda tabuning taqiqlangan yoki cheklangan ma’nolarni ifodalashi, bu ma’nolarning nutqda evfemistik, baholovchi va pragmatik vositalar orqali moslashtirilishi hamda diskurs va madaniy kontekst asosida tartibga solinishi kabi funksional-semantik jihatlari aniqlangan;
gender nuqtayi nazaridan tabuning qo‘llanishi va uning ijtimoiy munosabatlarni ifodalashdagi o‘rni, jins va ijtimoiy rollar voqelanishidagi funksiyasi, ularning o‘zgarishi, turli madaniy kontekstlarga moslashuvi isbotlanib, o‘zbek va ingliz tillarida tabu so‘zlarning o‘rnini bosuvchi evfemizmlar tizimi hamda tabuning nutq madaniyatidagi ahamiyatini ko‘rsatish orqali uning antropotsentrik paradigma doirasidagi nutqiy maqomi mavjudligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida tabu so‘zlarning ijtimoiy-lingvistik tahlili va tadqiqi bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
tabu hodisasining tavsifi antropotsentrik, kognitiv, pragmatik, sotsiolingvistik va diskursiv yondashuvlar asosida umumlashtirilib, evfemizm va disfemizm kabi unga yondosh tushunchalar asosida izohlanib, hodisaning semantik, pragmatik, kognitiv hamda sotsiolingvistik mohiyati ingliz va o‘zbek tillari misolida ochib berilgani haqidagi ilmiy qarashlaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2021-2023-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik tasviri” mavzuidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 28-oktyabrdagi 652/1-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliy qo‘llash fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida tabu hodisasi struktur-semantik yondashuv asosida yoritilgan, ularga xos leksik-semantik va pragmatik xususiyatlar aniqlangan, badiiy matnlarda tabu so‘zlar va ularni almashtiruvchi evfemizmlar qo‘llanishi dalillangan yangilik va xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan ’’English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 28-oktyabrdagi 3336/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasidagi ishlarda ingliz va o‘zbek tillarida tabu so‘zlarning ijtimoiy-lingvistik tahlili hodisasining tavsifi konkretlashtirilishiga erishilgan;
ingliz va o‘zbek tillari misolida tabu hodisasining stilistik xususiyatlarini yoritish orqali uning ijtimoiy, pragmatik va diskursiv kabi kommunikativ funksiyalari qiyoslangan, chog‘ishtirilayotgan tillarda tabuning taqiqlangan yoki cheklangan ma’nolarni ifodalashi, bu ma’nolarning nutqda evfemistik, baholovchi va pragmatik vositalar orqali moslashtirilishi hamda diskurs va madaniy kontekst asosida tartibga solinishi kabi funksional-semantik jihatlari aniqlanganligi to‘gʻrisidagi xulosalaridan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+dasturining 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHT-JP raqamli “Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian Universities: CLASS” mavzusidagi xalqaro loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 28-oktyabrdagi 3337/02-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini qo‘llash amaliy loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar to‘plamining ilmiy saviyasini  oshirishga xizmat qilgan;
gender nuqtayi nazaridan tabuning qo‘llanishini, bu orqali ijtimoiy munosabatlar qanday ifodalanishini, jins va ijtimoiy rollar voqelanishida tabu so‘zlarning o‘rnini aniqlash, ularning o‘zgarishi hamda turli madaniy kontekstlarga moslashuvini, shuningdek, o‘zbek va ingliz tillarida tabu so‘zlarning o‘rnini bosuvchi evfemizmlar tizimini, tabuning nutq madaniyatidagi rolini ko‘rsatish, tabuning antropotsentrik paradigma mezonlari asosidagi nutqiy maqomi belgilashga doir ilmiy yangilik va xulosalardan 2025-yil 10-noyabr kuni “Samarqand  viloyati teleradiokanali”  DMning FM 105.2 “Samarqand” radiokanalida efirga uzatilgan “Kun mavzusi” eshittirishi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyati teleradiokanalining 2025-yil 11-noyabrdagi 01-07/375-son ma’lumotnomasi).  Natijada, fikrlar umumlashtirilib, nazariy xulosalar chiqarilgan. Tinglovchilar gender omili tabu tushunchasining jamiyatdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot oldilar. Gender nuqtayi nazaridan tabu qo‘llanishining ilmiy mohiyati ochib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish