Najmiddinova Yoqutxon Ruxiddinovnaning
 pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi - “Amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim sharoitida bo‘lajak muhandis-metrologlarning metapredmet kompetentligini rivojlantirish metodikasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Ped193
Ilmiy rahbar: Asqarova O‘g‘uloy Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan Davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan Davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.15.03
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Ozoda Safibullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ahmedov Jahongir Axmadovich, texnika fanlari doktori, professor;  Abdullaev Alibek Qodiralievich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona Davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim sharoitida bo‘lajak muhandis-metrologlarning metapredmet kompetentligini rivojlantirish va amaliyotga tadbiq etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari hamkorligini ta’minlashning ilmiy-metodik asoslari orqali bo‘lajak muhandis-metrologlarni metapredmetli kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi tamoyillarga asoslangan holda korxona va ta’lim muassasalarining tarmoqlararo integratsiya tuzilmasi takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari talablari asosida bo‘lajak muhandis-metrologlarning metapredmetli kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan amaliyotini interaktiv boshqarishga mo‘ljallangan takomillashtirilgan ta’limda “Kaizen” texnologiyasi hamda tashkiliy-tuzilmaviy model ishlab chiqilgan;
amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim muhitida bo‘lajak muhandis-metrologlarni metapredmetli kompetentligini rivojlantirish metodikasi “Brainstorming” (Breyn-shtorm), “5-S”, “5-Nimaga”-“1-Qanday” interaktiv metodlarini ta’lim va amaliy faoliyat klasteri muhitiga singdirish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandis-metrologlarning metapredmetli kompetentligini rivojlantirishning metodik tizimi bo‘lajak muhandis-metrologlarning ruhiy-estetik holatini barqarorlashtiruvchi o‘quv-transformatsiya usullarini amaliy o‘zlashtirishning variativ rivojlanish, faol o‘qitish hamda ijodiy mustaqillik bosqichlarida pedagogik-ergonomik talablarga ko‘ra qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandis-metrologlarni metapredmetli kompetentligini rivojlanganligini baholash mezonlari hamkor subektlarda axborot-uslubiy madaniyatni barqaror rivojlantiruvchi faol ish shakllariga eksperimental motivatsion muhitda muqobil kombinatsiyada ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida bo‘lajak muhandis-metrologlarning metapredmet kompetentligi rivojlantirishga qaratilgan “Standartlashtirish asoslari” nomli darsligi yaratilgan va amaliyotga joriy etilgan;
amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida bo‘lajak muhandis-metrologlarning metapredmet kompetentligi rivojlantirish bo‘yicha “Bo‘lajak muhandis-mexaniklarni kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning ilmiy metodik asoslari” nomli monografiya va Ta’limda “Kaydzen” texnologiyasi hamda “Sertifikatsiyalash asoslari va sifat menejmenti” nomli o‘quv metodik va o‘quv qo‘llanmalar kabi tashkiliy didaktik ta’minot ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak muhandis-metrologlarini amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim sharoitida metapredmet kompetentligini shakllantirishga qaratilgan hamda mustaqil ta’lim olish jarayonini takomillashtirishni o‘z ichiga olgan “Gidromeliorativ mashina va jihozlaridan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha individual ishlab chiqarish ta’limi mashg‘ulotlarini loyihalash” hamda “Qurilish mexanikasi” nomli elektron o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak muhandis-metrologlarni metapredmetli kompetentligini amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida rivojlantirishning nazariy asoslari yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari hamkorligini ta’minlashning ilmiy-metodik asoslari orqali bo‘lajak muhandis-metrologlarini metapredmetli kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi tamoyillarga asoslangan holda korxona va ta’lim muassasalarining tarmoqlararo integratsiya tuzilmasi takomillashtirishga doir takliflardan “Standartlashtirish asoslari” fanidan darslik yaratilgan va mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan №-391320-sonli guvohnomasi). Natijada, yaratilgan darslik bo‘lajak muhandislarni metapredmetli kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari talablari asosida bo‘lajak muhandis-metrologlarning metapredmetli kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lajak muhandis-metrologlar amaliyotini interaktiv boshqarishga mo‘ljallangan takomillashtirilgan “Bo‘lajak muhandis-mexaniklarni kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning ilmiy metodik asoslari” nomli monografiya hamda tashkiliy-tuzilmaviy model ishlab chiqishga doir takliflardan “Sertifikatlashtirish asoslari va sifat menejmenti” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan va mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan №-429185-sonli guvohnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan monografiya va o‘quv qo‘llanma bo‘lajak muhandis-metrologlarni metapredmetli kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan; 
amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim muhitida bo‘lajak muhandis-metrologlarni metapredmetli kompetentligini rivojlantirish metodikasi Brainstorming “Breyn-shtorm”, “5-S”, “5-Nimaga”-“1-Qanday” interaktiv metodlarini ta’lim va amaliy faoliyat klasteri muhitiga singdirish orqali takomillashtirishga doir takliflardan ta’limda “Kaizen” texnologiyasi o‘quv-metodik qo‘llanma llanma ishlab chiqilgan va mazmuniga singdirilgan (Namangan muhandislik qurilish institutining 2025-yil 4-apreldagi 4-sonli Ilmiy kengash qarori)  Natijada, ishlab chiqilgan o‘quv-metodik qo‘llanma bo‘lajak muhandis-metrologlarni metapredmetli kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan; 
bo‘lajak muhandis-metrologlarning metapredmetli kompetentligini rivojlantirishning metodik tizimi bo‘lajak muhandis-metrologlarning ruhiy-estetik holatini barqarorlashtiruvchi o‘quv-transformatsiya usullarini amaliy o‘zlashtirishning variativ rivojlanish, faol o‘qitish hamda ijodiy mustaqillik bosqichlarida pedagogik-ergonomik talablarga ko‘ra qo‘llash asosida takomillashtirishga oid takliflardan “Gidromeliorativ mashina va jihozlaridan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha individual ishlab chiqarish ta’limi mashg‘ulotlarini loyihalash” hamda “Qurilish mexanikasi” fani bo‘yicha multimediyali elektron o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi №-DGU-08927-sonli, №-DGU-14569-sonli guvohnomalar). Natijada, mazkur o‘qitish texnologiyalari va baholash mezonlari o‘quvchilarni kasbiy tayyorgarlik darajalarini aniqlashga va ta’lim sifatini oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish