Norov Shuxrat Suvonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Deyatel`nost` molodyojnix organizatsiy Uzbekistana v godi nezavisimosti v oblastyax Zarafshanskogo oazisa: istoricheskiy analiz (2001 – 2021 gg.), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2. DSc/Tar229
Ilmiy maslahatchisining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xaitov Shadmon Axmadovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.06.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Davletov Sanjarbek Rajabovich tarix fanlari doktori (DSc), professor;
Ishquvatov Valiqul Turdievich tarix fanlari doktori (DSc), professor;
Saidov Sanjar Shavkatovich siyosiy fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekistonda, mustaqillik yillarida yoshlar tashkilotlari faoliyatining asosiy shakllanish bosqichlarini Zarafshon vohasi viloyatlari misolida tarixiy tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlari misolida yoshlar tashkilotlarining faol ishtirokida yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida respublikaning boshqa hududlariga nisbatan xizmat ko‘rsatish va turizm sohalariga yoshlarni jalb etish imkoniyatlari kengroq ekanligi asoslab berilgan. Xususan, tarixiy obidalar va madaniy yodgorliklarga boy bo‘lgan Samarqand va Buxoro viloyatlarida yoshlar bandligi va ish bilan ta’minlash masalalarini samarali hal etishning ma’lum salohiyatga egaligi aniqlangan;
mahalliy hokimiyatlarning madaniy inshootlarining qurilishi ko‘ngil ochar va istirohat bog‘ va maskanlarni barpo etish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlariga qaramay, Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim tuman va shaharlarida yoshlar markazlari, drama teatrlar, musiqa va san’at muassasalari soni etarli emasligi isbotlandi. Xususan, Zarafshon vohasi viloyatlarining olis tuman (shahar)lari misolida olib borilgan tadqiqotlar asosida hududlarni o‘rganishda integratsiya jarayonlarini hisobga olgan holda, yoshlar tarbiyasini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish uchun madaniyat markazlari qurilishini jadallashtirish zarurligi tahlil qilingan;
“Mahalla” tizimi doirasida yoshlar hayotini tadqiq etishda kompleks yondashuv zarurligi aniqlandi. Ayrim oilalarda yosh avlodni to‘laqonli tarbiyalash (odob-axloq, o‘smirlar o‘rtasida giyohvandlik va tamaki is’temoli oldini olish, yoshlarni kitob o‘qishga jalb etish) etarli darajada olib borilmasligi aniqlandi. Shu munosabat bilan, nizoli, notinch oilalardagi yosh avlodning psixologik holatini yaxshilash maqsadida yoshlar masalalari bo‘yicha ma’lum tajribaga ega psixolog yoki sotsiolog lavozimini yoshlar tuzilmalariga kiritish kerakligi asoslab berilgan;
Buxoro va Samarqand viloyatlari hududlariga nisbatan Navoiy viloyatida yoshlar o‘rtasida ma’naviyat, madaniyat va ma’rifatning mavqeini, oshirish jarayonida yoshlarning bo‘sh vaqtida dam olish muammosini hal qilishda innovatsion g‘oyalar yanada faol qo‘llab-quvvatlanayotgani aniqlandi. Xususan, mintaqada mavjud imkoniyatlar bilan bog‘liq holda yoshlar manfaatlariga manzilli yondashuv takomillashtirilib, tizimlashtirilib, jismoniy tarbiya, yoshlarni ko‘p tomonlama rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, ularning zamonaviy texnologiyalarga jalb etilishi etarli darajada emasligi aniqlangan;
O‘zbekistonning boshqa hududlariga nisbatan Zarafshon vohasining ayrim viloyatlarida yoshlar tashkilotlari tomonidan yoshlarni ilm-fanga jalb etish faol amalga oshirilayotgani isbotlandi. Xususan, Buxoro va Navoiy viloyatlari misolida, sanoat salohiyati mavjud bo‘lgan hududlarda talabalarning respublika va xalqaro grantlarda ishtirok etishi orqali o‘z ilmiy salohiyatlarini oshirib borishi, ayniqsa, texnik fanlar yo‘nalishida Amerika, Evropa va Osiyo davlatlarining nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish va amaliyot o‘tash imkoniyatlaridan foydalaniyotganligi aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar quyidagi yo‘nalishlarda amaliyotga tatbiq etildi:
Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlari misolida yoshlar tashkilotlarining faol ishtirokida yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida respublikaning boshqa hududlariga nisbatan xizmat ko‘rsatish va turizm sohalariga yoshlarni jalb etish imkoniyatlari kengroq ekanligi asoslab berilgan. Xususan, tarixiy obidalar va madaniy yodgorliklarga boy bo‘lgan Samarqand va Buxoro viloyatlarida yoshlar bandligi va ish bilan ta’minlash masalalarini samarali hal etishning ma’lum salohiyatga ega ekanligi to‘g‘risidagi ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida faoydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 24-iyuldagi 2-13-21-4049-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari yoshlar tadbirkorligini kengaytirish, korxona va tashkilotlarda bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochiqlik tamoyillari asosida muntazam mehnat yarmarkalarini tashkil qilishga xizmat qildi;
mahalliy hokimiyatlarning madaniy inshootlarining qurilishi ko‘ngil ochar va istirohat bog‘ va maskanlarni barpo etish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlariga qaramay, Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim tuman va shaharlarida yoshlar markazlari, drama teatrlar, musiqa va san’at muassasalari soni etarli emasligi isbotlandi. Xususan, Zarafshon vohasi viloyatlarining olis tuman (shahar)lari misolida olib borilgan tadqiqotlar asosida hududlarni o‘rganishda integratsiya jarayonlarini hisobga olgan holda, yoshlar tarbiyasini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish uchun madaniyat markazlari qurilishini jadallashtirish zarurligi xaqidagi tarixiy ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Qismat”, “Tarixiy maydon” kabi ko‘rsatuvlar ssenariysi tayyorlashda qo‘llanildi foydalanildi (2025-yil 25-iyundagi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 01-33/487-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari ko‘pchilik teletomoshabinlar qatori yoshlarni faollashtirishga, ularning sifati va sonini oshirishga xizmat qildi;
“Mahalla” tizimi doirasida yoshlar hayotini tadqiq etishda kompleks yondashuv zarurligi aniqlandi. Ayrim oilalarda yosh avlodni to‘laqonli tarbiyalash (odob-axloq, o‘smirlar o‘rtasida giyohvandlik va tamaki is’temoli oldini olish, yoshlarni kitob o‘qishga jalb etish) etarli darajada olib borilmasligi aniqlandi. Shu munosabat bilan, nizoli, notinch oilalardagi yosh avlodning psixologik holatini yaxshilash maqsadida yoshlar masalalari bo‘yicha ma’lum tajribaga ega psixolog yoki sotsiolog lavozimini yoshlar tuzilmalariga kiritish kerakligi to‘g‘risidagi ishlab chiqilgan tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan o‘tkazilgan targ‘ibot ishlari doirasida qo‘llanildi (2025-yil 4-iyuldagi 10/415-sonli ma’lumotnoma). Tadqiqot natijalari yoshlar o‘rtasida har tomonlama bilimlarni shakllantirish va ularning hayotiy pozisiyalarini mustahkamlashga xizmat qildi;
Buxoro va Samarqand viloyatlari hududlariga nisbatan Navoiy viloyatida yoshlar o‘rtasida ma’naviyat, madaniyat va ma’rifatning mavqeini, oshirish jarayonida yoshlarning bo‘sh vaqtida dam olish muammosini hal qilishda innovatsion g‘oyalar yanada faol qo‘llab-quvvatlanayotgani aniqlandi. Xususan, mintaqada mavjud imkoniyatlar bilan bog‘liq holda yoshlar manfaatlariga manzilli yondashuv takomillashtirilib, tizimlashtirilib, jismoniy tarbiya, yoshlarni ko‘p tomonlama rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, ularning zamonaviy texnologiyalarga jalb etilishi etarli darajada emasligi aniqlanganligi kabi ilmiy tadqiqot natijalaridan Zarafshon vohasi viloyatlaridagi tashkilotlar, muassasalar, mahallalar va o‘quv yurtlarida o‘tkazilgan madaniy tadbirlarda qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yilda 8-iyuldagi 02-12-17-39-31-sonli ma’lumotnomasi). Natijada viloyat madaniyat boshqarmalari tomonidan muayyan yilga mo‘ljallangan ish rejalarini tuzishda Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarining olis hududlari uchun madaniyat markazlari, musiqa va san’at muassasalari sonini ko‘paytirish lozimligiga e’tibor qaratildi yillik ish dasturlariga kiritilishi belgilab qo‘yildi;
O‘zbekistonning boshqa hududlariga nisbatan Zarafshon vohasining ayrim viloyatlarida yoshlar tashkilotlari tomonidan yoshlarni ilm-fanga jalb etish faol amalga oshirilayotgani isbotlandi. Xususan, Buxoro va Navoiy viloyatlari misolida, sanoat salohiyati mavjud bo‘lgan hududlarda talabalarning respublika va xalqaro grantlarda ishtirok etishi orqali o‘z ilmiy salohiyatlarini oshirib borishi, ayniqsa, texnik fanlar yo‘nalishida Amerika, Evropa va Osiyo davlatlarining nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish va amaliyot o‘tash imkoniyatlaridan foydalaniyotganligi to‘g‘risida ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif va xulosalar “Oʻzbekistonning eng yangi tarixi” darsligi hamda “Noveyshaya istoriya Uzbekistana” o‘quv qo‘llanmasining yaratilishida qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 2025-yil 5-avgustdagi № 02/01-01-309-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va yoshlar tashkilotlarining ilmiy yo‘nalishdagi faoliyatini takomillashtirish tashabbuslari asosida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv-uslubiy hujjatlar ishlab chiqildi.