Juraev Xusniddin Pazliddinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston, Buxoro amirligi va Xiva xonligida agrar munosabatlar: qiyosiy tahlil, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Tar531.
Ilmiy rahbar: Xayitov Shodmon Axmadovich – tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Tar.10.01
Rasmiy opponentlar: G‘afforov Shokir Safarovich – tarix fanlari doktori, Rasulov Baxtiyor Maxmudjonovich – tarix fanlari doktori, Ochildiev Fayzulla Babakulovich – tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston mintaqasida agrar vaziyat va er egaligi masalalarini alohida olingan hududlarning qiyosiy tahlili asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasi, Buxoro amirligi va Xiva xonligida erga egalik qilish bilan bog‘liq masalalar qiyosiy tahlil etilib, Turkiston viloyatlarida yagona er egaligi, yagona er solig‘i, vaqf erlarini musodara etish, bo‘sh er fondlarini yaratish, erlarni ijaraga berish, bankdan kredit olish asosida dehqonchilikni rivojlantirish kabilar joriy etilgani, xonliklardagi kabi er egaligining (amlok, xususiy, vaqf) an’anaviy shakllari saqlanib qolganligi, shuningdek imperiya mustamlaka siyosati maqsadlari yo‘lida Turkistonda mustahkam rus dehqonlari aktivini yaratish bilan bog‘liq strategik maqsadlar ko‘zlangani, agrar munosabatlardagi ayrim transformatsion dinamikasi bilan bog‘liq jihatlar ilmiy asoslantirilgan;
Rossiya imperiyasining Turkiston general-gubernatorligi markaziy boshqaruvi va ma’muriyati tomonidan Turkiston o‘lkasi agrar munosabatlari mustamlaka manfaatlari uchun joriy etilgan Nizom va qoidalari, huquqiy-me’yoriy hujjatlari (suvdan foydalanish haqida, irrigatsiya inshootlari va ularni boshqarish to‘g‘risida, soliq tartibi to‘g‘risida, o‘troq va ko‘chmanchi aholining erga egaligi haqida va h.k) an’anaviy agrar munosabatlarni buzishga, aholisi asosan dehqonlardan iborat bo‘lgan o‘lka ustidan nazoratni kuchaytirishga, qishloqda “harbiy-xalq boshqaruvi”ni mustahkamlashga qaratilgani aniqlashtirilgan;
Buxoro amirligidagi soliqlar (xiroj, zakot va boshqalar) va Xiva xonligidagi er va suv resurslari uchun belgilangan to‘lov turlari qiyosiy tahlil qilinib, Rossiya imperiyasining Turkistondagi soliq tizimiga kiritgan o‘zgarishlari va uning amaliyotga joriy etilishi, soliq yukining ijtimoiy va iqtisodiy holatda salbiy ta’siri aniqlangan;
Turkiston, Buxoro amirligi va Xiva xonligida an’anaviy erdan foydalanish tartibining Rossiya imperiyasi siyosatidan kelib chiqqan holda o‘zgarishi va bu o‘zgarishlarning mahalliy aholining ijtimoiy munosabatlariga ta’siri o‘rganilib, ersizlashish jarayonining kuchayishi oqibatida qishloq jamoalarining ijtimoiy tanglikka duchor bo‘lganligi dalillangan;
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O‘rta Osiyodagi siyosiy o‘zgarishlar, jumladan Rossiya imperiyasining mintaqadagi ta’sirining kengayishi va mahalliy xonliklarning siyosiy mustaqilligini yo‘qotishi natijasida mahalliy er egaliklari tizimidagi transformatsion jarayonlar kuzatilganligi va siyosiy islohotlarga moslashganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston, Buxoro amirligi va Xiva xonligida agrar munosabatlar: qiyosiy tahlil mavzusini tadqiq qilish davomida olingan ilmiy natija va amaliy takliflar asosida:
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Buxoro amirligi, Xiva xonligi va Turkistonda er egaliklari tizimidagi o‘xshashlik va farqlar ilmiy asosda tahlil qilinib, mahalliy er mulkdorlari (amlokdorlar, vaqf erlari, davlat mulki) va dehqonlar o‘rtasidagi munosabatlarning mahalliy, ijtimoiy va siyosiy tuzilmalarga ta’siri hamda Rossiya imperiyasining Turkistondagi siyosatidan kelib chiqqan o‘zgarishlariga doir xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 14-iyuldagi 10/425-son dalolatnomasi). Natijada, Yoshlarda yuksak vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini rivojlantirish, harbiylar, vatan himoyachilariga hurmat uyg‘otish, Vatanni himoya qilishni eng sharafli burch ekanligini keng targ‘ib qilishga xizmat qilgan.
Rossiya imperiyasining Turkiston o‘lkasida agrar munosabatlar uchun kiritgan qonunchilik islohotlari va bu o‘zgarishlarning qishloq xo‘jaligi tizimiga ta’siri tanqidiy tahlil qilinib, irrigatsiya tizimini rivojlantirish, erlarni qayta taqsimlash va mahalliy aholiga soliq yukining oshishi kabi jarayonlar orqali agrar munosabatlardagi struktur o‘zgarishlariga oid natijalardan “O‘zbekiston tarixi” kanalida uzatilgan “Tarix ko‘zgusi”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlari ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 18-iyuldagi 05-09-1166-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarning, ayniqsa yosh avlodning O‘zbekiston tarixiga doir bilim va tassavurlarini yanada ortishiga xizmat qilgan.
Buxoro amirligidagi soliqlar (xiroj, zakot va boshqalar) va Xiva xonligidagi er va suv resurslari uchun belgilangan to‘lov turlari qiyosiy tahlil qilinib, Rossiya imperiyasining Turkistondagi soliq tizimiga kiritgan o‘zgarishlari va uning amaliyotga joriy etilishi, soliq yukining ijtimoiy va iqtisodiy holatda salbiy ta’siriga doir materiallardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi ma’lumotlarini boyitilishida foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2025-yil 27-iyundagi 36-01/27-06-2025-son ma’lumotnomasi). Natijada, taqdim etilgan materiallar Rossiya imperiyasining er egaligi siyosati salbiy oqibatlariga doir targ‘ibot ma’lumotlarining ilmiyligini ortishi va yanada boyitilishiga xizmat qilgan.
Turkiston, Buxoro amirligi va Xiva xonligida an’anaviy erdan foydalanish tartibining Rossiya imperiyasi siyosatidan kelib chiqqan holda o‘zgarishi va bu o‘zgarishlarning mahalliy aholining ijtimoiy munosabatlariga ta’siri o‘rganilib, ersizlashish jarayonining kuchayishi oqibatida qishloq jamoalarining ijtimoiy tanglikka duchor bo‘lganligiga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan AL-442201944-raqamli “O‘zbekiston tarixi davlat muzeyidagi noyob eksponatlarning 3D animatsiyali virtual galereyasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 15-iyuldagi 04/11-9161-son ma’lumotnomasi). Natijada, taqdim etilgan materiallar targ‘ibot ishlari, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni yanada ilmiy va samarali tashkil etilishiga xizmat qilgan.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O‘rta Osiyodagi siyosiy o‘zgarishlar, jumladan Rossiya imperiyasining mintaqadagi ta’sirining kengayishi va mahalliy xonliklarning siyosiy mustaqilligini yo‘qotishi natijasida mahalliy er egaliklari tizimidagi transformatsion jarayonlar kuzatilganligi va siyosiy islohotlarga moslashganligiga oid natijalardan “O‘zbekiston tarixi” kanalida uzatilgan “Tarix ko‘zgusi”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlari ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 18-iyuldagi 05-09-1166-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvning XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda kechgan tarixiy jarayonlarga oid ma’lumotlar va ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan