Qodirov Muhsinjon Muhtorjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Qo‘qon shahri zamonaviy infratuzilmalarining shakllanishi va taraqqiyoti (1991–2022-yillar), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tar.1666
Ilmiy rahbar: Yo‘ldoshev Salimjon Valievich – tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Tar.10.01.
Rasmiy opponentlar: Ermetov Avaz Abdullaevich – tarix fanlari doktori,professor, Nuriddinov Turdali Qambarovich – tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991–2022-yillarda Qo‘qon shahrining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida yuz bergan jarayonlar tarixini, zamonaviy o‘zgarishlar va ularga ta’sir qilayotgan omillar hamda muammolarni tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shahar zamonaviy infratuzilmasining rivojlantirishdagi tabiiy demografik o‘sish, urbanizatsiya jarayonlari, ijtimoiy-iqtisodiy, transport-muhandislik, madaniy hayotidagi muammolar stastistik ma’lumotlar asosida aniqlangan va hal etish hamda barqaror rivojlantirishni taqoza etgan huquqiy-me’yoriy asoslarning yaratilishi dalillangan;
sanoat korxonalari hamda savdo tizimlarining rivojlanish xususiyatlari rasmiy, huquqiy va statistik manbalar asosida o‘rganilib, uning to‘rtta davrga bo‘lish (iqtisodiy hayotni saqlab qolish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, eksport-import ko‘rsatkichlarida ijobiy o‘zgarishlar, sanoat korxonalari tarmoqlarini rivojlantirish) mumkinligi asoslangan;
erkin iqtisodiy zonalarning shakllanishi shaharning ijtimoiy (aholining ish bilan ta’minlanishi, shahar zamonaviy me’moriy qiyofasining shakllanishi), iqtisodiy (yangi sanoat korxonalarining qurilishi, eksport-import salohiyatining ortishi) hayotiga, transport-muhandislik tuzilmalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi statistik ma’lumotlar va arxiv hujjatlarining tahliliy dinamikasi asosida ochib berilgan;
yangi madaniy-ma’rifiy va ta’lim muassasalarining tashkil etilishi shahar zamonaviy madaniy muhiti, tolerantlikning ta’minlanishiga olib kelganligi rasmiy hamda huquqiy asoslar yordamida, shahar ijtimoiy hayoti va turizm salohiyatini oshirishdagi mavjud muammolar og‘zaki tarix materiallari hamda sotsiologik tadqiqot natijalari yordamida yoritib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Shahar zamonaviy infratuzilmasining rivojlantirishdagi tabiiy demografik o‘sish, urbanizatsiya jarayonlari, ijtimoiy-iqtisodiy, transport-muhandislik, madaniy hayotidagi muammolar stastistik ma’lumotlar asosida aniqlangan va hal etish hamda barqaror rivojlantirishni taqoza etgan huquqiy-me’yoriy asoslarning yaratilishi dalillanganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali faoliyatida “Tarix maydoni” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 20-avgustdagi 01-33/628-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvning shaharlar aholisining demografik holati, zamonaviy shaharlar ijtimoiy-iqtisodiy hayotining lokal xususiyatlari hamda iqtisodiy hamda transport-muhandislik infratuzilmalarini rivojlantirishni taqozo etgan huquqiy-me’yoriy asoslarning yaratilishi oid ma’lumotlar va ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan;
Sanoat korxonalari hamda savdo tizimlarining rivojlanish xususiyatlari rasmiy, huquqiy va statistik manbalar asosida o‘rganilib, uning to‘rtta davrga bo‘lish (iqtisodiy hayotni saqlab qolish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, eksport-import ko‘rsatkichlarida ijobiy o‘zgarishlar, sanoat korxonalari tarmoqlarini rivojlantirish) mumkinligi asoslanganligi haqidagi ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 29-sentyabrdagi 10/621-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining zamonaviy raqamli targ‘ibot texnologiyalarini qo‘llash borasida rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish haqidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish jarayoni sanoat korxonalari hamda savdo tizimlarining rivojlanish xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar va ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan;
Erkin iqtisodiy zonalarning shakllanishi shaharning ijtimoiy (aholining ish bilan ta’minlanishi, shahar zamonaviy me’moriy qiyofasining shakllanishi), iqtisodiy (yangi sanoat korxonalarining qurilishi, eksport-import salohiyatining ortishi) hayotiga, transport-muhandislik tuzilmalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi statistik ma’lumotlar va arxiv hujjatlarining tahliliy dinamikasi asosida ochib berilganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali faoliyatida “Tarix maydoni” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 20-avgustdagi 01-33/628-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvning erkin iqtisodiy zonalarning, shahar ijtimoiy, iqtisodiy hayoti hamda transport-muhandislik kommunikatsiyalariga ta’siriga oid ma’lumotlar va ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan;
Yangi madaniy-ma’rifiy va ta’lim muassasalarining tashkil etilishi shahar zamonaviy madaniy muhiti, tolerantlikning ta’minlanishiga olib kelganligi rasmiy hamda huquqiy asoslar yordamida, shahar ijtimoiy hayoti va turizm salohiyatini oshirishdagi mavjud muammolar og‘zaki tarix materiallari hamda sotsiologik tadqiqot natijalari yordamida yoritib berilganligi haqidagi ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 29-sentyabrdagi 10/621-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining zamonaviy raqamli targ‘ibot texnologiyalarini qo‘llash borasida rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish haqidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish jarayoni madaniy-ma’rifiy, ta’lim muassasalari faoliyatiga oid ma’lumotlar va ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.