Xamidov Amirxon Ahmadjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ilk o‘spirinlarni harbiy xizmatga tayyorlashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P611.
Ilmiy rahbar: Jo‘raeva Sohibjamol Norqobilovna psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Begmatov Abdullajon Sirojiddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Shukurov Rustam Eshonqulovich, psixologiya fanlari doktori,(PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Osiyo xalqaro univeristeti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ilk o‘spirinlarni harbiy xizmatga tayyorlashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk o‘spirinlarni harbiy xizmatga tayyorlashda vatanparvarlik haqidagi tushunchalar, yurt oldidagi burchni anglashdagi ijtimoiy tasavvurlarning muhimligiga asoslanib, yigitlarning shaxsiy fazilatlarini fizik va texnik ko‘nikmalarga integrativ shakllanishi muhim ekanligi dalillangan;
ilk o‘spirinlarni harbiy xizmatga tayyorlashda jangovar harakatlarga moslashish, har qanday murakkab vaziyatlarda tezkor va mustaqil qaror qabul qilish, zamonaviy harbiy texnika vositalaridan samarali foydalanish malakasiga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash muhimligiga ko‘ra yigitlarning o‘zini emotsional komfort va adaptiv ko‘nikmalar orqali internal xususiyatlarga bog‘liq harbiy sifatida qabul qilishi muhim ekanligi asoslangan;
ilk o‘spirinlarni harbiy xizmatga tayyorlashda yigitlarda “moslashuvchanlik”, “stressga chidamlilik”, “irodaviy sifatlari”, “favqulodda vaziyatlarda qaror qabul qilish” ko‘nikmasining shakllanganligi muhim ekanligiga asoslanib taktik etikaga rioya qilish orqali shaxs differensial xususiyatlarini liderlik negizida namoyon bo‘lishi yetakchi omil ekanligi aniqlangan;
ilk o‘spirinlarni harbiy xizmatga tayyorlash modeli vatanparvarlikning kognitiv, motivatsion, emotsional komponentlarini rivojlantirish muhimligiga ko‘ra yigitlarning psixofiziologik tayyorligini stressga chidamlilik orqali shaxsiy fazilatlarni shakllantirish mexanizmlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilk o‘spirinlarni harbiy xizmatga tayyorlashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ilk o‘spirinlarni harbiy xizmatga tayyorlashda vatanparvarlik haqidagi tushunchalar, yurt oldidagi burchni anglashdagi ijtimoiy tasavvurlarning muhimligiga asoslanib, yigitlarning shaxsiy fazilatlarini fizik va texnik ko‘nikmalarga integrativ shakllanishi muhim ekanligi dalillangan ma’lumotlar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 24-yanvardagi PM-312-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya», «Rivojlanish psixologiyasi» modullariga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-312 a-son ma’lumotnomasi). Natijada kurs tinglovchilarining yoshlarni harbiy xizmatga jalb etishning ilmiy-psixologik bo‘yicha kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga erishilgan;
ilk o‘spirinlarni harbiy xizmatga tayyorlashda jangovar harakatlarga moslashish, har qanday murakkab vaziyatlarda tezkor va mustaqil qaror qabul qilish, zamonaviy harbiy texnika vositalaridan samarali foydalanish malakasiga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash muhimligiga ko‘ra yigitlarning o‘zini emotsional komfort va adaptiv ko‘nikmalar orqali internal xususiyatlarga bog‘liq harbiy sifatida qabul qilishi muhim ekanligi asoslangan ma’lumotlar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 24-yanvardagi PM-312-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya», «Rivojlanish psixologiyasi» modullariga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-312 a-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologlarning yoshlarning harbiy ximatga tayyorlash bo‘yicha psixologik yondashuvlardan samarali foydalanish bo‘yicha kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga erishilgan;
ilk o‘spirinlarni harbiy xizmatga tayyorlashda yigitlarda “moslashuvchanlik”, “stressga chidamlilik”, “irodaviy sifatlari”, “favqulodda vaziyatlarda qaror qabul qilish” ko‘nikmasining shakllanganligi muhim ekanligiga asoslanib taktik etikaga rioya qilish orqali shaxs differensial xususiyatlarini liderlik negizida namoyon bo‘lishi yetakchi omil ekanligi aniqlangan ma’lumotlar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 24-yanvardagi PM-312-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya», «Rivojlanish psixologiyasi» modullariga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-312 a-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologlarning irodaviy boshqaruv, favqulodda vaziyatlarda qaror qabul qilish qobiliyatlarini aniqlashga oid bilimlarini rivojlantirishga erishilgan;
ilk o‘spirinlarni harbiy xizmatga tayyorlash modeli vatanparvarlikning kognitiv, motivatsion, emotsional komponentlarini rivojlantirish muhimligiga ko‘ra yigitlarning psixofiziologik tayyorligini stressga chidamlilik orqali shaxsiy fazilatlarni shakllantirish mexanizmlari asosida takomillashtirilgan takliflar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 24-yanvardagi PM-312-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya», «Rivojlanish psixologiyasi» modullariga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-312 a-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlarning yoshlar bilan psixologik jihatdan ishlash qobiliyatini rivojlantirish hamda psixologik diagnostika va baholash mazmunan takomillashtirilgan.