Ostanaqulov Alijon Dadajon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smirlar ruhiy salomatligining ijtimoiy-psixologik omillari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P602.
Ilmiy rahbar: Isakova Mu’azam Tulkinovna psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti,  DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Begmatov Abdullajon Sirojiddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Ahrorov Vorisxon Yunusovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: o‘smirlik yoshidagi yigit-qizlarda ruhiy salomatlikning ijtimoiy-rsixologik omillarini aniqlash hamda ularda psixologik barqarorlikni shakllantirish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlarning sog‘liq haqidagi tasavvuri ruhiy holat va ijtimoiy muhit omillarining uzviy bog‘liq shakllanishiga asoslanib bolaning subektiv sog‘liqni idrok etishidagi oila va tengdoshlar bilan munosabatning ijtimoiy moslashuv darajasiga identiv ekanligi isbotlangan;
o‘smirlarning ijtimoiy faolligi, muloqotga tayyorligi va tashqi stimullarga ochiqligi ularning psixologik bardoshliligini shakllantiruvchi muhim ijtimoiy-psixologik mexanizmlar sifatida namoyon bo‘lishi tufayli yuqori ijtimoiy integratsiya orqali stressni engish strategiyalarini mustahkamlashi asoslangan;
o‘smirlardagi emotsional beqarorlik darajasiga ko‘ra bolaning o‘z ota-onasi, tengqurlari va atrofidagilar bilan vujudaga keladigan ijtimoiy-munosabatdagi qiyinchiliklar to‘g‘ri yondashuv bilan hal qila olmasligi va yolg‘iz qolish istagining shakllanishi tufayli psixologik buzilishlarning  rivojlanish xavfi hissiyotlar vektoriga bog‘liq kuchayishi dalillangan;
o‘smirlarning ruhiy farovonligini oshirishda psixosotsial xulq-atvorni ijtimoiy kompetensiyalar, emotsional boshqaruv va stressni engish ko‘nikmalari orqali rivojlantirish muhimligi tufayli kognitiv barqarorlik va emotsional intellektning introvert-ekstrovert gradatsiyasida hissiy simptomlarsiz namoyon bo‘lishi muhimligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smirlar ruhiy salomatligining ijtimoiy-psixologik omillarini bartaraf etishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘smirlik yoshidagi bolalarda salomatlik haqidagi nazariy bilimlarning ham psixofiziologik ham ijtimoiy salomatlik ko‘rsatkichlariga bog‘liq ekanligi ilmiy dalillar bilan isbotlashga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-423-son buyrug‘iga binoan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsxologiya” moduliga kiritilsin. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-423-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlik yoshidagi bolalarda salomatlik haqidagi nazariy bilimlarning ham psixofiziologik ham ijtimoiy salomatlik ko‘rsatkichlariga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
o‘smirlaming ijtimoiy munosabatlarga faol kirisha olishi, qo‘zg‘ovchi stimullarga nisbatan tashqariga yo‘nalganligi har qanday turdagi psixologik muammolarga chidamlilikni shakllantirishi ruhiy salomatlikning psixologik tomoni ekanligini empirik jihatdan asoslashga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-423-son buyrug‘iga binoan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsxologiya” moduliga kiritilsin. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-423-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlar ruhiy salomatligining ijtimoiy-psixologik omillari mazmuni tahlil qilingan. 
emotsional beqarorlik asnosida, o‘smirlaming o‘z ota-onasi, tengqurlari va atrofidagilar bilan vujudaga keladigan ijtimoiy-munosabatdagi qiyinchiliklar to‘g‘ri yondashuv bilan hal qila olmasligi va yolg‘iz qolish istagining shakllanishi sababidan psixologik buzilishlaming rivojlanish xavfi kuchayishini ilmiy dalillar bilan asoslashga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-423-son buyrug‘iga binoan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsxologiya” moduliga kiritilsin. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-423-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlar ruhiy salomatligining ijtimoiy-psixologik omillarini aniqlashga qaratilgan empirik tahlil o‘tkazilgan. 
ruhiy farovonlik holatini shakllantirish uchun o‘smirlaming psixosotsial xulqatvor psixokorreksiyasi dasturi metodologik-uslubiy imkoniyatlarini takomillashtirishga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-423-son buyrug‘iga binoan “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsxologiya” moduliga kiritilsin. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-423-a-son ma’lumotnomasi). Natijada ruhiy farovonlik holatini shakllantirish uchun o‘smirlaming psixosotsial xulq-atvor psixokorreksiyasi dasturi shakllantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish