Fattoxova Nargizaxon Mirzoxid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rtacha darajadagi sensonevral eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolalarning eshitish-nutq reabilitatsiyasini optimallashtirish” 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.3.PhD/Tib3737.
Ilmiy rahbar: Xasanov Ulug‘bek Saydakromovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib59.01.
Rasmiy opponentlar: Arifov Sayfutdin Saydazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Burkutbaeva Tatyana Nuridenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston).     
Yetakchi tashkilot: A.Aliev nomidagi Ozarbayjon davlat shifokorlarini malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘rta darajadagi ikki tomonlama sensonevral eshitish zaifligi bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning eshitish va nutq reabilitatsiyasini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘rta og‘ir darajadagi ikki tomonlama sensonevral eshitish zaifligi bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning eshitish va nutqining klinik va audiologik xususiyatlarini baholash sababli erkin tovush maydonida ko‘p pozisiyali nutq audiometriyasida nutqning manba burchagiga qarab tushunarlilikning o‘zgarishi hamda PEACH shkalasi yordamida xulq-atvor va tushunarlilikni baholash mos ravishda 18,56±1,43 va 17,23±2,65 bo‘lganligi isbotlangan; 
erkin tovush maydonida nutqning tushunarliligi protezlangan quloqqa qarama-qarshi quloqqa fonetik signal berilganda statistik jihatdan sezilarli darajada farq qilishi, dinamiklarning o‘zgaruvchan joylashuvi bilan erkin tovush maydonida nutq audiometriyasini o‘tkazish, ayol ovozi bilan 56,20±17,23% dan 76,24±14,89% gacha sukunatda aytilgan uch bo‘g‘inli so‘zlarni takrorlash, SEZ O‘O bo‘lgan bolalarda nutqning tushunarliligini aniqlash va ushbu toifadagi bemorlarda eshitishni protezlash samaradorligi asoslangan; 
SEZ O‘O bo‘lgan bolalarda erta binaural eshitishni protezlaganda nutqni tushunish va umumiy o‘rta ta’lim maktabiga ijtimoiy moslashish bo‘yicha eng yuqori samaradorlik kuzatilganligi, bunda nutq audiometriyasida nutqni tushunish ko‘rsatkichlarining o‘sishi, ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarni yaxshi va qoniqarli tushunish ulushining, eshitishni idrok etishning o‘rtacha toifasining, PEACH shkalasi bo‘yicha shovqin va sukunatning o‘rtacha balli, nutqni tushunishning o‘rtacha reytingi va ijtimoiylashuvning o‘rtacha darajasi oshishi aniqlangan; 
SEZ O‘O bo‘lgan bolalarda monoaural eshitish protezi qo‘yishga qaraganda binaural eshitish protezi qo‘yish birlamchi murojaat va maktabdan oldingi tekshiruvda yuqori va o‘rtadan yuqori ijtimoiylashuv (68,29% va 87,81%) kuzatilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha yig‘ilish bayonining 2025 yil 10 iyundagi 19/78-son bayoni asosida (Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli Toshkent tibbiyot akademiyasi¬ning 2025 yil 5 iyundagi №3288-sonli, sog‘liqni saqlashning boshqa muassasalariga ilmiy yangiliklarni joriy etish to‘g‘risidagi xatiga asosan):
birinchi ilmiy yangilik: o‘rta og‘ir darajadagi ikki tomonlama sensonevral eshitish zaifligi bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning eshitish va nutqining klinik va audiologik xususiyatlarini baholash sababli erkin tovush maydonida ko‘p pozisiyali nutq audiometriyasida nutqning manba burchagiga qarab tushunarlilikning o‘zgarishi hamda PEACH shkalasi yordamida xulq-atvor va tushunarlilikni baholash mos ravishda 18,56±1,43 va 17,23±2,65 bo‘lganligi isbotlanganligi “O‘rtacha sensonevral eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolalar uchun eshitishni protezlashni optimallashtirish usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy kengashining 2025 yil 24 fevraldagi 02-25/500-t-sonli yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlangan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli markazi (25.04.2025, 34&1-son buyruq) va Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (08.04.2025, 37-son buyruq) amaliyotiga kiritilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ko‘p pozisiyali nutq audiometriyasi bolalarda nutq tushunarliligini real hayot sharoitlarida ishonchli baholash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: binaural eshitishni protezlashda EAni sozlashga pozision nutq tushunarliligini kiritish orqali 1 bemorga to‘g‘ri keladigan xarajatlar farqini 471920 so‘mga kamaytirdi. Xulosa: ko‘p pozisiyali nutq audiometriyasi nutq tushunarliligini kompleks baholashda yuqori diagnostik va iqtisodiy samaradorlikka ega bo‘lib, PEACH shkalasi bilan uyg‘un holda binaural eshitishni protezlash samaradorligini oshiragan.
ikkinchi ilmiy yangilik: erkin tovush maydonida nutqning tushunarliligi protezlangan quloqqa qarama-qarshi quloqqa fonetik signal berilganda statistik jihatdan sezilarli darajada farq qilishi, dinamiklarning o‘zgaruvchan joylashuvi bilan erkin tovush maydonida nutq audiometriyasini o‘tkazish, ayol ovozi bilan 56,20±17,23% dan 76,24±14,89% gacha sukunatda aytilgan uch bo‘g‘inli so‘zlarni takrorlash, SEZ O‘O bo‘lgan bolalarda nutqning tushunarliligini aniqlash va ushbu toifadagi bemorlarda eshitishni protezlash samaradorligi asoslanganligi “O‘rtacha darajadagi sensonevral eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolalarda nutqning tushunarliligi tashxisotini samaradorligini oshirish usullari” uslubiy tavsiyanomasi asoslangan, ishlab chiqilgan va joriy etilgan Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy kengashining 2025 yil 24 fevraldagi 02-25/500-t-sonli yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlangan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: Tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tibbiy-profilaktika muassasalarining amaliy faoliyatiga kiritilgan, jumladan: Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli markazi (25.04.2025, 34&1-sonli buyrug‘i), Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (08.04.2025, 37-sonli buyrug‘i). Ijtimoiy samaradorligi: Uch bo‘ginli so‘zlarni erkin tovush maydonida takrorlash bilan nutq audiometriyasi o‘rta darajadagi SEZ bo‘lgan bolalarda nutq tushunarliligini aniqroq aniqlash va eshitish protezlash samaradorligini baholash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: EA bilan binaural eshitishni protezlash orqali o‘rta darajadagi SEZ bo‘lgan 1 bolaga xarajatlar farqi 471920 so‘mni tashkil etadi, bu ko‘p pozisiyali nutq audiometriyasining samaradorligini ta’kidlaydi. Xulosa: O‘rta darajadagi SEZ bo‘lgan bolalarda nutq tushunarliligini aniqlash va eshitishni protezlash samaradorligini baholash, EA bilan binaural eshitishni protezlash orqali 1 bolaga 471920 so‘m tejash imkonini beradi, bu ishlab chiqilgan ko‘p pozisiyali nutq audiometriyasining samaradorligini ko‘rsatadi.
uchinchi ilmiy yangilik: SEZ O‘O bo‘lgan bolalarda erta binaural eshitishni protezlaganda nutqni tushunish va umumiy o‘rta ta’lim maktabiga ijtimoiy moslashish bo‘yicha eng yuqori samaradorlik kuzatilganligi, bunda nutq audiometriyasida nutqni tushunish ko‘rsatkichlarining o‘sishi, ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarni yaxshi va qoniqarli tushunish ulushining, eshitishni idrok etishning o‘rtacha toifasining, PEACH shkalasi bo‘yicha shovqin va sukunatning o‘rtacha balli, nutqni tushunishning o‘rtacha reytingi va ijtimoiylashuvning o‘rtacha darajasi oshishi aniqlanganligi “O‘rtacha sensonevral eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolalar uchun eshitishni protezlashni optimallashtirish usuli” uslubiy tavsiyanomasi asoslangan, ishlab chiqilgan va joriy etilgan Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy kengashining 2025 yil 24 fevraldagi 02-25/500-t-sonli yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlangan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi: Tavsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tibbiy-profilaktika muassasalarining amaliy faoliyatiga kiritilgan, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (08.04.2025, 37-sonli buyrug‘i) va Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli markazi (25.04.2025, 34&1-sonli buyrug‘i). Ijtimoiy samaradorligi: erta binaural eshitish protezlash orqali o‘rta darajadagi SEZ bo‘lgan bolalarda nutq tushunarliligi va ijtimoiy moslashish maksimal darajada oshadi, bu nutq audiometriyasi va PEACH shkala ko‘rsatkichlari bilan tasdiqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: Ko‘p pozisiyali nutq audiometriyasi bilan tashxis narxi 1,38% ga oshishi bilan belgilangan, ammo pozision nutq tushunarliligi samaradorligi oshadi va EAni yagona sozlash bilan tez-tez sozlash xaraji 2,9% ga pasayadi, o‘rta darajadagi SEZ bo‘lgan 1 bolaga tejash 471920 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: Ko‘p pozisiyali nutq audiometriyasi o‘rta darajadagi SEZ bo‘lgan bolalarda nutq tushunarliligi samaradorligini oshiradi, EA tez-tez sozlash xarajati kamayadi va 1 bolaga 471920 so‘m tejash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: SEZ O‘O bo‘lgan bolalarda monoaural eshitish protezi qo‘yishga qaraganda binaural eshitish protezi qo‘yish birlamchi murojaat va maktabdan oldingi tekshiruvda yuqori va o‘rtadan yuqori ijtimoiylashuv (68,29% va 87,81%) kuzatilishi isbotlanganligi “O‘rtacha darajadagi sensonevral eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolalarda nutqning tushunarliligi tashxisotini samaradorligini oshirish usullari” uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan va joriy etilgan Toshkent tibbiyot akademiyasi Ilmiy kengashining 2025 yil 24 fevraldagi 02-25/500-t-sonli yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlangan Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi:  Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (08.04.2025, 37-son) va Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli markazi (25.04.2025, 34&1-son) amaliyotida ta’minlangan. Ijtimoiy samaradorligi: Binaural eshitishi protezlangan bolalarda ijtimoiylashuv darajasi dastlab – 68,29%, maktab oldi tekshiruvida – 87,81% ga oshgan. Iqtisodiy samaradorligi: Bir bolaga oyiga 208000 so‘m farq, o‘quv yilining 9 oyi uchun 1872000 so‘m tejashni ta’minlagan. Bu ko‘p pozisiyali nutq audiometriyasining samaradorligini tasdiqlaydi. Xulosa: Tavsiyanomaning joriy qilinishi binaural eshitishi protezlangan o‘rta darajadagi SEZ bo‘lgan 1 bolaga har o‘quv yilida 9 oy uchun 1872000 so‘m iqtisodiy samaradorlikni beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish