Shomurodov Xabibullo Abdumalik o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir destruktiv xolesistitda laparoskopik texnologiyalarni takomillashtirishning klinik va texnik jihatlari», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5637.
Ilmiy rahbar: Daminov Feruz Asadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Sherbekov Ulugbek Axrarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Matmurodov Quvondiq Jumaniyozovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jarrohlik taktikasini takomillashtirish orqali o‘tkir destruktiv xolesistit bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
turli kirish yo‘llari (laparotom, minilaparotom va laparoskopik) bilan bajarilganda xolesistektomiyalarda jarrohlik stressi bilan bog‘liq endokrin o‘zgarishlar taxlili endovideoxirurgik xolesistektomiya operatsiyadan keyingi davrda gormonal statusning ishonchli ravishda ertaroq normallashuvi (p<0,05) kuzatilishi aniqlangan; 
xolesistektomiyada  jarrohlik taktikasini differensial tanlash uchun klinik va instrumental ma’lumotlarni integral baholash orqali original davolash-diagnostik algoritm ishlab chiqilgan va ushbu algoritmni amaliyotga joriy etish natijasida operatsiya davomiyligini ishonchli ravishda 66,5±4,9 daqiqadan 42,1±2,9 daqiqagacha qisqartirishi aniqlangan;
ilk bor laparoskopik xolesistektomiya jarayonida o‘t pufagi chultog‘ini germetizatsiya qilish maqsadida integratsiyalashgan havo kamerasiga ega bo‘lgan modifikatsiya qilingan drenaj qurilmasini  qo‘llash orqali erta biliar asoratlar chastotasini 7,3% dan 2,5% gacha ishonchli ravishda kamayishi hamda destruktiv xolesistit shakllarida operatsiyadan keyingi o‘t oqishlarining oldini olinishi asoslangan;
xolesistektomiya jarrohlik amaliyotlarida hayot sifati baholashning optimallashtirilgan shkalasi bilan o‘t pufagi chultog‘ini himoya qilishga qaratilgan original texnik echimni birga qo‘llash orqali postxolesistektomik sindromni 24,0% dan 6,3% gacha (p=0,031) ishonchli ravishda kamaytirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘tkir destruktiv xolesistitda laparoskopik texnologiyalarni takomillashtirishning klinik va texnik jihatlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: turli kirish yo‘llari (laparotom, minilaparotom va laparoskopik) bilan bajarilganda xolesistektomiyalarda jarrohlik stressi bilan bog‘liq endokrin o‘zgarishlar taxlili endovideoxirurgik xolesistektomiya operatsiyadan keyingi davrda gormonal statusning ishonchli ravishda ertaroq normallashuvi (p<0,05) kuzatilishi aniqlangan va bu bo‘yicha tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 26-martdagi №8-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «O‘tkir toshli xolesistit: klinikasi, asoratlari, diagnostikasi va davosi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar amaliyotga 2025-yil 3-apreldagi №70-I/CH-sonli buyruq bilan Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida va 2025-yil 22-martdagi №52-sonli buyruq bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filialida joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 7 iyuldagi 21/72-sonli xulosasiga ko‘ra). Ijtimoiy samaradorligi: jarrohlik yondashuvini optimallashtirish va davolash natijalarini yaxshilash imkonini beruvchi kasallik kechishining og‘irligini balli baholashni o‘z ichiga olgan davolash taktikasini tanlash uchun ishlab chiqilgan algoritm asosida minilaparotom, laparoskopik va laparotom yondashuvlar orqali xolesistektomiya o‘tkazishga ko‘rsatmalar aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: kompleks terapiya bilan faol jarrohlik taktikasi bilan bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 2176480 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 355300 so‘m sarflanadi. Xulosa: turli kirish yo‘llari (laparotom, minilaparotom va laparoskopik) bilan xolesistektomiya bajarilganda jarrohlik stressi bilan bog‘liq endokrin o‘zgarishlarning xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, gormonal siljishlarning ko‘tarilish tomoniga eng ko‘p ifodalanganligi laparotom xolesistektomiyada kuzatilgan. Shu bilan birga, operatsiyadan keyingi uchinchi kunga kelib, gormonal ko‘rsatkichlarning dastlabki darajasiga eng tez tiklanishi laparoskopik aralashuvni boshdan kechirgan bemorlarda qayd etilgan. Minilaparotom va laparoskopik yondashuvlarning qiyosiy tahlili o‘t pufagini olib tashlash bosqichida o‘xshash ko‘rsatkichlarni aniqladi, ammo operatsiyadan keyingi davrda laparoskopik xolesistektomiya endokrin holatni tiklashning yanada qulay dinamikasini ko‘rsatdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: xolesistektomiyada  jarrohlik taktikasini differensial tanlash uchun klinik va instrumental ma’lumotlarni integral baholash orqali original davolash-diagnostik algoritm ishlab chiqilgan va ushbu algoritmni amaliyotga joriy etish natijasida operatsiya davomiyligini ishonchli ravishda 66,5±4,9 daqiqadan 42,1±2,9 daqiqagacha qisqartirishi aniqlangan va bu bo‘yicha tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 26-martdagi №8-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «O‘tkir toshli xolesistit: klinikasi, asoratlari, diagnostikasi va davosi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar amaliyotga 2025-yil 3-apreldagi №70-I/CH-sonli buyruq bilan Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida va 2025-yil 22-martdagi №52-sonli buyruq bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filialida joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 7 iyuldagi 21/72-sonli xulosasiga ko‘ra). Ijtimoiy samaradorligi: laparoskopik xolesistektomiyada o‘t pufagi cho‘ltog‘ining ishonchli germetikligini ta’minlaydigan havo kamerasiga ega drenaj qurilmasi o‘zgartirildi, bu esa operatsiyadan keyingi erta asoratlarning oldini olishga yordam beradi va ochiq operatsiyaga o‘tish xavfini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: davolashning patogenetik asosli usulini tanlash bilan bemorlar davolanishi orqali umumiy o‘rtacha 1170500 so‘m sarflanadi. Xulosa: klinik ma’lumotlar, ul`tratovush tekshiruvi va diagnostik laparoskopiya natijalari asosida kasallik kechishining og‘irligini balli baholashni o‘z ichiga olgan o‘tkir destruktiv xolesistit bilan og‘rigan bemorlarni olib borishning ishlab chiqilgan va optimallashtirilgan davolash-tashxisot algoritmi jarrohlik aralashuvining eng oqilona variantini asosli ravishda tanlash imkonini berdi. Asosiy guruhda ushbu algoritm 31,9% hollarda laparoskopik xolesistektomiyani va 68,1% hollarda mini-kirish orqali xolesistektomiyani amalga oshirishni ta’minladi, bu esa operatsiya davomiyligini 66,5±4,9 dan 42,1±2,9 daqiqagacha sezilarli darajada qisqartirishga yordam berdi (t=4,23; p<0,001). Shunday qilib, algoritmni qo‘llash kasallikning og‘irligi va ob’ektiv diagnostika mezonlarini hisobga olgan holda kirishni tanlashni individuallashtirish orqali jarrohlik davolash samaradorligini yaxshiladi. 
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor laparoskopik xolesistektomiya jarayonida o‘t pufagi chultog‘ini germetizatsiya qilish maqsadida integratsiyalashgan havo kamerasiga ega bo‘lgan modifikatsiya qilingan drenaj qurilmasini qo‘llash orqali erta biliar asoratlar chastotasini 7,3% dan 2,5% gacha ishonchli ravishda kamayishi hamda destruktiv xolesistit shakllarida operatsiyadan keyingi o‘t oqishlarining oldini olinishi asoslangan va bu bo‘yicha tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 26-martdagi №8-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «O‘tkir toshli xolesistit: klinikasi, asoratlari, diagnostikasi va davosi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar amaliyotga 2025-yil 3-apreldagi №70-I/CH-sonli buyruq bilan Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida va 2025-yil 22-martdagi №52-sonli buyruq bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filialida joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 7 iyuldagi 21/72-sonli xulosasiga ko‘ra). Ijtimoiy samaradorligi: xolesistektomiyadan keyingi bemorlarning hayot sifatini baholash shkalasi jismoniy, ruhiy-hissiy va ijtimoiy faoliyatga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni hisobga olgan holda kuchaytirildi va takomillashtirildi, bu esa davolash natijalarini yanada aniqroq baholash va samarali reabilitatsiya o‘tkazish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: laparoskopik xolesistektomiyada takomillashtirilgan drenaj qurilmasini qo‘llashda umumiy o‘rtacha 23542200 so‘m iqtisod qilinadi. Xulosa: laparoskopik xolesistektomiyada o‘t pufagi cho‘ltog‘ining germetikligini ta’minlaydigan havo kamerasiga ega modifikatsiyalangan drenaj qurilmasining samaradorligini baholash jarrohlik yordami sifatining sezilarli darajada yaxshilanishini ko‘rsatdi, bu erta biliar asoratlar chastotasini 7,3% dan 2,5% gacha kamaytirdi. Ushbu natijalar shuni ko‘rsatadiki, ushbu qurilmadan foydalanish xavfsizlikni oshiradi va bemorlarning operatsiyadan keyingi tiklanishini yanada muvaffaqiyatli bo‘lishiga yordam beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: xolesistektomiya jarrohlik amaliyotlarida hayot sifati baholashning optimallashtirilgan shkalasi bilan o‘t pufagi chultog‘ini himoya qilishga qaratilgan original texnik echimni birga qo‘llash orqali postxolesistektomik sindromni 24,0% dan 6,3% gacha (p=0,031) ishonchli ravishda kamaytirishi aniqlangan va bu bo‘yicha tavsiyalar Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2025-yil 26-martdagi №8-son Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan «O‘tkir toshli xolesistit: klinikasi, asoratlari, diagnostikasi va davosi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Bu takliflar amaliyotga 2025-yil 3-apreldagi №70-I/CH-sonli buyruq bilan Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida va 2025-yil 22-martdagi №52-sonli buyruq bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filialida joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 7 iyuldagi 21/72-sonli xulosasiga ko‘ra). Ijtimoiy samaradorligi: xolesistektomiyadan keyin bemorlarning ahvolini aniqroq kuzatish va ularning reabilitatsiyasini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: reabilitatsiya muddatlarining qisqarishi, xayot sifatining yaxshilanishi va mexnat faoliyatining tiklanishi tufayli yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 30% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: o‘tkir destruktiv xolesistit bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik davolash taktikasini tanlash uchun ishlab chiqilgan davolash-tashxislash algoritmi va xolesistektomiyada uzun cho‘ltoqni qoldirish tufayli destruktiv xolesistitda qo‘llaniladigan havo kamerasi bo‘lgan maxsus drenaj qurilmasi operatsiyadan keyingi erta asoratlar chastotasini 13,4% dan (taqqoslash guruhida 11 bemor) 2,5% gacha (asosiy guruhda 3 bemor) kamaytirishga olib keldi (χ² = 4,954; df = 1; p = 0,027), shuningdek, uzoq muddatli davrda PXES sonining 24,0% dan 6,3% gacha kamayishiga olib keldi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish