Raximov Xikmatullo Xusanboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qandli diabet 2-tur bemorlarida miokard infarktidan keyingi yurak qon-tomir tizimi remodellashuvining klinik-prognostik aspektlari” 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.1.PhD/Tib3519.
Ilmiy rahbar: Alyavi Anis Lyutfullaevich, tibbiyot fanlar doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.09.01.
Rasmiy opponentlar: Bekmetova Feruza Matsafaevna, tibbiyot fanlar doktori; Rozixo‘jaeva Gulnora Axmedovna, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qandli diabet 2-turi mavjud bemorlarda miokard infarktidan keyingi yurak-qon tomir remodellashuvining rivojlanish xavf stratifikatsiyasi sxemasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qandli diabet 2-turi bo‘lgan va qandli diabet 2-turi bo‘lmagan bemorlarda miokard infarktidan keyin miokard va qon tomirlarning morfofunksional holati zamonaviy exokardiografik ko‘rsatkichlar, jumladan global bo‘ylama kuchlanish va qon tomirlar xolatini ultra tovush tekshiruvi (Vs, Ri, Pi) va (AI, aPWV, ETI) natijalari integratsiya qilingan xolda aniqlangan;
yuqori texnologik noinvaziv tashxislash usuli-global bo‘ylama kuchlanish ko‘rsatkichi qandli diabet 2-turi bo‘lgan va qandli diabet 2-turi bo‘lmagan bemorlarda miokard infarktidan keyin miokard remodellanishining ilk belgilari va yurak etishmovchiligi rivojlanish ehtimolini prognozlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan;
glikemik nazorat darajasi va miokard faoliyati tiklanish dinamikasi o‘rtasidagi bog‘liqlik bo‘lib, bemorlarda qandli diabet kasalligining mavjudligi davolash muddatining uzayishiga ta’siri aniqlangan;
ossilometrik pul`s to‘lqini tahlilidagi (AI, aPWV, ETI) va ExoKG dagi Global bo‘ylama kuchlanish o‘zgarishlari boshqa standart tekshiruvlar (UTT tekshiruvidagi (Vs, Ri, Pi), va exokardiografik ko‘rsatkichlar otish fraksiyasi) yomonlashishidan oldin yuz beradi, bu esa ularni yurak qon-tomir funksiyasi buzilishini erta prognozlovchi stik usuli sifatida foydalanish imkoni berishi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning Muvofiqlashtiruvchi ekspertlar kengashining 2025 yil 22 sentabrdagi 25-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbiqi bo‘yicha №25/39 sonli xulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor qandli diabet 2-turi bo‘lgan va qandli diabet 2-turi bo‘lmagan bemorlarda miokard infarktidan keyin miokard va qon tomirlarning morfofunksional holati zamonaviy exokardiografik ko‘rsatkichlar, jumladan global bo‘ylama kuchlanish va qon tomirlar xolatini ultra tovush tekshiruvi (Vs, Ri, Pi) va (AI, aPWV, ETI) natijalari integratsiya qilingan xolda aniqlanganligi Respublika ihtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabillitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspertlar kengashining 2023 yil 28 oktyabrdagi n-t/7 son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “Miokard infarrti o‘tkazgan 2 tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda yurak-qon tomirlarning remomodellanishini erta tashxislash usuli” uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 25.12.2024 dagi 56-son hamda Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi 24.01.2025 dagi 01-35-son buyrug‘i va Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 25.01.2025 dagi 01/7/17-son buyrug‘lar bilan amliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: miokard infarti o‘tkazgan 2 tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda remodellanishga erta tashxis qo‘yishda, davolash taktikasini tanlashda, yurak etishmovchiligi rivojlanishini erta aniqlashda, bemorlarni xayot sifatini yaxshilashda yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: miokard infarktidan keyingi patologik remodellanishga erta tashxis qo‘yish sog‘liqni saqlash resurslaridan oqilona foydalanishga yordam beradi va umumiy iqtisodiy harajatlarni har bir bemor uchun yiliga 2900000 so‘m tejash imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: yuqori texnologik noinvaziv tashxislash usuli-global bo‘ylama kuchlanish ko‘rsatkichi qandli diabet 2-turi bo‘lgan va qandli diabet 2-turi bo‘lmagan bemorlarda miokard infarktidan keyin miokard remodellanishining ilk belgilari va yurak etishmovchiligi rivojlanish ehtimolini prognozlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlanganligi Respublika ihtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabillitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspertlar kengashining 2023 yil 28 oktyabrdagi n-t/7 son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “Miokard infarti o‘tkazgan 2 tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda yurak-qon tomirlarning remomodellanishini erta tashxislash usuli” uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 25.12.2024 dagi 56-son hamda Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi 24.01.2025 dagi 01-35-son buyrug‘i va Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 25.01.2025 dagi 01/7/17-son buyrug‘lar bilan amliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: miokard infarti o‘tkazgan 2 tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda remodellanishga erta tashxis qo‘yishda, davolash taktikasini tanlashda, yurak etishmovchiligi rivojlanishini erta aniqlashda, bemorlarni xayot sifatini yaxshilashda yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: miokard infarktidan keyingi patologik remodellanish turi aniqlangandan keyin davolashda individual yondashuv, dorilarni to‘g‘ri korreksiya qilish har bir bemor uchun yiliga 3200000 so‘m tejash imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: glikemik nazorat darajasi va miokard faoliyati tiklanish dinamikasi o‘rtasidagi bog‘liqlik bo‘lib, bemorlarda qandli diabet kasalligining mavjudligi davolash muddatining uzayishiga ta’siri aniqlanganligi Respublika ihtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabillitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspertlar kengashining 2023 yil 28 oktyabrdagi n-t/7 son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “Miokard infarti o‘tkazgan 2 tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda yurak-qon tomirlarning remomodellanishini erta tashxislash usuli” uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 25.12.2024 dagi 56-son hamda Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi 24.01.2025 dagi 01-35-son buyrug‘i va Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 25.01.2025 dagi 01/7/17-son buyrug‘lar bilan amliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: miokard infarti o‘tkazgan 2 tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda remodellanishga erta tashxis qo‘yishda, davolash taktikasini tanlashda, yurak etishmovchiligi rivojlanishini erta aniqlashda, bemorlarni xayot sifatini yaxshilashda yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: qandli diabet 2-tur bemorlarda glikemiyani sutkalik profili, glikemiyaning variabellik ko‘rsatkichlariga ijobiy samarasi orqali xar bir bemor uchun 118571 so‘m tejash imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ossilometrik pul`s to‘lqini tahlilidagi (AI, aPWV, ETI) va ExoKG dagi Global bo‘ylama kuchlanish o‘zgarishlari boshqa standart tekshiruvlar (UTT tekshiruvidagi (Vs, Ri, Pi), va exokardiografik ko‘rsatkichlar otish fraksiyasi) yomonlashishidan oldin yuz beradi, bu esa ularni yurak qon-tomir funksiyasi buzilishini erta prognozlovchi stik usuli sifatida foydalanish imkoni berishi aniqlanganligi Respublika ihtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabillitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspertlar kengashining 2023 yil 28 oktyabrdagi n-t/7 son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “Miokard infarti o‘tkazgan 2 tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda yurak-qon tomirlarning remomodellanishini erta tashxislash usuli” uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 25.12.2024 dagi 56-son hamda Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi 24.01.2025 dagi 01-35-son buyrug‘i va Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 25.01.2025 dagi 01/7/17-son buyrug‘lar bilan amliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: miokard infarti o‘tkazgan 2 tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda remodellanishga erta tashxis qo‘yishda, davolash taktikasini tanlashda, yurak etishmovchiligi rivojlanishini erta aniqlashda, bemorlarni xayot sifatini yaxshilashda yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: klinik belgilarni namoyon bo‘lishining ertangi bosqichlarida aniqlab, erta davolash taktikasini ishlab chiqish orqali umumiy iqtisodiy harajatlarni har bir bemor uchun yiliga 2900000 so‘m tejash imkonini beradi.