Davlatova Aziza Akmalovnaning 
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ingliz va o‘zbek bolalar nutqining lingvokulturologik tadqiqi”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4414.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Yarashova Nasiba Jumaevna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.04.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kdirbaeva Gulzira Kurbanbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor;  Kosheva Dilrabo Xudoyorova, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent 
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek bolalar nutqida qo‘llanilgan fonetik, leksik, uslubiy vositalarning lingvokulturologik xususiyatlarini tahlil qilish orqali ularning o‘xshash hamda farqli jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek bolalar nutqida fonetik birliklarning o‘zlashtirilishi, alliteratsiya, assonans, onomatopeya kabi fonografik-uslubiy vositalar orqali bolalarning xursandchilik, orzu-istak, hayratlanish, jahllanish, xavotirlanish, ta’sirlanish, uyalish, achinish, xafachilik, zavqlanish, suyunish, qo‘rqish, g‘azablanish kabi turli hissiyotlari milliy-madaniy mentalitet bilan uyg‘un tarzda obrazli hamda samarali ifodalanishi ilmiy jihatdan isbotlangan; 
bolalar nutqi leksikasini mavzuiy guruhlarga ajratish orqali ingliz bolalar nutqida o‘yin, maktab, fantaziya, o‘zbek bolalar nutqida atrof-muhit, oilaviy qadriyatlar bilan bog‘liq lingvomadaniy kodlar aniqlanib, bolalar tomonidan madaniy konseptlarning milliy, ijtimoiy-tarixiy, qadriyatlar asosida shakllanish omillari, bolaning konseptni qayta idrok qilishi, uni ijtimoiy, madaniy me’yorlarda ifodalashi dalillangan;
bolalar kreativ so‘zlarining rasmli izohli lug‘ati ishlab chiqilib, ularning kommunikativ, funksional, lingvokulturologik imkoniyatlari tahlil etilgan holda, nutqni boyitish, muloqotdagi ekspressivlik va obrazlilikni oshirishdagi o‘rni, somatik asoslari hamda paydo bo‘lishiga ta’sir qiluvchi psixologik, kognitiv, sensor omillar yoritilgan;
epitet, o‘xshatish, jonlantirish kabi uslubiy-tasviriy vositalarning bolalar nutqida qo‘llanilishi tahlil qilinib, ingliz hamda o‘zbek bolalar nutqidan keltirilgan misollar orqali bolalarning nutqiy tafakkuri, badiiy-estetik didi, obrazli fikrlash qobiliyatining shakllanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi bolalar nutqining lingvokulturologik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek bolalar nutqida fonetik birliklarning o‘zlashtirilishi, alliteratsiya, assonans, onomatopeya kabi fonografik-uslubiy vositalar orqali bolalarning xursandchilik, orzu-istak, hayratlanish, jahllanish, xavotirlanish, ta’sirlanish, uyalish, achinish, xafachilik, zavqlanish, suyunish, qo‘rqish, g‘azablanish kabi turli hissiyotlari milliy-madaniy mentalitet bilan uyg‘un tarzda obrazli hamda samarali ifodalanishi haqidagi natijalardan 2021-2023-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik tasviri” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2026-yil 9-fevraldagi 46/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va o‘zbek tilshunosligida mavjud nazariy yondashuvlarning qiyosiy tahlili asosida ingliz va o‘zbek bolalar nutqida fonografik-uslubiy vositalar bolalarning ichki olami va turli hissiyotlarini milliy-madaniy kontekst bilan uyg‘un tarzda jonli va obrazli ifodalashda samarali xizmat qilgan;
bolalar nutqi leksikasini mavzuiy guruhlarga ajratish orqali ingliz bolalar nutqida o‘yin, maktab, fantaziya, o‘zbek bolalar nutqida atrof-muhit, oilaviy qadriyatlar bilan bog‘liq lingvomadaniy kodlar aniqlanib, bolalar tomonidan madaniy konseptlarning milliy, ijtimoiy-tarixiy, qadriyatlar asosida shakllanish omillari, bolaning konseptni qayta idrok qilishi, uni ijtimoiy, madaniy me’yorlarda ifodalashiga oid xulosalardan 2021-2023-yillarda bajarilgan IL-402104474 raqamli “Bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 9-fevraldagi 04/1-730-son ma’lumotnomasi). Natijada, qiyosiy ifodalar orqali berilgan mazmun milliy-madaniy tajriba bilan belgilanishi aniqlangan, olingan ilmiy xulosalar bolalar nutqini lingvokulturologik nuqtayi nazardan tahlil qilishda emotsional tafakkur va mentalitet omillarini hisobga olish zarurligi asoslab berilgan;
bolalar kreativ so‘zlarining rasmli izohli lug‘ati ishlab chiqilib, ularning kommunikativ, funksional, lingvokulturologik imkoniyatlari tahlil etilgan holda, nutqni boyitish, muloqotdagi ekspressivlik va obrazlilikni oshirishdagi o‘rni, somatik asoslari hamda paydo bo‘lishiga ta’sir qiluvchi psixologik, kognitiv, sensor omillarga doir natijalardan 2022-2024-yillarda bajarilgan №90-01/38-raqamli “Nomoddiy madaniy meros muhofazasi bo‘yicha barqaror tadqiqot dalillari to‘plami: Markaziy Osiyo va kichik orol rivojlanayotgan davlatlarga e’tibor qaratish” nomli loyiha doirasida foydalanilgan (“Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati markazining 2025-yil 10-yanvardagi №01/01-07-son ma’lumotnomasi). Natijada, bolalar kreativ so‘zlarining rasmli izohli lug‘ati nutqni boyitish va muloqotda obrazlilik hamda ekspressivlikni oshirishda amaliy qo‘llanilishi mumkinligi, shuningdek, ularning paydo bo‘lishida psixologik, kognitiv va sensor omillarning roli ochib berilgan;
epitet, o‘xshatish, jonlantirish kabi uslubiy-tasviriy vositalarning bolalar nutqida qo‘llanilishi tahlil qilinib, ingliz hamda o‘zbek bolalar nutqidan keltirilgan misollar orqali bolalarning nutqiy tafakkuri, badiiy-estetik didi, obrazli fikrlash qobiliyatining shakllanishi asoslanganligi Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Adabiyot va hayot”, “Jarayon” singari turkum ko‘rsatuvlarining tegishli sonlarida, “Assalom, yangi kun” tonggi dasturida, Navoiy viloyat radiosi orqali efirga uzatilgan “Nazm va navo”, “O‘zbek adabiyoti” eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 6-martdagi 01-04/24-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va dolzarbligi ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etgan, muloqot jarayonida bolaning nutqiy faolligi va kommunikativ strategiyalari yosh davrlari hamda gender omillariga ko‘ra differensial xususiyatlarga ega ekanligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish