Kenjaeva Zuxra Taxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.   Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek harbiylari nutqining qiyosiy tipologik tadqiqi” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil385.
Ilmiy rahbar: Muminov Sidikjon Mirsobirovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.10.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori (DSc), professor N.J.Sulaymonova, ikkinchi rasmiy opponent sifatida filologiya fanlari nomzodi, dotsent U.E.Raximov.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “vatanparvarlik” konseptini ifodalovchi verbalizatorlarni aniqlash, til jamoasi ongida shakllangan mazkur konseptning kognitiv-semantik maydonini modellashtirish va tahlil qilish, konseptning leksikografik, milliy-madaniy xususiyatlarini leksema hamda paremiologik birliklar orqali yoritishdan iborat (o‘zbek, ingliz va rus tillari misolida).
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va o‘zbek harbiylari nutqining namoyon bo‘lishida, uning voqelanishida ishtirok etuvchi lisoniy vositalar, rasmiy va norasmiy muloqotni o‘z ichiga olgan leksik birliklar, qisqartma otlar, frazeologik birliklar, o‘zlashmalar, jargonlarning o‘ziga xos leksik-semantik, funksional-semantik xususiyatlari chog‘ishtirma aspektda dalillangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda harbiy kasb egalarining axborot uzatishda ishtirok etuvchi o‘ziga xos verbal va noverbal vositalar tizimi mavjudligi, bu lisoniy vositalarning muloqot jarayonida voqelanishi, rasmiy jihatdan ijtimoiy funksionallashuvi, ularning muloqot jarayoniga pragmatik va lingvomadaniy ta’sir etishi asoslangan;
ingliz va o‘zbek harbiy kommunikantlarning muloqot jarayoniga, xulqiga tabiiy va ijtimoiy, harbiy muhitning ta’siri natijasida kommunikant nutqida yuzaga keladigan koleksifikatsiyalash hodisasi, uni tashkil etuvchi semantik, pragmatik, kommunikativ belgilari aniqlangan;

nutqiy tejamkorlik hodisasining lisoniy tabiati va mohiyatidan kelib chiqib, harbiylar nutqida tana a’zolaridan: bosh, qo‘l, yuz, ko‘z va elkaning noverbal vositalar sifatida namoyon bo‘lishi hamda kommunikativ funksiyaning bajarilishidagi muhim nutqiy shartlardan biri ekanligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek harbiylari nutqining qiyosiy-tipologik tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek harbiylari nutqining namoyon bo‘lishi va voqelanishida ishtirok etuvchi lisoniy vositalar, rasmiy va norasmiy muloqotni o‘z ichiga olgan leksik birliklar, qisqartma otlar, frazeologik birliklar, o‘zlashmalar hamda jargonlarning o‘ziga xos leksik-semantik va funksional-semantik xususiyatlari qiyosiy-chog‘ishtirma aspektda tahlil etilgan ilmiy tadqiqot xulosalaridan 2022-2023 yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb (elektron lug‘atlar) to‘plami yaratish” mavzusidagi F3-2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek fol`klor san’ati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-inglizcha-nemischa izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanildi (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025 yil 12 maydagi 1/04-233-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek harbiylari nutqining namoyon bo‘lishida ko‘p komponentli terminlar, qisqartmalar, jargon va frazeologik birliklarning strukturaviy hamda semantik xususiyatlari tahlil qilinib, ularning leksik-semantik va funksional-semantik jihatlari chog‘ishtirma asosda aniqlangan hamda lug‘at tuzish jarayonida samarali tatbiq etilgan;
nutqiy tejamkorlik hodisasining lisoniy tabiati va mohiyatidan kelib chiqib, harbiylar nutqida tana a’zolari – bosh, qo‘l, yuz, ko‘z va elkaning noverbal vositalar sifatida namoyon bo‘lishi misollar asosida dalillanganligi bo‘yicha ilmiy qarashlar, xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan va muallif bilan suhbatlar uyushtirilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025 yil 12 maydagi 26-36-986-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, harbiy xodimlar o‘rtasida noverbal kommunikatsiya vositalarining ahamiyati hamda nutqiy tejamkorlik mexanizmlarining funksional o‘rni yanada aniqlashtirilib, bu omillar til va tana harakatlarining uyg‘un qo‘llanishi orqali harbiy muloqotning samaradorligini oshirishga xizmat qilgani ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
ingliz va o‘zbek harbiy kommunikantlari nutqida muloqot jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy va harbiy muhit omillari natijasida shakllanuvchi kolleksifikatsiyalash hodisasi, uni tashkil etuvchi semantik, pragmatik hamda kommunikativ belgilar tizimli tahlil qilinib, olingan ilmiy xulosalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanalida efirga uzatilgan “Vatanimga xizmat qilaman” nomli radioeshittirishlar ssenariylarini tayyorlash jarayonida samarali qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanalining 2025 yil 25-maydagi 2551-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur natijalar tinglovchilarda harbiy sohadagi nutqiy me’yorlar, madaniy-lisoniy qadriyatlar hamda ijtimoiy muhit bilan bog‘liq kommunikativ strategiyalar haqida kengroq va tizimli tasavvur shakllanishiga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek harbiylari nutqining qiyosiy-tipologik tadqiqiga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kunduzgi ta’lim kursantlari uchun mo‘ljallangan “O‘zbekcha-ruscha-inglizcha so‘zlashgich” ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining 2025 yil 16-iyundagi 38/17-113 sonli ma’lumotnomasi). Natijada kunduzgi ta’lim shaklida o‘qitiladigan “Yuristlar uchun xorijiy til” fani bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar mazmunini takomillashtirishda ushbu so‘zlashgich muhim o‘quv-metodik manba sifatida xizmat qilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish