Kenjaeva Fotima Taxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.   Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillarida ichki ishlar xodimlari nutqi namoyon bo‘lishining chog‘ishtirma tadqiqi” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3852.
Ilmiy rahbar: Muminov Sidikjon Mirsobirovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.10.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent, X.A.Sarimsoqov, ikkinchi rasmiy opponent sifatida filologiya fanlari doktori (DSc), professor A.Sh.Sobirov.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillarida ichki ishlar organlari xodimlari nutqi namoyon bo‘lishining verbal va noverbal vositalar orqali ochib berish hamda ularni chog‘ishtirma aspektda tadqiq etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek va ingliz tillarida ichki ishlar organlari vakillarining rasmiy hamda norasmiy muloqotida qo‘llaniladigan jargonlar, sleng birliklar, qo‘shma so‘zlar va qisqartmalar tahlil jarayonida qiyosiy-lingvistik yondashuv asosida o‘rganilib, fonetik, morfologik, leksik-semantik, frazeologik va pragmatik xususiyatlarining o‘xshash va farqli jihatlari aniqlangan; 
o‘zbek va ingliz tillarida ichki ishlar organlari xodimlari muloqotida qo‘llaniladigan verbal vositalarning leksik, morfologik va sintaktik xususiyatlari tahlil qilinib, ularning kommunikativ funksiyasi hamda milliy-madaniy mazmuniga tap’siri dalillangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda ichki ishlar organlari xodimlari muloqot xulqining noverbal vositalari va bu vositalarning ijtimoiy funksionallashuvi hamda muloqot jarayoniga pragmatik va lingvomadaniy ta’siri aniqlangan; 
tarjima jarayonida va qiyosiy tilshunoslik doirasida noverbal komponentlar bo‘lgan fonatsion, yuz hamda kinetik harakatlarga asoslangan muloqot vositalari lingvistik jihatdan qiyosiy tahlili ilmiy asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida ichki ishlar organlari xodimlari nutqi namoyon bo‘lishini chog‘ishtirma o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek va ingliz ichki ishlar organlari xodimlari muloqot xulqi, norasmiy va rasmiy muloqot jarayonida qo‘llaniladigan jargonlar, slenglar, qo‘shma so‘zlar, qisqartmalar, leksik-semantik, chog‘ishtirma aspektda ochib berilgan va asoslangan, hamda ularning kasbiy nutqdagi lingvopragmatik funksiyalari asoslab berilgan. Ushbu ilmiy tadqiqot xulosalardan 2022–2023-yillarda O‘zbekiston davlat xareografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb (elektron lug‘atlar) to‘plami yaratish” mavzusidagi F3-2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek folklor san’ati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-inglizcha-nemischa izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanildi. Natijada tadqiqotda ishlab chiqilgan qiyosiy-lingvistik yondashuvlar va tarjima tamoyillari terminlarning aniqligi, konnotativ ifodasi va funksional qo‘llanishi nuqtayi nazaridan izohli lug‘at tuzishda metodik asos sifatida xizmat qildi. Mazkur tadqiqot amaliy jihatdan nafaqat ichki ishlar organlari xodimlari kasbiy muloqotini tahlil qilishda, balki madaniy meros va san’at sohalarida ham terminologik izchillikni ta’minlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qildi;
o‘zbek va ingliz tillarida ichki ishlar organlari xodimlarining muloqot xulqiga xos lisoniy xususiyatlar til vositalarining, xususan, leksik birliklar, morfologik va sintaktik vositalar orqali namoyon bo‘lishi misollar yordamida dalillanganligi hamda kasb egalarining axborot uzatishda ishtirok etuvchi verbal va noverbal vositalar tizimi mavjudligi hamda bu vositalarning ijtimoiy jihatdan funksionallashuvi aniqlanganligi bo‘yicha ilmiy qarashlar, xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan va muallif bilan suhbatlar uyushtirilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 3-iyundagi 26-36-993-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu eshittirishlar uchun tayyorlangan matnlarda ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy muloqotiga xos lingvopragmatik xatti-harakatlari, kommunikativ strategiyalari hamda milliy-madaniy tafakkur bilan bog‘liq ifoda vositalari asosida til me’yorlariga rioya qilgan holda mazmun jihatdan boyitish ishlari amalga oshirilgan; 
nazariy va amaliy tarjimada, qiyosiy tilshunoslikda fonatsion, yuz va kinetik harakatlari bilan bog‘liq muloqot vositalari lingvistik tahlil orqali isbotlangan fikrlar, xulosalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanalida efirga uzatilgan “Vatanimga xizmat qilaman” nomli radioeshittirishlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokanalining 2025-yil 19-maydagi 2336-sonli ma’lumotnomasi). Natijada nafaqat lingvistik-nazariy, balki ommaviy axborot sohasida ham amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi; 
o‘zbek va ingliz o‘zbek tilida ichki ishlar organlari xodimlari nutqi namoyon bo‘lishining chog‘ishtirma tadqiqiga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekisotn Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kunduzgi ta’lim kursantlari uchun mo‘ljallangan “O‘zbekcha-ruscha-inglizcha so‘zlashgich” tayyorlashda foydalanilgan. Natijada kunduzgi ta’lim shaklida o‘qitiladigan “Yuristlar uchun xorijiy til” fani bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar mazmunini takomillashtirishda ushbu so‘zlashgich muhim o‘quv-metodik manba sifatida xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish