Yoqubova Hurriyat Burxonjon qizining
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi
himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Autizm spektri buzilgan bolalarning maktab ta’limiga nutqiy tayyorgarligini takomillashtirish texnologiyalari”. 13.00.03 - Maxsus pedagogika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8864
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Turg‘unboev Sirojiddin Faxriddinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12. Ped.04.03.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Gavxar Saparovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Goipova Nodira Baxtiyorovna, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi autizm spektri buzilgan bolalarni maktab ta’limiga nutqiy tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
autizm spektri buzilgan bolalarni maktab ta’limiga nutqiy tayyorlashning pedagogik-psixologik xususiyatlari bolalarning vizual kontaktga motivatsiyasini kuchaytirishga qaratilgan korreksion-didaktik dasturni fonematik idrok ustuvorligida ota-ona va logopedlarning verbal kommunikativ faoliyati talablariga ko‘ra adaptivlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
autizm spektri buzilgan bolalarni maktab ta’limiga nutqiy tayyorlash modeli mikro va makro muhitga mos kommunikatsiyaning minimal leksik bazasini noverbal kontaktdan verbal muloqotgacha metodik algoritmda “ABA”, 3P “Free Practic” texnologiyalarining interaktiv elementlari integratsiyasida bosqichma-bosqich maqbullashtirish asosida takomillashtirilgan;
autizm spektri buzilgan bolalarni maktab ta’limiga nutqiy tayyorlashning sensor integrativ texnologiyalari murojaatni tushunish va etkazishga o‘rgatuvchi vizual, audial, kinestetik ta’sir topshiriqlarini ishlab chiqish hamda nutqiy klasterda individual rivojlanish nuqtalarini personal belgilashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
autizm spektri buzilgan bolalarni maktab ta’limiga nutqiy tayyorlashning metodik ta’minoti bolalarning fiziologik-psixologik xususiyatlariga ko‘ra rejalashtirilgan yakka rivojlanish xaritasini intensiv diagnostika jarayonida konstruktiv vizual kartochkalar modifikatsiyalarida akademik darajalanish dinamikasiga ko‘ra qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Autizm spektri buzilgan bolalarning maktab ta’limiga nutqiy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
autizm spektri buzilgan bolalarni maktab ta’limiga nutqiy tayyorlashning pedagogik-psixologik xususiyatlari bolalarning vizual kontaktga motivatsiyasini kuchaytirish qaratilgan korreksion-didaktik dasturni fonematik idrok ustuvorligida ota-ona va logopedlarning verbal kommunikativ faoliyati talablariga ko‘ra adaptivlashtirishga oid takliflari “Autizm sindromli bolalarni o‘qitish va tarbiyalash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 153736-sonli guvohnoma). Natijada, autizm sindromli bolalarni maktab ta’limiga nutqiy tayyorlashning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
autizm spektri buzilgan bolalarni maktab ta’limiga nutqiy tayyorlash modeli mikro va makro muhitga mos kommunikatsiyaning minimal leksik bazasini noverbal kontaktdan verbal muloqotgacha metodik algoritmda “ABA”, 3P “Free Practic” texnologiyalarining interaktiv elementlari integratsiyasida bosqichma-bosqich maqbullashtirishga oid tavsiyalari autizm spektri buzilgan bolalarni maktab ta’limiga nutqiy tayyorlash bo‘yicha adaptiv dastur mazmuniga singdirilgan (Respublika Tashxis markazining 2026-yil 29-yanvardagi 01/10-01-39-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, autizm spektri buzilgan bolalarni maktab ta’limiga nutqiy tayyorlash bo‘yicha tavsiyalarni ommalashtirishga erishilgan;
autizm spektri buzilgan bolalarni maktab ta’limiga nutqiy tayyorlashning sensor integrativ texnologiyalari murojaatni tushunish va etkazishga o‘rgatuvchi vizual, audial, kinestetik ta’sir topshiriqlarini ishlab chiqish hamda nutqiy klasterda individual rivojlanish nuqtalarini personal belgilashga doir takliflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Andijon viloyatlarining ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘quv-korreksion jarayoniga joriy etilgan (Respublika Tashxis markazining 2026-yil 29-yanvardagi 01/10-01-39-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, autizm spektri buzilgan bolalarni maktab ta’limiga nutqiy tayyorlashga mo‘ljallangan mikro va makro muhitni yaratishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan.