Haqberdiev Jamoliddin Abdug‘affor o‘g‘lining
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi
himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Zaif eshituvchi o‘quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlashning pedagogik mexanizmlarini rivojlantirish”. 13.00.03 – Maxsus pedagogika
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7222.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Akramova Xafiza Samadovna, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.Ped.04.03.
Rasmiy opponentlar: Xoliqov Azamat Qahramonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Turg‘unboev Sirojiddin Faxriddinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zaif eshituvchi o‘quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlashning pedagogik mexanizmlarini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zaif eshituvchi o‘quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish zarurati zamonaviy ta’limning faol va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarini o‘quvchilarning nutqiy reabilitatsiya jarayonida vizual-kinestetik integratsiyasini personal ta’minlash orqali asoslab berilgan;
zaif eshituvchi o‘quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlashning pedagogik modeli nutqiy klasterda belgilangan eshituv-nutqiy reaksiyalarning personal darajalanishini oilaviy hayot tasavvurlariga oid lug‘at bazasida korreksion-pedagogik mexanizmlar yaxlitligida qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
zaif eshituvchi o‘quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlashning oila va ta’lim muassasasi hamkorligiga asoslangan mexanizmlari o‘z-o‘ziga xizmat va kommunikatsiya malakalarini maktabda va oilada rivojlantirishga qaratilgan integrativ buklet, qadriyatlar flaerini pedagogik va terapevtik ta’sir simulyasiyasi ustuvorligida dinamik tahlilda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
zaif eshituvchi o‘quvchilarni oilaviy hayotga tayyorligini baholash me’zonlari bolalardagi stixiyali nutqiy-ijtimoiy harakatlarni diagnostika va korreksiya qilishga qaratilgan assistiv va tarbiya vositalarini o‘quvchilarning kundalik-maishiy, akademik faoliyat traektoriyasiga hamohang maqbullashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zaif eshituvchi o‘quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlashning pedagogik mexanizmlarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
zaif eshituvchi o‘quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish zarurati zamonaviy ta’limning faol va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarini o‘quvchilarning nutqiy reabilitatsiya jarayonida vizual-kinestetik integratsiyasini personal ta’minlashga oid takliflari “Kar va zaif eshituvchi bolalarni oilaga tayyorlash” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 744679-sonli guvohnoma). Natijada, zaif eshituvchi bolalar bilan ishlashning metodik aspektlarini ilmiy-amaliy yo‘nalganlikda joriy etishga xizmat qilgan;
zaif eshituvchi o‘quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlashning pedagogik modeli nutqiy klasterda belgilangan eshituv-nutqiy reaksiyalarning personal darajalanishini oilaviy hayot tasavvurlariga oid lug‘at bazasida korreksion-pedagogik mexanizmlar yaxlitligida qo‘llashga oid tavsiyalari “Ko‘rish qobiliyatida nuqsoni bor va ko‘zi ojiz o‘quvchilarga mental arifmetika yordamida arifmetik amallarni o‘rgatish” nomli innovatsion loyihaning mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 06.03.2026-yildagi 04/2264-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bolalarning oilaviy hayotga oid tasavvurlarini zarur lug‘at bazasida kengaytirishning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
zaif eshituvchi o‘quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlashning oila va ta’lim muassasasi hamkorligiga asoslangan mexanizmlari o‘z-o‘ziga xizmat va kommunikatsiya malakalarini maktabda va oilada rivojlantirishga qaratilgan integrativ buklet, qadriyatlar flaerini pedagogik va terapevtik ta’sir simulyasiyasi ustuvorligida dinamik tahlilda qo‘llashga doir takliflari Respublikaning Toshkent, Samarqand va Jizzax viloyatlari korreksion ta’lim amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazining 2025 yil 17 noyabrdagi 01/10-01-356-sonli dalolatnomasi). Natijada, integrativ buklet, qadriyatlar flaerlar individual va differensial yo‘nalganlikda foydalanish bo‘yicha tavsiyalarning keng jamoatchilikka targ‘ib etilishiga erishilgan.