Ismoiljon Nishonov Abdumutallibovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Onlayn muloqotda nutq xatti-harakatlarining gender jihatlari”. 10.00.11–Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.4.PhD/Fil5437.
Ilmiy rahbar: Shaxobitdinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Gulyamova Shaxnoza Qahramonovna, filologiya fanlari doktori, professor, Karimov Kamoldin Nasriddinovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Onlayn muloqotda nutq xatti-harakatlarining namoyon bo‘lishi, ularda gender jihatlarning ifodalanishi hamda onlayn platformaning konteksti va turining gender nutq xususiyatlarining namoyon bo‘lishiga ta’sirini ochib berishiborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli muhitda nutqning gender xususiyatlarini har tomonlama tahlil qilish turli xil onlayn platformalarda nutq xatti-harakatlarining gender jihatlarini izchil o‘rganishga asos bo‘lib, onlayn muloqotda lingvistik, ijtimoiy va texnologik omillarning o‘zaro bog‘liqligini hisobga oladigan integral tahlil modeli ishlab chiqilib, anonimlik va virtual identifikatsiya sharoitida an’anaviy gender nutq stereotiplarining o‘zgarishi tahlil qilinib, gender qurilishining yangi shakllari onlayn muhitda nutq xatti-harakatlari orqali dalillangan;
ilk marta har xil turdagi onlayn platformalarda, ya’ni ijtimoiy tarmoqlar, forumlar, bloglar, messenjerlarda nutqning gender xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish amalga oshirilib, virtual muhitda erkak va ayol nutqiga xos bo‘lgan o‘ziga xos lingvistik vositalar aniqlanib, jinsga xoslangan paralingvistik vositalardan foydalanishning ahamiyati aniqlangan;
virtual muhitda gender identifikatsiyasining lingvistik belgilari misol va tahlillar asosida o‘rganilib, internet makonidagi ayol nutqining xususiyatlari emotsional (hissiy) to‘yinganlik; emotikon va emodzilardan faol foydalanish; bir nechta undov belgilarini ishlatish; unli tovushlarni uzaytirish; erkalovchi-kichraytiruvchi qo‘shimchalardan ko‘p foydalanish bilan xarakterlanishi; erkaklar nutqining xususiyatlari esa ifodalarning ixchamligi; darak gaplarning ustunligi; hissiy belgilarning kamligi; terminologiya, professionalizmdan ko‘p foydalanish; muayyan lug‘atning ustunligi; jargonlardan foydalanishga moyillik; erkalovchi-kichraytiruvchi shakllaridan kamroq foydalanish; imperativ konstruksiyalardan foydalanish; kirish so‘zlarini kamroq ishlatish bilan izohlanishi dalillangan;
onlayn muloqotda erkak kommunikativ taktikalariga raqamli ma’lumotlardan foydalanish, professional maqomni ko‘rsatish, tanqidiy munosabat bildirish, texnik detallarni muhokama qilish, baho berishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yondashuv xosligi; ayol kommunikativ taktikalariga esa munosabatlarni yumshatish, emotsional qo‘llab-quvvatlash, shaxsiy tajribalarni ulashish, dialog yaratishga intilish, ijobiy muhit yaratish kirishi misollar asosida kontekstual asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotining ilmiy natijalari, taklif va tavsiyalaridan quyidagi loyihalarda foydalanildi:
raqamli muhitda nutqning gender xususiyatlarini har tomonlama tahlil qilish turli xil onlayn platformalarda nutq xatti harakatlarining gender jihatlarini izchil o‘rganishga asos bo‘lib, onlayn muloqotda lingvistik, ijtimoiy va texnologik omillarning o‘zaro bog‘liqligini hisobga oladigan integral tahlil modeli ishlab chiqilib, anonimlik va virtual identifikatsiya sharoitida an’anaviy gender nutq stereotiplarining o‘zgarishi tahlil qilinib, gender qurilishining yangi shakllari onlayn muhitda nutq xatti-harakatlari borasidagi qarashlar shakllanishida foydalanish kabi masalalar borasidagi ilmiy xulosalardan Davlat innovatsion-tadqiqot dasturlari doirasidagi №OT-F1-18 raqamli “Ommaviy lisoniy madaniyatni shaklantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2025-yil 22-martdagi 04-990-son ma’lumotnomasi). Natijada raqamli diskursda lisoniy madaniyatni ta’minlashga oid nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
virtual muhitda gender identifikatsiya tavsifida qo‘llaniluvchi ayrim birliklarining o‘ziga xosliklari ochib berilgan va virtual muhitda gender identifikatsiyasining lingvistik belgilari misol va tahlillar asosida o‘rganilib, internet makonidagi ayol nutqining xususiyatlari emotsional (hissiy) to‘yinganlik; emotikon va emodzilardan faol foydalanish; bir nechta undov belgilarini ishlatish; unli tovushlarni uzaytirish; erkalovchi-kichraytiruvchi qo‘shimchalardan ko‘p foydalanish bilan xarakterlanishi; erkaklar nutqining xususiyatlari esa ifodalarning ixchamligi; darak gaplarning ustunligi; hissiy belgilarning kamligi; terminologiya, professionalizmdan ko‘p foydalanish; muayyan lug‘atning ustunligi; jargonlardan foydalanishga moyillik; erkalovchi-kichraytiruvchi shakllaridan kamroq foydalanish; imperativ konstruksiyalardan foydalanish; kirish so‘zlarini kamroq ishlatish kabilarga doir lingvistik atamalarni izohlashda foydalanish kabi masalalar borasidagi ilmiy xulosalardan Davlat innovatsion - tadqiqot dasturlari doirasidagi № IL 402104213 raqamli “O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” (2022-2023) mavzusidagi loyihada foydalanilgan. (Andijon davlat universitetining 2025-yil 27-martdagi 04-1049-son ma’lumotnomasi). Natijada virtual muhitda gender identifikatsiya tavsifida qo‘llaniluvchi ayrim birliklarining o‘ziga xosliklari ochib berilgan;
har xil turdagi onlayn platformalarda nutq xatti-harakatlari taqqoslanadi va muhokama mavzusining gender xususiyatlarining namoyon bo‘lishiga ta’siri tahlil qilinishi; erkak va ayollar tomonidan qo‘llaniladigan aloqa strategiyalari aniqlanib, o‘zini taqdim etish va virtual identifikatsiyani yaratish taktikasi tahlil qilinishi; onlayn marketing sohasida olingan natijalarni qo‘llash usullari taklif qilinib, interfeysni ishlab chiquvchilar va onlayn jamoalarning moderatorlari uchun tavsiyalar shakllantirish asosidagi ilmiy izlanishlari loyihani amalga oshirishda inobatga olishda foydalanish kabi masalalar borasidagi ilmiy xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan №IL-402104209-raqamli “Axborot qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi–o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 9-yanvardagi 04/1-117-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida darslik, o‘quv qo‘llanma va dissertasiyalar ilmiy jihatdan boyitilgan;
raqamli muhitda nutqning gender, xususiyatiarini har tomonlama tahlil qilish turli xil onlayn platformalarda nutq xatti- harakatlarining gender jihatlarini izchil o‘rganishga asos bo‘lib, onlayn muloqotda lingvistik, ijtimoiy va texnologik omillarning o‘zaro bog'liqligini hisobga oladigan integral tahlil modeli ishlab chiqilganligi, virtual muhitda erkak va ayol nutqiga xos bo‘lgan o‘ziga xos lingvistik vositalar aniqlanib, jinsga xoslangan paralingvistik vositalardan foydalanishning ahamiyati aniqlanishi hamda anonimlik va virtual identifikasiya sharoitida an'anaviy gender nutq stereotiplarining o‘zgarishi tahlil qilinib, gender qurilishining yangi shakllari onlayn muhitda nutq xatti-harakatlari orqali dalillanishi kabi o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va onlayn muloqotda nutq xatti-harakatlarining namoyon bo‘lishi, ularda gender jihatlarning ifodalanishi hamda onlayn platformaning konteksti va turining gender nutq xususiyatlarining namoyon bo‘lishiga ta’sirini o‘rganish usullari tahlillar orqali yoritishga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi "Ozbekiston" teleradiokanali" DM "Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshiuirishlar" muharririyati ijodkorlari tomonidan 2024-yil sentyabr va oktyabr oylarida efdirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot", "Millat va ma’naviyat", "Adabiy-jarayon", “Jahon adabiybti" nomli dasturlar senariysida ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 4-oktyabrdagi 04-36-1137-son ma’lumotnomasi). Natijada, eshittirishlarning ilmiy saviyasi ortgan hamda onlayn muhitda erkak va ayollarga xos bo‘lgan polemika hamda nizolarni hal qilishning o‘ziga xos usullari o‘rganilib, jinsi va virtual muloqotning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda og'zaki tajovuz va himoya mexanizmlarining yangi shakllarini izchil amaliy tatbiq etishi xususidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.