Qaynarova Iqbol Valievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Evristik ta’lim texnologiyalari asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning o‘quv-bilish faolligini rivojlantirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6095.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Ilmiy rahbar: Xolov Olimjon Chorshamievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Axmedova Maloxat Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi evristik ta’lim texnologiyalari asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish faolligini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich ta’lim jarayonida evristik ta’lim texnologiyalari asosida o‘quvchilarning o‘quv-bilish faolligini rivojlantirishning pedagogik xususiyatlari fanlararo integratsiya tamoyillari asosida o‘quvchi shaxsining internal va eksternal identifikatsiya mexanizmlarini o‘quv-bilish, pragmatik, ijtimoiy, kommunikativ hamda estetik motivatsion determinantlar negizida ishlab chiqilgan hamda metakognitiv yondashuv, kognitiv faollik va ijtimoiy-kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich ta’limda evristik ta’lim texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari o‘quv-bilish faolligini rivojlantirishga qaratilgan psixologik-pedagogik modelni ishlab chiqish hamda uning mazmunli va amaliy komponentlarini ijodiy jarayon dinamikasi, interaktiv-refleksiv metodlar va metakognitiv monitoring mexanizmlarini ishlab chiqish asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich ta’limda evristik ta’lim texnologiyalariga asoslangan pedagogik jarayon modeli monologik va dialogik muloqotning o‘quv-bilish shakllari integratsiyasi asosida didaktik jarayonning algoritmik bosqichlarini ishlab chiqish hamda izlanish faolligini aks ettiruvchi birlamchi interaktiv shakllar, bashoratlash texnologiyalari va qayta aloqa intensivligini ta’minlovchi refleksiv-kommunikativ mexanizmlar asosida tizimlashtirilgan;
evristik ta’lim texnologiyasi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish faolligini oshirishning tashkiliy-pedagogik mexanizmlari ta’lim mazmunini o‘quvchilarning aqliy rivojlanishining haqqoniy darajasiga asoslangan vertikal hamda ijodiy sifatlarning shakllanganligini ifodalovchi gorizontal integratsiya orqali uzviylashtirish va shu asosda kognitiv faollik mezonlari, refleksiv-monitoring tizimlari, samaradorlikni ta’minlashga qaratilgan innovatsion taklif va tavsiyalar asosida takomillshtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
fanlararo integratsiya tamoyillari asosida o‘quvchi shaxsining internal va eksternal identifikatsiya mexanizmlarini o‘quv-bilish, pragmatik, ijtimoiy, kommunikativ hamda estetik motivatsion determinantlar negizida ishlab chiqilgan hamda metakognitiv yondashuv, kognitiv faollik va ijtimoiy-kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar aniqlashtirilgan boshlang‘ich ta’lim jarayonida evristik ta’lim texnologiyalari asosida o‘quvchilarning o‘quv-bilish faolligini rivojlantirishning pedagogik xususiyatlariga doir taklif va tavsiyalardan “Yunogogika” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-sonli buyrug‘i bilan berilgan №429-356-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, pedagogika yo‘nalishi o‘quvchilari uchun yunogogika fanidan mavzular uzviyligini ta’minlashga xizmat qilgan;
o‘quv-bilish faolligini rivojlantirishga qaratilgan psixologik-pedagogik modelni ishlab chiqish hamda uning mazmunli va amaliy komponentlarini ijodiy jarayon dinamikasi, interaktiv-refleksiv metodlar va metakognitiv monitoring mexanizmlarini ishlab chiqish asosida aniqlashtirilgan boshlang‘ich ta’limda evristik ta’lim texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari, monologik va dialogik muloqotning o‘quv-bilish shakllari integratsiyasi asosida didaktik jarayonning algoritmik bosqichlarini ishlab chiqish hamda izlanish faolligini aks ettiruvchi birlamchi interaktiv shakllar, bashoratlash texnologiyalari va qayta aloqa intensivligini ta’minlovchi refleksiv-kommunikativ mexanizmlar asosida tizimlashtirilgan boshlang‘ich ta’limda evristik ta’lim texnologiyalariga asoslangan pedagogik jarayon modeli bo‘yicha taklif va tavsiyalar 2024–2025 yillar davomida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz”, “Bolalar uchun” kabi dasturlar ssenariylarini tayyorlashda qo‘llanildi. Dasturlar mazmunida, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik yondashuvlar keng yoritildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 11-sentyabrdagi 05-09-1421-son buyrug‘i bilan berilgan ma’lumotnomasi). Natijada, maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma va metodik tavsiya yaratishda evristik ta’lim asosida o‘quv materiallarini tizimlashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
ta’lim mazmunini o‘quvchilarning aqliy rivojlanishining haqqoniy darajasiga asoslangan vertikal hamda ijodiy sifatlarning shakllanganligini ifodalovchi gorizontal integratsiya orqali uzviylashtirish va shu asosda kognitiv faollik mezonlari, refleksiv-monitoring tizimlari, samaradorlikni ta’minlashga qaratilgan innovatsion taklif va tavsiyalar asosida takomillshtirilgan evristik ta’lim texnologiyasi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish faolligini oshirishning tashkiliy-pedagogik mexanizmlariga doir taklif va tavsiyalardan T.N.Qori–Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT 0-92997-sonli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foudalanilgan (T.N.Qori – Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali 04-noyabr 2024-uil 452-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-bilish faolligini rivojlantirishning metodik imkoniyatlari kengaygan.