Juraev Sherali Maxmutovichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy pedagogik ta’lim jarayonida talabalarning refleksiv pozisiyasini rivojlantirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10688.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Choriev Ilxom Ruzibaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Boymetov Botir Boltaboevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor; Mardonov Shukurullo Kuldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy pedagogik ta’lim jarayonida talabalarning refleksiv pozisiyasini rivojlantirishning nazariy-pedagogik shart-sharoitlari va texnologiyalarining samaradorligini aniqlash hamda tajriba-sinovda asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy pedagogik ta’lim jarayonida “o‘qituvchi shaxsi refleksiv pozisiyasi” tushunchasi hamda bo‘lajak o‘qituvchilarda refleksiv pozisiyani rivojlantirishning mazmun-mohiyati kasbiy o‘zini anglash, o‘zini baholash va pedagogik faoliyatni tahlil qilish qobiliyatlarini ustuvor rivojlantirish asosida kelajakdagi pedagogik faoliyatning muhim dominantasi sifatida aniqlashtirilgan;
talabalarning refleksiv pozisiyasini rivojlantirish jarayonida refleksiv-pedagogik usullarni baholashning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyaga doir mezonlari, ko‘rsatkichlari hamda darajalari kasbiy o‘z-o‘zini boshqarishning kreativlik bilan uzviy bog‘liq prognostik va riskologik omillari asosida takomillashtirilgan;
oliy pedagogik ta’lim jarayonida talabalarning refleksiv pozisiyasini rivojlantirish modeli va uning mazmunli-texnologik ta’minotining nazariy-pedagogik asoslari refleksiv ko‘nikmalarning o‘zaro bevosita, sinxron va integrativ aloqadorligini ta’minlash, shuningdek, ularning kasbiy-pedagogik faoliyat bilan uyg‘unligini kuchaytirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda refleksiv pozisiyani samarali rivojlantirishning nazariy-pedagogik shart-sharoitlari va imkoniyatlari jarayonga refleksiv pozision texnologiyalar vositasida jadal ta’sir ko‘rsatish, refleksiv ko‘nikmalarni tarkib toptirish, bevosita va bilvosita shakllarini uyg‘unlashtirish, refleksiv strategik qobiliyatga yo‘naltirishga doir moderatsion faoliyati etnopedagogik madaniyatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Oliy pedagogik ta’lim jarayonida talabalarning refleksiv pozisiyasini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
kasbiy o‘zini anglash, o‘zini baholash va pedagogik faoliyatni tahlil qilish qobiliyatlarini ustuvor rivojlantirish asosida kelajakdagi pedagogik faoliyatning muhim dominantasi sifatida aniqlashtirilgan oliy pedagogik ta’lim jarayonida “o‘qituvchi shaxsi refleksiv pozisiyasi” tushunchasi hamda bo‘lajak o‘qituvchilarda refleksiv pozisiyani rivojlantirishning mazmun-mohiyati bo‘yicha nazariy xulosa va amaliy tavsiyalar “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2024-yil 04-noyabrdagi 02/01-01-100-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining didaktik ta’minoti refleksiv pozisiya elementlari hisobiga yuksaltirilgan.
kasbiy o‘z-o‘zini boshqarishning kreativlik bilan uzviy bog‘liq prognostik va riskologik omillari asosida takomillashtirilgan talabalarning refleksiv pozisiyasini rivojlantirish jarayonida refleksiv-pedagogik usullarni baholashning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyaga doir mezonlari, ko‘rsatkichlari hamda darajalari bo‘yicha nazariy xulosa va amaliy tavsiyalar “Futbol va uni o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2024-yil 04-noyabrdagi 02/01-01-100-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda refleksiv pozisiyasini rivojlantirish mezonlari, ko‘rsatkichlari va darajalarini takomillashtirishga erishilgan.
refleksiv ko‘nikmalarning o‘zaro bevosita, sinxron va integrativ aloqadorligini ta’minlash, shuningdek, ularning kasbiy-pedagogik faoliyat bilan uyg‘unligini kuchaytirish asosida takomillashtirilgan oliy pedagogik ta’lim jarayonida talabalarning refleksiv pozisiyasini rivojlantirish modeli va uning mazmunli-texnologik ta’minotining nazariy-pedagogik asoslariga oid amaliy taklif va tavsiyalardan A1-XT-0-92997 “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” loyihasini bajarishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogika milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 26-dekabrdagi №580-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning refleksiv pozisiyasini rivojlantirish modelini takomillashtirish imkoniyati oshirilgan;
jarayonga refleksiv pozision texnologiyalar vositasida jadal ta’sir ko‘rsatish, refleksiv ko‘nikmalarni tarkib toptirish, bevosita va bilvosita shakllarini uyg‘unlashtirish, refleksiv strategik qobiliyatga yo‘naltirishga doir moderatsion faoliyati etnopedagogik madaniyatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan talabalarda refleksiv pozisiyani samarali rivojlantirishning nazariy-pedagogik shart-sharoitlari va imkoniyatlari bo‘yicha nazariy xulosa va amaliy tavsiyalar “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2024-yil 04-noyabrdagi 02/01-01-100-son ma’lumotnomasi). Natijada, refleksiv usullar orqali talabalarda refleksiv pozisiyani rivojlantirishning nazariy-pedagogik shart-sharoitlari va imkoniyatlarini oshirishga erishilgan.