Dusanov Noryigit Ernazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): ““Z” avlod vakillarida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishning pedagogik asoslari va metodik imkoniyatlari (ijtimoiy-falsafiy fanlar misolida)”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ijtimoiy fanlar) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3719.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Burxanov Taxir Maxammatjonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Boymetov Botir Boltaboevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent;  Boltaeva Mohichexra Jamshid qizi, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi “Z” avlod vakillarida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishning pedagogik asoslari va metodik imkoniyatlarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
globallashuv sharoitida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishning ijtimoiy zarurati milliy identifikatsiya va madaniy merosni saqlash zaruratini yosh avlodning milliy qadriyatlardan uzoqlashuv xavfini oldini olish, ularda umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashgan milliy g‘urur va shaxsiy mas’uliyatni shakllantirishga qaratilgan zamonaviy ta’lim metodlariga integratsiya qilish orqali asoslangan;
“Z” avlod vakillarining ijtimoiy-psixologik portreti raqamli muhit ta’siri, axborot texnologiyalaridan keng foydalanish va globallashuv jarayonlaridagi ijtimoiy tendensiyalarga bog‘liq ularning individual-tipologik xususiyatlarini ochib beruvchi belgi-xususiyatlarini kognitiv tahlil qilish va psixologik diagnostikaga ko‘ra aniqlashtirish asosida ishlab chiqilgan;
“Z” avlod uchun vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishning innovatsion metodlari ularning ijtimoiy-psixologik portretiga mos qadriyatlar tizimini zamonaviy ta’limning axborot texnologiyalari imkoniyatlari bilan interaktiv usullar (interaktiv kvestlar, virtual muzeylar, geymifikatsiya elementlari, ijodiy tanlovlar va debatlar) yordamida uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish bo‘yicha metodik kompleks ta’lim jarayonida milliy qadriyatlarni innovatsion texnologiyalar va interaktiv usullar bilan uyg‘unlashtirish, pedagogik sharoitlarni ta’minlash va ta’lim mazmunini boyitish zaruratini didaktik tahlil va tadqiqot natijalariga ko‘ra metodik jihatdan asoslash orqali ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
“Z” avlod vakillarida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishning pedagogik asoslari va metodik imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak harbiy mutaxassislarda umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashgan harbiy jangovar ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan zamonaviy ta’lim metodlariga integratsiya qilish orqali asoslangan globallashuv sharoitida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishning ijtimoiy zaruratiga oid taklif va tavsiyalar “Jangovar tayyorgarlik” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining 2024-yil 25-martdagi 66-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan). Natijada, harbiy oliy ta’lim muassasalarida talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik-didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
milliy identifikatsiya va madaniy merosni saqlash zaruratini yosh avlodning milliy qadriyatlardan uzoqlashuv xavfini oldini olish, ularda umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashgan milliy g‘urur va shaxsiy mas’uliyatni shakllantirishga qaratilgan zamonaviy ta’lim metodlariga integratsiya qilish orqali asoslangan globallashuv sharoitida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishning ijtimoiy zaruratiga oid taklif va tavsiyalar “Yosh davrlar pedagogikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-maydagi 237-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 237-298-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, pedagogik oliy ta’lim muassasalarida talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
yoshlarning ijtimoiy-psixologik portretiga mos qadriyatlar tizimini zamonaviy ta’limning axborot texnologiyalari imkoniyatlari bilan interaktiv usullar (interaktiv kvestlar, virtual muzeylar, geymifikatsiya elementlari, ijodiy tanlovlar va debatlar) yordamida uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan “Z” avlod uchun vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishning innovatsion metodlari borasidagi taklif va xulosalar “Yosh davrlari pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 418-076-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, ijtimoiy-falsafiy fanlarni o‘qitishning interfaol usul va texnologiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ta’lim jarayonida milliy qadriyatlarni innovatsion texnologiyalar va interaktiv usullar bilan uyg‘unlashtirish, pedagogik sharoitlarni ta’minlash va ta’lim mazmunini boyitish zaruratini didaktik tahlil va tadqiqot natijalariga ko‘ra metodik jihatdan asoslash orqali ishlab chiqilgan vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish bo‘yicha metodik kompleks bo‘yicha xulosa va takliflar, raqamli muhit ta’siri, axborot texnologiyalaridan keng foydalanish va globallashuv jarayonlaridagi ijtimoiy tendensiyalarga bog‘liq ularning individual-tipologik xususiyatlarini ochib beruvchi belgi-xususiyatlarini kognitiv tahlil qilish va psixologik diagnostikaga ko‘ra aniqlashtirish asosida ishlab chiqilgan “Z” avlod vakillarining ijtimoiy-psixologik portreti borasidagi fikr-mulohazalar “Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb madaniyati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining 2026-yil 14-fevraldagi  ma’lumotnomasi).  Natijada, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha darsdan tashqari tadbirlar majmuini takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish