Mamatqulova O‘g‘iljon Eshmirza qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida
e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak o‘qituvshilarda rus tili bo‘yisha kasbiy kompetentlikni platforma yordamida takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/V1510.
Ilmiy rahbar: Bakieva Gulandom Hisomovna filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi DSc.03/2026.31.01.Ped.45.02
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildorxon Urinbaevna pedagogika fanlari doktori, professor; Latipov Oqil Juraqulovich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak o‘qituvchilarning rus tili bo‘yicha kasbiy kompetentligini rivojlantirishning axborot-metodik platfomasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning nazariy asoslari reflektiv jurnal yuritish, amaliy faoliyatga tayyorgarligini raqamli-texnologik kompetensiyalarga muvofiqligi faol bilish faoliyatini raqamli platformalar orqali loyihalash va korpus kasbiy komponentlariga mos pedagogik diagnostikalash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning rus tili bo‘yicha kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi individual ehtiyojlarga asoslangan madaniyatlararo mazmunni raqamlashtirish, sotsialmedia-geymifikatsion vositalar orqali interkultural fasilitatsiya va mentorlik kompetensiyalarini texnolingvistik integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligi sotsiolingvinistik kompetensiyaning raqamli muhitga moslashuvi B1, B1+ va B2 bilim daraja ko‘rsatkichlarining differinsiallashuviga olib kelganligi tufayli kasbiy tayyorgaligiga (from low to top) evolyusion o‘sishni bosqichma-bosqich ta’minlash asosida oshirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda rus tili bo‘yicha kasbiy kompetentlikning rivojlanganlik darajasini baholash monitoringi bilimlar tizimliligini refleksiv baholovchi ichki (ta’lim jarayonida) va tashqi (yakuniy) o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga alaqodorligini raqamli baholash vositalari orqali optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvshilarda rus tili bo‘yisha kasbiy kompetentlikning platforma yordamida takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning nazariy asoslari reflektiv jurnal yuritish, amaliy faoliyatga tayyorgarligini raqamli-texnologik kompetensiyalarga muvofiqligi faol bilish faoliyatini raqamli platformalar orqali loyihalash va korpus kasbiy komponentlariga mos pedagogik diagnostikalashga doir takliflardan Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19-yanvardagi 34-son «Xorijiy tillarni oʻrganishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori, oliy ta’lim muassasalarining bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash va ularning bilimini oshirish to‘g‘risidagi Nizomning 1-ilovasiga meʼyoriy xujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 22-apreldagi 02/02-1120-sonli ma’lumotnomasi) Natijada mazkur qaror va unda belgilangan vazifalar mazmun-mohiyatini boyitishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning rus tili bo‘yicha kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi individual ehtiyojlarga asoslangan madaniyatlararo mazmunni raqamlashtirish, sotsialmedia-geymifikatsion vositalar orqali interkultural fasilitatsiya va mentorlik kompetensiyalarini texnolingvistik integratsiyalash oid xulosalaridan ta’lim sifaini oshirishda va oʻquv jarayonida tatbiq qilishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 22-apreldagi 02/02-1120-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha doirasida tayyorlangan dastur va materiallarning mazmuni boyitilgan;
bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligi sotsiolingvinistik kompetensiyaning raqamli muhitga moslashuvi B1, B1+ va B2 bilim daraja ko‘rsatkichlarining differinsiallashuviga olib kelganligi tufayli kasbiy tayyorgaligiga (from low to top) evolyusion o‘sishni bosqichma-bosqich ta’minlashga doir tadqiqot natijalaridan 2020–2022-yillarda amalga oshirilgan Britaniya Kengashi hamkorligida amalga oshirilgan “English as a school subject” 1683580-raqamli xalqaro loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 23-iyundagi 04-01/2965-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyiha doirasida ishlab chiqilgan dasturlar hamda tayyorlangan materiallarning mazmuni boyitilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda rus tili bo‘yicha kasbiy kompetentlikning rivojlanganlik darajasini baholash monitoringi bilimlar tizimliligini refleksiv baholovchi ichki (ta’lim jarayonida) va tashqi (yakuniy) o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga alaqodorligini raqamli baholash vositalari orqali optimallashtirilga doir takliflardan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2014 yil 17 iyuldagi 281-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalari mutaxassisligi chet tillar bo‘lmaganlarining chet tili bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish dasturi (minimal talablar)»ni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 22-apreldagi 02/02-1120-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy qilinishi oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining chet til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakillantirish mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan.