Tulanbaeva Shaxnozaxon Shavkatbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Manipulyativ nutqiy ta’sirning semantik-pragmatik va funksional jihatlari tadqiqi”, 10.00.11 - “Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD /Fil5442 
Ilmiy rahbar: Shaxabitdinova Shohida Hoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Gulyamova Shahnoza Qahramonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Xamidov Behzod Ahadovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: manipulyativ nutqiy ta’sirning kommunikativ – strategik jihatlari va uni nutqda faollashtiruvchi verbal va noverbal vositalarning semantik va pragmatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
manipulyasiya kompleks yondashuv asosida yashirin psixologik va kommunikativ ta’sir jarayoni, nafaqat manipulyator manfaatiga xizmat qiluvchi, balki ba’zi ijtimoiy, pedagogik yoki tarbiyaviy kontekstlarda manipulyasiya qilinuvchi manfaatlariga ham mos kelishi mumkin bo‘lgan murakkab nutqiy hodisa ekanligi asoslab berilgan;
manipulyativ ta’sirni voqelantiruvchi verbal va noverbal vositalarning turli diskurslarda funksional hamda semantik-pragmatik moslashuvchanligi aniqlanib, leksik-stilistik, fonatsion (intonatsiya, nutq sur’ati, tembr) va kinetik (imo-ishora, mimika, gavda harakati) vositalarning manipulyativ strategiyalarni shakllantirishdagi o‘rni hamda auditoriyaga ta’sir kuchini oshirishdagi integrallashgan usuli ochib berilgan; stilistik troplarning (metafora, epitet, taqqoslash, mubolag‘a, allyuziya) manipulyativ ta’sirdagi nisbatlari statistik jihatdan asoslangan;
manipulyativ strategiyalar uch yirik yo‘nalish asosida: 1) intellektga yo‘naltirilgan taktikalar (yolg‘on argumentatsiya, yolg‘on analogiya, avtoritet illyuziyasi, faktlarni selektiv ta’kidlash, tanlovdagi erkinlik illyuziyasi, terminologik bosim, diqqatni chalg‘itish); 2) irodaga yo‘naltirilgan taktikalar (takrorlash orqali ongga singdirish, stereotiplarni faollashtirish); 3) hissiyotga yo‘naltirilgan taktikalar (qo‘rqitish, tahdid, masxara, aybdorlik hissi, rahm-shafqat uyg‘otish, dialog illyuziyasini yaratish, maqtov-kompliment, “o‘zimiz-begona” oppozisiyasini shakllantirish va yorliq yopishtirish) asosida tasniflanishi isbotlangan;
manipulyativ nutqiy ta’sirning diskursga bog‘liq xususiyatlari hamda uning assertiv (xabar berish, tasdiqlash, baholash) va direktiv (buyruq berish, undash, iltimos, maslahat berish) nutqiy aktlarida faollashish darajasi aniqlanib, ushbu aktlarning muloqot jarayonidagi pragmatik vazifalari tahliliy materiallar asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Manipulyativ nutqiy ta’sirning lingvopragmatik xususiyatlari, uni yuzaga keltiruvchi strategiyalar va verbal hamda noverbal vositalarning diskursga bog‘liq holda faollashuvi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
manipulyativ ta’sirni voqelantiruvchi verbal va noverbal vositalarning turli diskurslarda funksional hamda semantik-pragmatik moslashuvchanligi aniqlanib, leksik-stilistik, fonatsion (intonatsiya, nutq sur’ati, tembr) va kinetik (imo-ishora, mimika, gavda harakati) vositalarning manipulyativ strategiyalarni shakllantirishdagi o‘rni hamda auditoriyaga ta’sir kuchini oshirishdagi integrallashgan usuli, shuningdek, stilistik troplarning (metafora, epitet, taqqoslash, mubolag‘a, allyuziya) manipulyativ ta’sirdagi nisbatlari statistik jihatdan asoslangan dissertatsiyadagi ilmiy xulosalar “№ IL-402104213. O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” davlat innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida loyiha materiallarini shakllantirish jarayonida qo‘llanilgan (Andijon davlat universitetining 2024-yil 24-apreldagi 39-01-488-son ma’lumotnomasi);
manipulyativ strategiyalarning uch yirik yo‘nalish asosida, ya’ni intellektga yo‘naltirilgan taktikalar (yolg‘on argumentatsiya, yolg‘on analogiya, avtoritet illyuziyasi, faktlarni selektiv ta’kidlash, tanlovdagi erkinlik illyuziyasi, terminologik bosim, diqqatni chalg‘itish), irodaga yo‘naltirilgan taktikalar (takrorlash orqali ongga singdirish, stereotiplarni faollashtirish) hamda hissiyotga yo‘naltirilgan taktikalar (qo‘rqitish, tahdid, masxara, aybdorlik hissi, rahm-shafqat uyg‘otish, dialog illyuziyasini yaratish, maqtov-kompliment, “o‘zimiz–begona” oppozisiyasini shakllantirish va yorliq yopishtirish) asosida tasniflanishi isbotlangan ilmiy natijalar Andijon davlat universitetida bajarilgan “OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi davlat fundamental tadqiqot loyihasi doirasida loyihani amalga oshirish jarayonida tatbiq etilgan (Andijon davlat universitetining 2024-yil 24-apreldagi 39-01-489-son ma’lumotnomasi);
manipulyasiya yashirin psixologik va kommunikativ ta’sir jarayoni sifatida talqin qilinib, uning faqat manipulyator manfaatiga yo‘naltirilgan hodisa emas, balki ijtimoiy-ma’rifiy kontekstda auditoriya manfaatlariga ham mos kelishi mumkin bo‘lgan murakkab nutqiy hodisa ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan, shuningdek manipulyativ nutqiy ta’sirning diskursga bog‘liq xususiyatlari hamda uning assertiv (xabar berish, tasdiqlash, baholash) va direktiv (buyruq berish, undash, iltimos, maslahat berish) nutqiy aktlarida faollashish darajasi aniqlangan. Mazkur ilmiy xulosalar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi tomonidan 2025-yil may–iyun oylarida tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot” hamda “Adabiy jarayon” eshittirishlari ssenariylarini ishlab chiqishda amaliyotga tatbiq etilib, eshittirishlar mazmunini shakllantirishda ushbu nutqiy aktlarning muloqot jarayonidagi pragmatik vazifalari hisobga olingan holda dissertatsiyada asoslangan nazariy xulosalarning amaliy qo‘llanilishi ta’minlandi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasining 2025-yil 26-iyundagi 05-09-1027-son ma’lumotnomasi).    

 

 

 

 


Ilmiy kengash rais:                                        D.A.Rustamov
Ilmiy kengash kotibi:                                     A.Dj.Atabaev
Ilmiy rahbar:                                                  Sh.H.Shaxabitdinova
Talabgor:                                                        Sh.Sh.Tulanbaeva

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish