Davlatboev Muzaffar Odiljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Xinazolin-4-on va uning 2(H,metil)-3-alkil almashgan hosilalari asosidagi organik tuzlar va d-metallari komplekslari sintezi, rentgenstrukturaviy hamda termogravimetrik tahlili», 02.00.01 – Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/K966.
Ilmiy rahbar: Sattarov To‘lqinjon Abdusattor o‘g‘li, texnika fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.12.05.
Rasmiy opponentlar: Muqumova Gulvar Jumaevna, kimyo fanlari doktori, dotsent; Razzoqova Surayyo Razzoqovna, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xinazolin-4-on va uning 2(H,Ch3)-3-alkil almashgan hosilalari asosida d-metall kompleks birikmalarini sintez qilish, ularning kristall va molekulyar tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor xinazolinning Cu(II), Co(II), Mn(II) metall kationlari bilan 3 ta yangi metallokompleks birikmalari hamda xlorid, nitrat kislotalar bilan 8 ta yangi organik tuzlari sintez qilingan, Kembridj kristallografik ma’lumotlar bazasidan (Cambridge Crystallographic Data Center) tegishli, 2515307, 2503067, 2502790, 2502576, 2391475, 2479539, 2469695, 2349187 depozit raqamlari olingan;
RTT, IQ- spektroskopiya, termogravimetrik analiz (TGA), differensial termik analiz (DTA) tahlil usullari yordamida olingan kompleks birikmalar va organik tuzlarning tarkibi, tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari tahlil qilindi, olingan metallokomplekslar tetraedr tuzilishli fazoviy shakllarni namoyon qilishi Mercury, PLATON, SHELXS, SHELXL dasturlari yordamida aniqlangan;
2(3)-alkil almashingan xinazolin hosilalarining Cu(II), Co(II), Mn(II) kationlari asosida olingan kompleks birikmalarining Hirshfeld sirt tahlillari CrystalExplorer 17.5 dasturi yordamida o‘rganilganda, tasirlashuvlarning ko‘proq ulushi H∙∙∙H va O∙∙∙H/O∙∙∙H bog‘lari o‘rtasida bo‘lishi isbotlangan;
sintez qilingan yangi [HCl•(2,3-DMX)], [HNO3‧X-4-on] tarkibli organik tuzlarning Fusarium, Alternaria, Phytophthora kabi zamburug‘larga qarshi biologik faollik namoyon qilishi In-vitro usuli yordamida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xinazolin-4-on va uning 2(H,Ch3)-3-alkil almashgan hosilalarining Co(II), Cu(II) va Mn(II) metallari xlorid va nitrat kislota bilan hosil qilgan kompleks birikmalarini kristall tuzilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tuzilishi quydagicha [CoCl4‧(2,3M-X-4on)2], [HNO3‧(3-O,X-4on)] , [HNO3‧X-4-on], [HCl‧ (2,3-DMX)], [HNO3‧ (3-N,X-4on)], [HNO3‧(3-O,X-4on)], [CuCl4‧(X-4on)2], [HNO3‧ (2,3-DMX] tarkibli kompleks birikmalar Kembridj kristallografiya ma’lumotlar bazasi (CCDC) ga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam.ac.uk/structures/; CCDC depozit raqamlari: 2515307, 2503067, 2502790, 2502576, 2391475, 2479539, 2469695, 2349187). Natijada boshqa o‘xshash birikmalarning fizik-kimyoviy va geometriya parametrlarini aniqlash uchun ishlatilish imkonini beradi;
xinazolin-4-on va uning 2(H,Ch3)-3-alkil almashgan hosilalarining d-metallar bilan kompleks birikmasi Tojikistoning “Chemical characterization of the medicinal and endemic plans growing in Tojikistan” ilmiy laboratoriyasida (Grant No: CAM202203) raqamli grant loyihasida foydalanilgan (Xitoy-Tojikiston tabiiy maxsulotlar innovatsion markazining ma’lumotnomasi). Natijada patogen zamburug‘larga qarshi yuqori samarali fungisid xususiyatlarga ega yangi preparatlar sintez qilish imkonini bergan;
sintez qilingan kompleks birikmaning kristall tuzilishidan olingan ma’lumotlaridan O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti Organik sintez va o‘simliklar himoyasi bo‘limida bajarilgan “Qishloq xo‘jaligi va tibbiyot ehtiyojlari uchun biologik faol vositalarni yaratishda tabiiy va sintetik organik birikmalardan maqsadli foydalanishning ilmiy asoslari” mavzusidagi bazaviy fundamental loyihani bajarish jarayonida tanlangan tegishli xinazolon, benzimidazol, benzoksazol va boshqa geterotsiklik birikmalarning fazoviy tuzilishini o‘rganishga va kristallda molekulalararo ta’sirlashuvlarni tahlil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025-yil 11-sentabrdagi 4/1255-2195-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu birikmalarni metallar bilan yangi komplekslarini kimyoviy tuzilishini to‘liq isbotlash imkonini bergan.