Uzakbaev Kamal Axmet ulining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Deemulgatorlar kompozisiyasini qo‘llab neftlarni kompleks tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4826.
Ilmiy rahbar: Ochilov Abduraxim Abdurasulovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.16.05.
Rasmiy opponentlar: Beisenbaev Oral Kurganbekovich, texnika fanlari doktori, professor; Salixanova Dilnoza Saidakbarovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: deemulgatorlar kompozisiyasini qo‘llab neftlarni kompleks tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
deemulgator olishda ishlatilgan kompressor moyi, chiziqli alkil benzolsulfonatga natriy gidroksidning 40% li eritmasi bilan ishlov berib olingan mahsulot hamda kalsiy stearatning 50:30:20 foiz nisbatlarida eng maqbul tarkib ekanligi isbotlangan; 
deemulgatorlar tarkibidagi kalsiy stearati ularning samaradorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, tizimda stabilizator vazifasini bajaradi va 20-25 % konsentratsiyada deemulgatorning qovushqoqlik xususiyatlarini yaxshilaydi, natijada ularning neft-suv fazalari chegarasida teng taqsimlanishi isbotlangan;
ishlab chiqilgan deemulgatorlar kompozisiyalarini qo‘llash natijasida, mahalliy neft tayyorlash qurilmasidagi turg‘un suv neftli emulsiyalarini suvsizlantirish darajasi 99,7% va qoldiq tuzsizlantirish darajasi 95,6% gacha ekanligi isbotlangan;
mahalliy neft tayyorlash qurilmalaridan olingan neftlarning yuqori turg‘un suv neftli emulsiyalarni parchalashda ishlab chiqilgan deemulgatorlar va elektromagnit maydon ta’siri bilan birgalikda qo‘llanilganda sinergetik effekt aniqlangan, bunda EMM chastotasi 2500 MGs, ta’sir vaqtini 1 daqiqa ish rejimi va 5 daqiqa to‘xtash rejimida eng maqbul sharoit ekanligi isbotlangan;
suv neftli emulsiyalarni parchalashda kimyoviy va elektr usullarini birgalikda qo‘llash natijasida deemulgator sarfini 1,5 martaga kamayishiga va jarayon samaradorligi 1,7 martagacha jadalishishi ilmiy asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Deemulgatorlar kompozisiyasini qo‘llab neftlarni kompleks tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
suv-neftli emulsiyalarni parchalash texnologiyasi “Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” da joriy qilingan (Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2025-yil 26-avgustdagi P01/TB-3371-son ma’lumotnomasi). Natijada, Janubiy Kemachi neft koni SNElarini deemulgirlash jarayoni vaqtini 1,5 martaga kamaytirish va suvsizlanish darajasini 99,6%, qoldiq tuzlar miqdorini 99 mg/dm3 gacha tozalash imkonini bergan;
deemulgator kompozisiyalari va kombinatsiyalashgan usulda turg‘un suv-neftli emulsiyalarni suvsizlantirish texnologiyasi “Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”da joriy qilingan (Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2025-yil 26-avgustdagi P01/TB-3371-son ma’lumotnomasi). Natijada, KD-6 deemulgatorining 90 g/t sarfida suv neftli emulsiyalarini I- va II- guruh neftlari darajasigacha tayyorlash imkonini bergan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish