Abduraxmanova Azada Djuraevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oziq-ovqat sanoati  mahsulotlarining sifatini aniqlash va  tovarlar nomenklaturasi asosida tasniflash  usullarini takomillashtirish», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/T494.
Ilmiy maslahatchi: Karimqulov Qurbonqul Mavlanqulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.07.04. 
Rasmiy opponentlar: Axmadaliev Maxamadjon Axmadalievich, texnika fanlari doktori, professor; Yo‘lchiev Aslbek Baxtiyorbekovich, texnika fanlari doktori, dotsent; To‘raev Zokirjon, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi:  Toshkent kimyo-texnologiya instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bojxona amaliyotida eksport-import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini kimyoviy tarkibi asosida ilmiy asoslangan tarzda to‘g‘ri tasniflash va TIF TN kodlarini aniqlash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasiga import qilinadigan yog‘-moy mahsulotlarini identifikatsiyalashda yog‘ kislotalari spektri, gliseridlar strukturasi, sterollar profili va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlar majmuasiga tayangan kompleks ilmiy-metodik yondashuv ishlab chiqilgan;
margarin va sariyog‘ mahsulotlarini differensial ajratishda yog‘ kislotalari tarkibidagi tetradesen kislotasining mavjudligi yoki etishmasligi mahsulotni identifikatsiya qilishda yuqori sezgirlikka ega bo‘lgan kimyoviy diagnostik marker ekanligini statistik va eksperimental natijalar asosida ilmiy jihatdan asoslangan; 
yog‘ kislotalari spektrini gaz–suyuqlik xromatografiyasida aniqlash uchun kolonna fazasi, harorat rejimi, tashuvchi gaz tezligi, piklarning rezolyusiyasi (Rs) va selektivlik koeffisientlarining optimal kombinatsiyasi asosida tahlil vaqti an’anaviy 32 daqiqadan 7 daqiqagacha qisqartirilgan, aniqlik va ajratish darajasi saqlangan holda tezkor va ishonchli aniqlash imkonini beruvchi analiz rejimi ishlab chiqilgan;
gaz–suyuqlik xromatografiyasi asosida yog‘ kislotalarini aniqlash usulida chiziqlilik (R² ≥ 0,999), aniqlik, takrorlanuvchanlik, robastlik va sezgirlik mezonlari qo‘llanilib, kompleks validatsiya modeli ilmiy asoslangan;
yog‘ mahsulotlaridagi trans-izomerlar miqdorini baholash uchun 9-trans-octadecenoic kislota pik maydoni va uning nisbiy ulushiga asoslangan yangi TI-index (Trans-Isomer Index) ilmiy ko‘rsatkichi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Margarin, sariyog va zaytun moyi va mahsulotlari tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi asosida tasniflashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
margarin, sariyog va zaytun moyi hamda ulardan tayyorlangan mahsulotlar tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha sinflanib, ularga 1509 90 000 1 va 1509 90 000 2 yangi xalqaro tovar kod raqamlari davlat bojxona qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy bojxona laboratoriyasining 2024-yil 23-oktabrdagi 17/05-24-1913-son ma’lumotnomasi). Natijada, kod raqamlarini noto‘g‘ri belgilash oqibatida yuzaga keladigan iqtisodiy zararlarning oldi olish imkonini bergan;
qayta ishlangan zaytun moylarini baholashda erish harorati asosiy o‘lchov ko‘rsatkichi sifatida belgilandi. Ishlab chiqilgan samarali laboratoriya metodlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat osoyishtaligi qo‘mitasi amaliyotiga tatbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat osoyishtaligi qo‘mitasining 2024-yil 8-oktabrdagi 02249611-son ma’lumotnomasi). Natijada, margarin, sariyog va zaytun moylari hamda ularning mahsulotlari ekspertizasining samaradorligini oshirib, ularni tez va sifatli tahlil qilish imkonini bergan;
margarin, sariyog‘ va zaytun moylari mahsulotlarini inson omili aralashuvisiz TIF TN kodlarini aniqlashga xizmat qiluvchi tezkor tahlil usullar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat osoyishtaligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat osoyishtaligi qo‘mitasining 2024-yil 16-sentyabrdagi 25-11/2568-son ma’lumotnomasi). Natijada, yog‘-moy mahsulotlari kod raqamlarini tezkor aniqlash va bojxona rasmiylashtiruvi muddatlarini qisqartirish imkonini bergan.
yog‘ kislotalari tarkibidagi sutli yog‘lilik darajasini aniqlash usuli O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi tasarrufidagi Sifat nazorati Markaziy laboratoriyasi amaliyotiga etilgan (O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi tasarrufidagi Sifat nazorati Markaziy laboratoriyasining 2024-yil 27-sentyabrdagi 396/24-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu usul oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini aniq va tez baholash imkoniyatini yaratdi hamda laboratoriya nazorati samaradorligini oshirdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish