Davletmuratova Bibiraushan Tileumuratovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Janubiy Orolbo‘yi sharoitida sassiq ferula (Ferula assa-foetida L) ning bioekologik xususiyatlari, muhofaza qilish va oqilona foydalanish choralari», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/B1505.
Ilmiy rahbar: Serekeeva Gulayım Abdigalievna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/2025.27.12.V.14.02.
Rasmiy opponentlar: Ajiev Alisher Baxtibaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Mamaraximov Oybek Muratovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Orolbo‘yi sharoitida Ferula assa-foetidaning bioekologik xususiyatlarini aniqlash, uni muhofaza qilish, va oqilona foydalanish choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor Janubiy Orolbo‘yi sharoitida (Amudaryo, Ellikqal’a, Beruniy tumanlari va Nukus shahri atrofi misolida) F. foetida ning ontogenezi, bioekologik xususiyatlari, shuningdek ildiz vaznining ko‘rsatkichlari uning yoshiga bog‘liqligi aniqlangan; 
ilk bor F. foetida ildiz tizimining o‘sish dinamikasi uning o‘sadigan joyga va ekologik omillarga bog‘liqligi, qolaversa biomassa ko‘rsatkichlarining tuproq sho‘rlanishiga korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan; 
Janubiy Orolbo‘yi tabiiy sharoitida kovrakzor (Ferula assa-foetida L.) fitotsenozlarining assotsiatsiyalari aniqlanib, ularning tarkibi va hudud bo‘yicha tarqalishi baholangan, shuningdek  ularning ekotizimdagi ahamiyati ilmiy jihatdan ochib berilgan;
Janubiy Orolbo‘yi sharoitida kovrakzor fitotsenozlarining ekologik-optimal diapazoni kompleks baholandi, bunda tuproq sho‘rlanish darajasi, namlik rejimi va antropogen bosimning o‘zaro bog‘liqligi asosida kovrak tarqalishining kritik chegaralari aniqlangan;
Janubiy Orolbo‘yi sharoitida keng maydonlarda kovrakzor (Ferula assa-foetida L.) fitotsenozlarini saqlash va ulardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslangan kompleks chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubiy Orolbo‘yi sharoitida F. foetida ning bioekologik xususiyatlarini aniqlash,  muhofaza qilish va oqilona foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
F. foetida tarqalishining ekologik yaruslari, ontogenetik tuzilishi va senopopulyasiyalarini aniqlash, hamda turli hududlardagi populyasiyalarining tarqalish xususiyatlarini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim uzgarishi vazirligining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim uzgarishi vazirligining 2023 yil 12 iyuldagi 01/18-1817-son ma’lumotnomasi). Natijada, atrof-muhitning landshaft-ekologik sharoiti dinamikasini va Janubiy Orolbo‘yi ekotizimlarining antropogen o‘zgarishlar darajasini ko‘rsatuvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqishda F. foetida populyasiyasining axborot tavsiflardan foydalanish imkonini bergan; 
Janubiy Orolbo‘yi hududida F. foetida ning bioresurs salohiyatini saqlash va qayta tiklash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2023 yil 28 apreldagi 1-189-son ma’lumotnoması). Natijada, F. foetida o‘simligining shifobaxsh xususiyatlarini hisobga olgan holda, uni etishtirish uchun plantatsiyalar yaratish bo‘yicha ilmiy asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish