Otenova Farida Tolegenovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Orolbo‘yining sug‘oriladigan erlaridagi tuproqlar holatini kompleks ekologik baholash (monitoring, muhofaza qilish va  oqilona foydalanish», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/V293.
Ilmiy maslahatchi: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professsor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/2025.27.12.V.14.02.
Rasmiy opponentlar: Shamuratova Nagima Genjemuratovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, rrofessor; Saidova Munisa Ergashevna, biologiya fanlari doktori, professor; Xusanova Onara Gaybullaevna, biologiya fanlari doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Orolbo‘yining sug‘oriladigan erlaridagi tuproqlar holatini kompleks ekologik baholash, monitoringini olib borish, muhofaza qilish hamda oqilona foydalanish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Janubiy Orolbo‘yi hududi agrolandshaftlarida tuz to‘planish jarayonlarining barqaror xarakterga egaligi hamda mavjud sho‘r yuvish tadbirlarining past samaradorligini tasdiqlovchi ekologik stagnatsiya omillari aniqlangan, bunda kuchli sho‘rlangan maydonlar ulushining 3,9-4,7% darajasida saqlanib qolayotgani mazkur holatning indikatori sifatida ekanligi asoslab berilgan;
Janubiy Orolbo‘yi sharoitida tuz almashinuvi dinamikasi va yo‘nalishini belgilovchi tuproqlarning fizik-kimyoviy xossalari, sug‘orish texnologiyasi, sifati va tabiiy drenaj samaradorligi kabi omillar majmuasi hamda drenaj oqimi tarkibidagi chuqurlik tuzlari hajmining kattaligi 20% dan 60% gacha ko‘rsatkichni tashkil etib, bu hududning gidrogeologik sharoitlarini, shuningdek, drenajlarning joylashish chuqurligi va chastotasini belgilashi aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir, Kegeyli va Nukus tumanlarida o‘ta og‘ir darajadagi sho‘rlanish jarayonlari ustunlik qilishi (maydonlarning 42,8-57,5 foizida yuqori va juda yuqori sho‘rlanish darajasi) NDSI indeksi va degradatsiya risklarini baholash algoritmlari asosida ochib berilgan;
qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi bilan sug‘orish uchun beriladigan suv hajmi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklar natijasida  korrelyasiya koeffisienti R=0,55±0,81 oralig‘ida va ko‘p darajali determinatsiya koeffisienti esa 0,31±0,65 ni tashkil etib, bu esa Qoraqalpog‘istonning tumanlarida donli ekinlar hosildorligiga qo‘shimcha  omillar majmuasining (suv resurslari va boshqalar) ta’siri yuqori  ekanligi aniqlangan;
GAT-texnologiyalari yordamida Orolbo‘yi sug‘oriladigan erlarining ekologik holati aks ettirilgan kartosxemalar ishlab chiqilgan hamda Janubiy Orolbo‘yi fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish bazasini shakllantirishning poydevori sifatida erlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
masofadan zondlash usullari va GAT-texnologiyalaridan foydalanish Janubiy Orolbo‘yi agrotizimlari monitoringining innovatsion tizimlarini shakllantirishda yuqori xavf hududlarini tezkor aniqlash hamda er resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish imkonini berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Orolbo‘yining sug‘oriladigan erlaridagi tuproqlar holatini kompleks ekologik baholash (monitoring, muhofaza qilish va  oqilona foydalanish) bo‘yicha olingan natijalar asosida:    
Janubiy Orolbo‘yi hududidagi tuproqning degradatsiya darajasini aniqlash va asosiy atrof-muhit omillarining tuproqning fizik-kimyoviy, kimyoviy, morfologik va biologik xususiyatlariga ta’sirini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar hamda chora-tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 29 oktyabrdagi 02-01/18-2-3557-son ma’lumotnomasi). Natijada, Janubiy Orolbo‘yi hududidagi qishloq xo‘jaligi erlarining tuproq unumdorligini saqlash va tiklash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish imkoninini bergan;
ekologik sharoitlar majmuasini hisobga olgan holda erlardan foydalanish va ularni yaxshilash, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining moslashuvchanligini, barqarorligini va tabiatni muhofaza qilishdagi rolini oshirishga qaratilgan Orolbo‘yi hududi agrolandshaftlarini boshqarish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 14 noyabrdagi 01/01-4488-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi erlarining degradatsiyasini va tuproq eroziyasining salbiy jarayonlarini rivojlanishining oldini olish hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barqarorligini ta’minlash maqsadida, samarali ekotizimlarning nomutanosiblik koeffisientlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
Orolbo‘yi hududidagi tabiiy va degradatsiyaga uchragan tuproqlarning fazoviy hududiyligini aniqlash maqsadida, kollektor-drenaj tizimidagi suv resurslarini tumanlar kesimida differensiyalash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Janubiy Orolbo‘yi mintaqasidagi tabiiy va degradatsiyaga uchragan tuproqlarning ekologik monitoringini o‘tkazishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 16 yanvardagi 01/04-3-17a-son ma’lumotnomasi). Natijada, Janubiy Orolbo‘yi mintaqasidagi fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish bazasi asosi sifatida erlarning unumdorligini qayta tiklash, muhofaza qilish va mahsuldor dehqonchilikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish