Kurbanov Abduraxmon Alishboevichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Insonning emotsional holatiga baho berish usullari va modifikatsiyalangan algoritmlari”, 05.01.02 – “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.4.PhD/T4162.
Ilmiy rahbar: Qalandarov Aziz Abdukayumovich, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.10/2025.27.12.FM/T.01.08 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xusnutdinova Xamida Xafizovna, texnika fanlari doktori, professor; Nazarov Fayzullo Maxmadiyarovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi.  Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi mashinaviy o‘qitish algoritmlariga asoslangan holda real vaqt rejimida inson yuz ifodalarini tahlil qilish orqali emotsional holatni aniqlovchi intellektual tizim hamda mazkur tizim asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilishga ko‘maklashuvchi algoritmlar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
real vaqt rejimida ishlovchi inson yuz ifodasi asosida emotsional holatini aniqlovchi integrallashgan tizimning gibrid arxitekturasi ishlab chiqilgan;
inson yuz ifodalarini tahlil qilish orqali emotsional holatini aniqlash uchun ilgʻor konvolusion neyron tarmoqlarni stacking yondashuvi asosida birlashgan ensemble modeli ishlab chiqilgan;
insonning emotsional holatini aniqlashning vaqt bo‘yicha barqarorligini oshirishga qaratilgan ierarxik arxitekturali adaptiv konvolusion neyron tarmog‘i modeli ishlab chiqilgan;
birlashgan ensemble modeli va ierarxik arxitekturali adaptiv model asosida aniqlik va kechikish o‘rtasidagi muvozanatni real vaqt rejimida dinamik ravishda ta’minlash va optimallashtirishga qaratilgan adaptiv boshqaruv mexanizmini o‘z ichiga olgan dasturlar majmuasi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Insonning emotsional holatini aniqlash uchun ishlab chiqilgan chuqur o‘rganish modellaridan foydalanish bo‘yicha olingan natijalari asosida:
birlashgan ensemble modeli asosida ishlovchi hissiyotlarni aniqlash dasturiy majmua “Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiy markazning” Psixiatriya xizmati bo‘yicha Sirdaryo viloyati filialida hamda  Sirdaryo viloyati “Astro-NeyroMED” xususiy klinikasida xodimlarning hissiy holatini kuzatish orqali ularning ish samaradorligini oshirish maqsadida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 33-8/9304-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuz ifodalarining tahlili uchun ketadigan vaqtni 2 barobarga, yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarni esa 7-11% ga kamaytirishga erishilgan;
ierarxik moslashgan arxitekturali DeepFaceEmocNet25 modeli asosida ishlovchi hissiyotlarni aniqlash dasturiy majmuasi Sirdaryo viloyati “Guliston shahar dehqon bozori” MChJ da hamda Sirdaryo viloyati “Sabr-shukur” xususiy klinikasida xodimlarning ruhiy salomatligini aniqlash orqali ularning mehnat unumdorligini oshirish maqsadida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 33-8/9304-son ma’lumotnomasi). Natijada, xodimlarning mehnat unumdorligini 5-8% ga oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish