Boboxo‘jaeva Fotima Kaxramonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Banklar faoliyatida mijozlarga yo‘naltirilgan marketing strategiyasidan foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.11-“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2034.
Ilmiy rahbari: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.1.23.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qorieva Yoqutxon Karimovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor, dotsent, Ne’matov Innatilla Ubaydullaevich iqtisodiyot fanlari bo‘ycha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Banklar faoliyatida mijozlarga yo‘naltirilgan marketing strategiyasidan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “bank marketingi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tijorat banklarida mijoz markazlashgan strategik boshqaruv tizimi sifatida, ularning bank mahsulotlari va xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlari, kutilmalari hamda xulq-atvor xususiyatlarini tizimli o‘rganish, shakllantirish va individuallashtirilgan qiymat takliflari orqali samarali qondirishga yo‘naltirilgan uzlyuksiz boshqaruv jarayonlari majmui sifatida takomillashtirilgan;
Tizimli tenglamalarni modellashtirish (PLS-SEM) usulida tijorat banklarida munosabatlar marketingini shakllantiruvchi asosiy omillar hisoblangan mijoz qoniqishi (wCSI=0,207), qiymat yaratish (wCVC=0,197), shikoyatlarni boshqarish (wCh =0,217), sadoqlik (wCL =0,200), saqlab qolish (wCR =0,218) hamda bank uchun qoshilgan qiymati (wCLV=0,218) ko‘rsatkichlarning yuqori ijobiy va statistik ahamiyatli ta’siri asosida mijozlarga yo‘naltirilgan strategik qarorlar qabul qilish taklifi asoslangan;
“Mikrokreditbank” ATB mijozlari segmentlarining xulq-atvor va ehtiyojlaridagi dinamik o‘zgarishlarga tezkor moslashuvchan, brendingga yo‘naltirilgan va ma’lumotlarga asoslangan raqamli marketing kanallarida faollikni ta’minlashga qaratilgan integral marketing strategiyalari yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan;
Tijorat banklarining mijozlar bilan samarali munosabatlarga asoslangan marketing faoliyatini tashkil etuvchi bo‘limlari tarkibini uslubiy va metodologik jihatdan yangi yo‘nalishda “Ijtimoiy yo‘naltirilgan marketing modeli” tizimi asosida shakllantirishda CRM tizimi, ko‘p kanalli marketing, ma’lumotlar tahlili, ijtimoiy faoliyatlar va munosabatlar marketingi dastaklaridan foydalanish asoslangan;
“Mikrokreditbank” ATBning mijozlarga yo‘naltirilgan marketing omillari ta’sirini ekonometrik modellashtirish asosida bank daromadlari o‘zgarishlarining 2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Banklar faoliyatida mijozlarga yo‘naltirilgan marketing strategiyasidan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “bank marketingi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini bank mahsulotlari va xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlari, kutilmalari hamda xulq-atvor xususiyatlarini tizimli o‘rganish, shakllantirish va individuallashtirilgan qiymat takliflari orqali samarali qondirishga yo‘naltirilgan uzlyuksiz boshqaruv jarayonlari majmui sifatida takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan “Xizmatlar marketingi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-maydagi 237-sonli hamda 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrugʻi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda bank va mijoz o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda jalb etish, saqlab qolish, rivojlantirish va mijoz qiymatini oshirish bankning raqobatbardoshligi, uzoq muddatli daromadliligi hamda ijtimoiy masʼuliyatini uygʻun ta’minlashga qaratilgan uzlyuksiz boshqaruv jarayonlari majmuini sifatida takomillashtirilgan tushunchasi bo‘yicha nazariy bilim va ko‘nikmalarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
Tizimli tenglamalarni modellashtirish (PLS-SEM) usulida tijorat banklarida munosabatlar marketingini shakllantiruvchi asosiy omillar hisoblangan mijoz qoniqishi (wCSI=0,207), qiymat yaratish (wCVC=0,197), shikoyatlarni boshqarish (wCh =0,217), sadoqlik (wCL =0,200), saqlab qolish (wCR =0,218) hamda bank uchun mijoz qiymati (wCLV=0,218) ko‘rsatkichlarning yuqori ijobiy va statistik ahamiyatli ta’siri asosida mijozlarga yo‘naltirilgan strategik qarorlar qabul qilish taklifi “Mikrokreditbank” ATB faoliyatida joriy etilgan. (“Mikrokreditbank” ATBning 2026-yil 30-yanvardagi 03-14/2432-son ma’lumotnomasi). Natijada bankda mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish mexanizmlari takomillashtirilib, mijozlarni saqlab qolish va xizmatlardan qoniqish darajasini barqaror o‘sishiga erishilgan.
Taklif etilgan tijorat banklarida mijozlar segmentlarining xulq-atvor va ehtiyojlaridagi dinamik o‘zgarishlarga tezkor moslashuvchan, brendingga yo‘naltirilgan va ma’lumotlarga asoslangan raqamli marketing kanallarida faollikni ta’minlashga qaratilgan integral marketing strategiyalari yo‘l xaritasi “Mikrokreditbank” ATB faoliyatida foydalanilgan (“Mikrokreditbank” ATBning 2026-yil 30-yanvardagi 03-14/2432-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida “Mikrokreditbank” ATBning raqamli kanallar samaradorligi sezilarli oshirishga erishilgan. Jumladan, raqamli kanallar orqali yangi mijozlarni jalb qilish darajasi 42 foizdan 60 foizga oshgan, mijoz jalb qilish xarajatlari 2024-yilga nisbatan 2025-yilda 7,8 foizga kamaygan hamda bank daromadlarining barqaror o‘sishi va raqobatbardoshlikning mustahkamlanishini ta’minlangan.
Tijorat banklarining mijozlar bilan samarali munosabatlarga asoslangan marketing faoliyatini tashkil etuvchi bo‘limlari tarkibini uslubiy va metodologik jihatdan yangi yo‘nalishda “Ijtimoiy yo‘naltirilgan marketing modeli” tizimi asosida shakllantirishda CRM tizimi, ko‘p kanalli marketing, ma’lumotlar tahlili, ijtimoiy faoliyatlar va munosabatlar marketingi dastaklaridan foydalanish taklifi “Mikrokreditbank” ATB faoliyatida joriy etilgan (“Mikrokreditbank” ATBning 2026-yil 30-yanvardagi 03-14/2432-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida ijtimoiy yo‘naltirilgan marketing ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan hamda bankning ijtimoiy yo‘naltirilgan muammolarga moliyaviy resurslarni jalb qilish darajasi 2025-yilda 2024-yilga nisbatan 8,9 foizga oshirishga erishilgan. Shuningdek, ijtimoiy yo‘naltirilgan faol marketing siyosati orqali bank raqobatbardoshligini oshirish, mijozlar qoniqish darajasini yaxshilash va moliyaviy inklyuzivlikni kengaytirishga erishilgan.
Mijozlarga yo‘naltirilgan marketing omillari ta’sirini ekonometrik modellashtirish asosida bank daromadlari o‘zgarishlarining 2030-yilga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlaridan “Mikrokreditbank” ATB faoliyatida foydalanilgan (“Mikrokreditbank” ATBning 2026-yil 30-yanvardagi 03-14/2432-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Mikrokreditbank” ATB va uning hududiy filiallarida kredit portfelini, olinadigan komission daromadlarni rejalashtirish va mijozlarga tabaqalashtirilgan xolda taqdim qilish, mobil ilova foydalanuvchilar sonini oshirish va raqamli tranzaksiyalar ulushi yanada ko‘paytirish bo‘yicha strategik maqsadlarni belgilashga erishilgan.