Mirsaidova Umida Akmalovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dermatopatiyalar bilan bog‘liq endokrin kasalliklarning klinik, gormonal, diagnostik jihatlari”, 14.00.03 – «Endokrinologiya» va 14.00.11 – «Dermatologiya va venerologiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Tib836.
Ilmiy maslaxatchilar: Xalimova Zamira Yusufovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. Sabirov Ulugbek Yusupxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.10.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Najmutdinova Dilorom Kamartdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raxmatov Akrom Baratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Troshina Ekaterina Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti
II. Tadqiqotning maqsadi: endokrin kasalliklar bilan ogrigan bemorlarda dermatopatiyalarning rivojlanishida klinik-metabolik, immunologik va genetik omillarning kompleks baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yetakchi dermatopatiyalar (psoriaz, vitiligo, atopik dermatit) bilan bog‘liq holda eng ko‘p uchraydigan endokrinopatiyalar (semizlik, 2-tur qandli diabet, surunkali autoimmun tireoidit) bilan og‘rigan bemorlarda kompleks qiyosiy tahlili orqali klinik, metabolik va immun-yallig‘lanish ko‘rsatkichlarning spesifik xususiyatlari namoyon bo‘lishi aniqlangan;
dermatopatiyalarning tuzilishi va uchrash chastotasi kasallikning nozologik shakliga, jinsiga, yoshiga, kasallik davomiyligiga va qalqonsimon bezning funksional holatiga bog‘liq ravishda sezilarli farqlanishi isbotlangan;
endokrinopatiyalarning davomiyligi va metabolik buzilishlarning og‘irligi dermatopatiyalarning rivojlanish chastotasi va klinik polimorfizmini belgilovchi asosiy omillar ekanligi isbotlangan;
ilk bor turli endokrinopatiyalarda xarakterli immun-yallig‘lanish patternlari aniqlanib, semizlik va 2-tur qandli diabetda IL-6, IL-17, TNF-α, S-reaktiv oqsil va VEGF miqdorining ortishi bilan tizimli yallig‘lanish kuzatilishi, autoimmun tireoiditda esa TNF-α, IL-6 va IL-1 ustunligi bilan kechuvchi autoimmun yallig‘lanish javobi ustunlik qilishi isbotlangan;
semizlik va 2-tur qandli diabetda IL-6 (C174G) va SOD2 (Ala16Val) genlarining polimorfizmlari assotsiatsiyasi tufayli dermatopatiyalar rivojlanishiga genetik moyillik borligi, IL-6 va SOD2 genlarning kichik allellari mustaqil prediktor sifatida ahamiyatini saqlab qolishi va kombinatsiyada teri asoratlari rivojlanish xavfini oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Endokrin kasalliklar bilan ogrigan bemorlarda dermatopatiyalarning rivojlanishida klinik-metabolik, immunologik va genetik omillarning kompleks baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor yetakchi dermatopatiyalar (psoriaz, vitiligo, atopik dermatit) bilan bog‘liq holda eng ko‘p uchraydigan endokrinopatiyalar (semizlik, 2-tur qandli diabet, surunkali autoimmun tireoidit) bilan og‘rigan bemorlarda kompleks qiyosiy tahlili orqali klinik, metabolik va immun-yallig‘lanish ko‘rsatkichlarning spesifik xususiyatlari namoyon bo‘lishi aniqlanganligi buyicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 8 iyulda 4-son bilan tasdiqlangan «Endokrin kasalliklar molekulyar-genetik diagnostikasi va ularning dermatologik ko‘rinishlari» va «Endokrin va teri patologiyasi xavf omillari sifatida SOD2 va IL-6 polimorfizmlarini baholash» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Kashkadare viloyati filiali bo‘yicha 06.09.2025 yildagi 135T-son hamda Samarkand viloyat filiali bo‘yicha 10.09.2025 yildagi 35u-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 12 yanvardagi 01/45-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: semizlik, 2-tur qandli diabet va autoimmun tireoidit bilan og‘rigan bemorlarda dermatologik ko‘rinishlarni fanlararo baholash assotsiatsiyalangan teri patologiyalarini erta bosqichlarda 27% ga ko‘proq aniqlash imkonini berdi, bu esa shaxsiylashtirilgan kuzatuv samaradorligini oshirdi. Iqtisodiy samaradorligi: asosiy laborator va klinik ko‘rsatkichlarga asoslangan kompleks baholash qo‘shimcha konsul`tatsiyalar va qimmat diagnostik muolajalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirib, tekshiruvga sarflanadigan mablag‘lar o‘rtacha 18% ga iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: dermatopatiyalarning tuzilishi va uchrash chastotasi kasallikning nozologik shakliga, jinsiga, yoshiga, kasallik davomiyligiga va qalqonsimon bezning funksional holatiga bog‘liq ravishda sezilarli farqlanishi isbotlanganligi buyicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashining 2025 yil 8 iyulda 4-son bilan tasdiqlangan «Endokrin kasalliklar molekulyar-genetik diagnostikasi va ularning dermatologik ko‘rinishlari» va «Endokrin va teri patologiyasi xavf omillari sifatida SOD2 va IL-6 polimorfizmlarini baholash» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Kashkadare viloyati filiali bo‘yicha 06.09.2025 yildagi 135T-son hamda Samarkand viloyat filiali bo‘yicha 10.09.2025 yildagi 35u-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 12 yanvardagi 01/45-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yosh-jins bo‘yicha stratifikatsiya algoritmini joriy etish autoimmun tireoidit bilan ogrigan ayollarda dermatopatiyalarning yashirin shakllarini aniqlashni 31% ga oshirib, o‘z vaqtida tibbiy aralashuvni ta’minladi. Iqtisodiy samaradorligi: mavjud klinik-anamnestik ma’lumotlardan foydalanish qimmat laborator tahlillar va instrumental tekshiruvlarga bo‘lgan ehtiyojni 24% ga kamaytirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
uchinchi ilmiy yangilik: endokrinopatiyalarning davomiyligi va metabolik buzilishlarning og‘irligi dermatopatiyalarning rivojlanish chastotasi va klinik polimorfizmini belgilovchi asosiy omillar ekanligi isbotlanganligi buyicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashining 2025 yil 8 iyulda 4-son bilan tasdiqlangan «Endokrin kasalliklar molekulyar-genetik diagnostikasi va ularning dermatologik ko‘rinishlari» va «Endokrin va teri patologiyasi xavf omillari sifatida SOD2 va IL-6 polimorfizmlarini baholash» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Kashkadare viloyati filiali bo‘yicha 06.09.2025 yildagi 135T-son hamda Samarkand viloyat filiali bo‘yicha 10.09.2025 yildagi 35u-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 12 yanvardagi 01/45-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: endokrin-metabolik kontinuum konsepsiyasining joriy etilishi uzoq muddatli anamnezida qandli diabet va semizlik bo‘lgan bemorlarni profilaktik kuzatuvga olish imkonini yaratib, kuzatuvning birinchi yilida og‘ir dermatopatiyalar chastotasini 19% ga kamaytirgan. Iqtisodiy samaradorligi: kasallik davomiyligi va asosiy metabolik ko‘rsatkichlarni qo‘zg‘atuvchi omillar sifatida baholash ikkillamchi laborator tekshiruvlar hajmini 22% ga qisqartirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor turli endokrinopatiyalarda xarakterli immun-yallig‘lanish patternlari aniqlanib, semizlik va 2-tur qandli diabetda IL-6, IL-17, TNF-α, S-reaktiv oqsil va VEGF miqdorining ortishi bilan tizimli yallig‘lanish kuzatilishi, autoimmun tiroiditda esa TNF-α, IL-6 va IL-1 ustunligi bilan kechuvchi autoimmun yallig‘lanish javobi ustunlik qilishi isbotlanganligi buyicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashining 2025 yil 8 iyulda 4-son bilan tasdiqlangan «Endokrin kasalliklar molekulyar-genetik diagnostikasi va ularning dermatologik ko‘rinishlari» va «Endokrin va teri patologiyasi xavf omillari sifatida SOD2 va IL-6 polimorfizmlarini baholash» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Kashkadare viloyati filiali bo‘yicha 06.09.2025 yildagi 135T-son hamda Samarkand viloyat filiali bo‘yicha 10.09.2025 yildagi 35u-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 12 yanvardagi 01/45-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kontinuum modelini joriy etish teri belgilari mavjud bemorlarda tizimli buzilishlarni erta aniqlashni 29% ga oshirdi, asoratlarning oldini olish imkoniyatlarini kengaytirdi hamda bemorlarni mutaxassislarga yo‘naltirish jarayonini optimallashtirgan. Iqtisodiy samaradorligi: endokrinologiya amaliyotida teri simptomlarini kompleks baholash ortiqcha laborator va instrumental tekshiruvlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirib, tashxis qo‘yish uchun sarflanadigan mablag‘lar o‘rtacha 21% ga iqtisod qilinadi;
beshinchi ilmiy yangilik: semizlik va 2-tur qandli diabetda IL-6 (C174G) va SOD2 (Ala16Val) genlarining polimorfizmlari assotsiatsiyasi tufayli dermatopatiyalar rivojlanishiga genetik moyillik borligi, IL-6 va SOD2 genlarning kichik allellari mustaqil prediktor sifatida ahamiyatini saqlab qolishi va kombinatsiyada teri asoratlari rivojlanish xavfini oshirishi isbotlanganligi buyicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashining 2025 yil 8 iyulda 4-son bilan tasdiqlangan «Endokrin kasalliklar molekulyar-genetik diagnostikasi va ularning dermatologik ko‘rinishlari» va «Endokrin va teri patologiyasi xavf omillari sifatida SOD2 va IL-6 polimorfizmlarini baholash» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Kashkadare viloyati filiali bo‘yicha 06.09.2025 yildagi 135T-son hamda Samarkand viloyat filiali bo‘yicha 10.09.2025 yildagi 35u-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 12 yanvardagi 01/45-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sitokin profilidan foydalanish semizlik bilan og‘rigan bemorlarda psoriaz va atopik dermatit o‘rtasidagi differensial tashxis aniqligini 88% gacha oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: faqat asosiy sitokinlarni maqsadli aniqlash diagnostik sezgirlikni yo‘qotmagan holda laborator xarajatlarni 34% ga kamaytirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.