Sotiboldiev Akramjon Axmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabet 2-turi fonidagi semizlikda biliar reflyuksning oldini olishda o‘zgartirilgan mini gastroshuntlash usuli», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5626.
Ilmiy rahbar: Botirov Jaxongir Akramjon o‘g‘li, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.01.
Rasmiy opponentlar: Kasimov Adxam Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Neymark Aleksandr Evgenevich, tibbiyot fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: laparoskopik mini gastroshuntlash tashrixining modifikatsiyalangan usulini ishlab chiqish orqali qandli diabetning 2-turi fonida morbid semizligi bo‘lgan bemorlarda bariatrik amaliyotning natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qandli diabetning 2-turi fonidagi morbid semizlikda an’anaviy laparoskopik mini gastroshuntlash bariatrik amaliyotidan keyingi natijalarga salbiy ta’sir qiluvchi eng ko‘p uchrovchi spesifik asorat biliar reflyuks (14,3%) ekanligi aniqlangan;
qandli diabetning 2-turi fonidagi morbid semizlikni xirurgik davolashda tashrixdan keyingi biliar reflyuks asorati rivojlanishini oldini olish uchun laparoskopik mini gastroshuntlash operatsiyasining modifikatsiyalangan usuli (IAP 7843) ishlab chiqilgan;
qandli diabetning 2-turi fonidagi morbid semizlikni davolashda amalga oshiriladigan bariatrik tashrixlarning texnik va taktik jihatlarini optimallashtirish hamda modifikatsiyalangan laparoskopik mini gastroshuntlash amaliyotini qo‘llash bilan tavsiflanuvchi xirurgik taktik yondashuv ishlab chiqilgan;
laparoskopik mini gastroshuntlash operatsiyasining ishlab chiqilgan modifikatsiyalangan usulining klinik samaradorligi spesifik asoratlarning 13,7% ga, jumladan biliar reflyuksni 12% ga, shuningdek jaroxat asoratlarini 6,7% ga, umumiy asoratlarni 6,3% ga va o‘lim ko‘rsatkichini 1,2% ga kamaytirish bilan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qandli diabetning 2-turi fonida morbid semizligi bo‘lgan bemorlarda bariatrik amaliyotning natijalarini yaxshilashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: qandli diabetning 2-turi fonidagi morbid semizlikda an’anaviy laparoskopik mini gastroshuntlash bariatrik amaliyotidan keyingi natijalarga salbiy ta’sir qiluvchi eng ko‘p uchrovchi spesifik asorat biliar reflyuks (14,3%) ekanligi aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 25 martda 6i-23/u-son bilan tasdiqlangan “2-tur qandli diabet fonida semizlikda biliar reflyuks profilaktikasida minigastroshuntlashning modifikatsiyalangan usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining 2025 yil 6-maydagi 67i/ch-son va Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasining 2024 yil 29 maydagi 44-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 iyuldagi 22/51-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: qandli diabetning 2-turi fonidagi semirish bilan og‘rigan bemorlarda an’anaviy laparoskopik operatsiyalardan keyingi asoratlar chastotasi va tuzilmasini inobatga olish maqsadli xirurgik reabilitatsiya chora-tadbirlarini asosli ishlab chiqish va optimal operativ usulni tanlash imkonini beradi, bu esa asoratlar chastotasini kamaytirishga, klinik natijalarni yaxshilashga hamda bemorlar hayot sifati oshishiga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: biliar reflyuks asorati tufayli bir nafar bemorni xirurgik davolanishi uchun o‘rtacha 5 yotoq-kun talab etiladi. Kasallikni oldini olish hisobiga bir bemor uchun 5 yotoq-kun tejaladi hamda umumiy xisobda bir bemor uchun o‘rtacha 2440000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: ilmiy yangilikdan foydalanish asoratlar rivojlanishini oldini olish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (biliar reflyuks nazorat guruhida 9 nafar, asosiy guruhda esa 3 nafar bemorda kuzatilgan) 14640000 so‘m iqtisodiy samara olishga imkon bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: qandli diabetning 2-turi fonidagi morbid semizlikni xirurgik davolashda tashrixdan keyingi biliar reflyuks asorati rivojlanishini oldini olish uchun laparoskopik mini gastroshuntlash operatsiyasining ishlab chiqilgan modifikatsiyalangan usuli (Ixtiro uchun IAP7843-sonli patent) Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 25 martda 6i-23/u-son bilan tasdiqlangan “2-tur qandli diabet fonida semizlikda biliar reflyuks profilaktikasida minigastroshuntlashning modifikatsiyalangan usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining 2025 yil 6-maydagi 67i/ch-son va Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasining 2024 yil 29 maydagi 44-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 iyuldagi 22/51-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: mini gastroshuntlashning modifikatsiya qilingan usulini klinik amaliyotga joriy etish operatsiyadan keyingi asoratlar va qayta operativ aralashuvlar sonini kamaytirish, davolash hamda reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish, shuningdek qandli diabet 2-turi fonidagi semirish bilan og‘rigan bemorlar hayot sifatini yaxshilashni ta’minlaydi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: mini gastroshuntlash operatsiyasining ishlab chiqilgan modifikatsiyalangan usulini qo‘llash qayta operativ aralashuvlar o‘tkazish zaruriyatini bartaraf etishi hisobiga 1 nafar bemor uchun 12865000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: ilmiy yangilikdan foydalanish qayta aralashuvlarni oldini olish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlikning kamayishi hisobidan 241178100 so‘m mablag‘lar tejalishiga imkon beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: qandli diabetning 2-turi fonidagi morbid semizlikni davolashda amalga oshiriladigan bariatrik tashrixlarning texnik va taktik jihatlarini optimallashtirish hamda modifikatsiyalangan laparoskopik mini gastroshuntlash amaliyotini qo‘llash bilan tavsiflanuvchi ishlab chiqilgan xirurgik taktik yondashuv Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 25 martda 6i-23/u-son bilan tasdiqlangan “2-tur qandli diabet fonida semizlikda biliar reflyuks profilaktikasida minigastroshuntlashning modifikatsiyalangan usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining 2025 yil 6-maydagi 67i/ch-son va Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasining 2024 yil 29 maydagi 44-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 iyuldagi 22/51-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: qandli diabetning 2-turi fonidagi morbid semizlikni davolash uchun ishlab chiqilgan xirurgik taktik yondashuvni klinik amaliyotga joriy etish davolash samaradorligini oshirish, operatsiyadan keyingi asoratlar va qayta operativ aralashuvlar chastotasini kamaytirish hisobiga nogironlik darajasini pasaytirishga hamda mazkur bemorlar kontingenti hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan xirurgik taktik yondashuvni qo‘llash rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni davolash xarajatlarini hamda qayta operativ aralashuvlar o‘tkazish zaruriyatini bartaraf etish hisobiga 1 nafar bemor uchun 12865000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: ilmiy yangilikdan foydalanish qayta aralashuvlarni oldini olish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlikning kamayishi hisobidan 241178100 so‘m, nogironlikning pasayishi hisobiga esa 138874635 so‘m mablag‘lar tejalishiga imkon beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: laparoskopik mini gastroshuntlash operatsiyasining ishlab chiqilgan modifikatsiyalangan usulining klinik samaradorligi spesifik asoratlarning 13,7% ga, jumladan biliar reflyuksni 12% ga, shuningdek jaroxat asoratlarini 6,7% ga, umumiy asoratlarni 6,3% ga va o‘lim ko‘rsatkichini 1,2% ga kamaytirish bilan asoslanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 25 martda 6i-23/u-son bilan tasdiqlangan “2-tur qandli diabet fonida semizlikda biliar reflyuks profilaktikasida minigastroshuntlashning modifikatsiyalangan usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining 2025 yil 6-maydagi 67i/ch-son va Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasining 2024 yil 29 maydagi 44-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 iyuldagi 22/51-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: laparoskopik mini gastroshuntlashning modifikatsiya qilingan usulini qo‘llash operatsiyadan keyingi asoratlarning umumiy chastotasini 18,4%dan 4,7%ga, shu jumladan olib keluvchi halqa sindromini 14,3%dan 2,3%ga, jaroxat asoratlarini 12,2%dan 5,5%ga va umumiy xarakterdagi asoratlarni 10,2%dan 3,9%gacha kamaytirishni ta’minladi. Bu esa qayta operativ aralashuvlar sonining kamayishiga, davolash va reabilitatsiya muddatlarining qisqarishiga, tibbiy-ijtimoiy samaradorlikka erishishga imkon berdi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: semirishni xirurgik davolash usullarini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalarini joriy etish davolash muddatlarining qisqarishi hisobiga bir bemorga o‘rtacha 2440000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: ilmiy yangilikdan foydalanish tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=40) 97600000 so‘m mablag‘lar tejalishiga imkon beradi.