To‘xtaeva Xurshida Farxodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Turistik xizmatlar bozorida bandlikni tartibga solish va boshqarishni takomillashtirish”, 08.00.13 - Menejment va 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt2826
Ilmiy rahbar: Adilova Zulfiya Djavdatovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, PhD. 22/2025.27.12.I.02.01 raqamli Ilmiy kengash qoshida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xalilov Sirojiddin Sherali o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor; Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro Islomshunoslik akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Turistik xizmatlar bozorida bandlikni tartibga solish va boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“turistik xizmatlar bozorida bandlik” tushunchasining asosiy xususiyatlari va rivojlanish istiqbollarini aniqlash imkonini beruvchi konseptual mazmuni mualliflik yondashuvi asosida takomillashtirilgan;
turistik xizmatlari bozorida bandlikni tartibga solish va boshqarish jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni integratsiya qilish orqali mintaqaviy bandlik muammolarini hal qilish va moslashuvchan mehnat bozorini shakllantirish uchun raqamli indikatorlar asosida turistik xizmatlar bozori monitoring tizimi ishlab chiqilgan;
yangi raqamli ko‘nikmalar va o‘zgaruvchan iste’molchi ehtiyojlariga moslashtirish mezonlar asosida bandlikni samarali tartibga solish va boshqarishning “Raqamli kompetensiyalarni baholash va moslashuvchan HR modeli” ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasi turistlik xizmatlar bozorida bandlik darajasiga ta’sir etuvchi asosiy omillarini aniqlash hamda ularning iqtisodiy ahamiyatini empirik jihatdan baholashning ko‘p omilli ekonometrik model va prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turistik xizmatlar bozorida aholining bandligini boshqarish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
turizm sektoridagi bandlik tushunchasining asosiy xususiyatlari va uning rivojlanish istiqbollari aniqlanib, konseptual model shakllantirildi. Turizmda bandlikning sifat omillari, moslashuvchan mehnat shakllari va hududiy tafovutlari aniqlanib, ularning integratsiyalashgan nazariy asoslari yaratildi (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 15-oktyabrdagi 03-10-17-10662-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu model turizm sektorida bandlikni tizimli va strategik boshqarishni kengaytirib, barqaror bandlik siyosati, iqtisodiy samaradorlik va global raqobatbardoshlikni ta’minlaydi.
turistik xizmatlar bozorida bandlik boshqaruviga zamonaviy texnologiyalarni integratsiya qilish orqali mintaqaviy bandlik muammolarini hal qilish va moslashuvchan mehnat bozorini shakllantirish uchun raqamli indikatorlar asosida mehnat bozori monitoring tizimini joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 20-oktyabrdagi 01/00-03/10-9728-sonli ma’lumotnomasi). Har bir hududda turizm bandligi darajasi real vaqt rejimida aniqlanadigan tizim hududiy nomutanosibliklarni aniqlash, resurslarni qayta taqsimlash va mehnat siyosatini dinamik boshqarishga, shuningdek, mavsumiy ish o‘rinlarini avtomatik monitoring qilish imkoniyatini beradi.
inson resurslarini boshqarish strategiyalarini yangi raqamli ko‘nikmalar va o‘zgaruvchan iste’molchi ehtiyojlariga moslashtirishga xizmat qiluvchi texnologiyaga integratsiyalashgan “Raqamli kompetensiyalarni baholash va moslashuvchan HR jarayoni bandlikni boshqarish modeli” ishlab chiqildi (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 15-oktyabrdagi 03-10-17-10662-sonli ma’lumotnomasi). Yangilikni amaliyotga joriy etish xodimlarning raqamli savodxonligi, texnologiyalarga moslashuvchanligi va xizmat ko‘rsatish kompetensiyalarini aniqlab, personalni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha aniq strategiyalar ishlab chiqishga imkon yaratadi. Natijada, inson resurslarini rivojlantirish samaradorligi oshib, turizm xizmatlari sifati va mijozlar qoniqishi, shuningdek, raqobatbardosh kadrlar zaxirasi mustahkamlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi turistlik xizmatlar bozorida bandlik darajasiga ta’sir etuvchi asosiy omillari aniqlash hamda ularning iqtisodiy ahamiyati empirik jihatdan baholashning ko‘p omilli ekonometrik model va prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilishi (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 20-oktyabrdagi 01/00-03/10-9728-sonli ma’lumotnomasi), ushbu sohadagi bandlik holatini ilmiy asosda tahlil qilish va prognozlash imkonini yaratadi. Ushbu model turizm bandligini samarali boshqarish, resurslarni taqsimlash, barqarorlikni ta’minlash va sohaning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.