Shaxriddinova Laylo Nurxonovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta yoshli ayollarning funksional holatini e’tiborga olgan holda o‘tkaziladigan sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlarni optimallashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped156.

Ilmiy rahbar: Usmonxodjaev Tal’at Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.

Rasmiy opponentlar: Koshbaxtiev Il`dar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Raximov Vladimir Shavkatovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: o‘rta yoshli ayollarning funksional holatini e’tiborga olgan holda o‘tkaziladigan sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlarni optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

stretching mashqlari yuklamalarining ta’sir qiluvchi asosiy omillari (takrorlashlar soni, tashqi yuklama, dam olish oralig‘i uzoqligi, mashq bajarish shiddati, mashqlar soni, majmua mazmuni, irodaviy kuch berishlar, bo‘g‘imlardagi harakatlar amplitudasi) aniqlangan;

turli xil stretching mashqlaridan foydalanish asosida o‘rta yoshdagi ayollarning jismoniy tayyorgarligini baholashning me’yoriy ko‘rsatkichlari aniqlangan;

o‘rta yoshli ayollar bilan o‘tkaziladigan sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarida stretching mashg‘ulot yuklamalarining optimal nisbatlari ishlab chiqilib, shug‘ullanuvchi ayollarning morfo-funksional holatiga ijobiy ta’siri aniqlangan;

o‘rta yoshdagi ayollar bilan o‘tkaziladigan sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarida turli xil (statik cho‘ziltirish, passiv cho‘ziltirish, dinamik cho‘ziltirish, ballistik cho‘ziltirish, faol izolyasiyalangan cho‘ziltirish, propriotseptiv asab-mushakni cho‘ziltirish, izometrik cho‘ziltirish) stretching mashqlarini uyg‘unlashtirgan holda qo‘llash uslubiyati takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘rta yoshli ayollarning funksional holatini e’tiborga olgan holda sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlarni optimallashtirish yuzasidan o‘tkazilgan tajribalar asosida:

o‘rta yoshli ayollarning jismoniy tayyorgarligi va funksional holatini e’tiborga olgan holda mashg‘ulotlar yuklamalari optimallashtirilib Navoiy shahridagi “Navoiy-Azot” ochiq aksionerlik jamiyatiga qarashli “Shirin” madaniyat saroyining sog‘lomlashtirish markazida shug‘ullanuvchi ayollarning mashg‘ulotlari jarayonida kompleks tarzda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 6 dekabrdagi 01-07-10-3113-son ma’lumot­nomasi). Natijada tajriba guruhi shug‘ullanuvchi o‘rta yoshli ayollarning tezlik sifatini 6,6–8,7% ga oshirishga imkon bergan;

sog‘lomlashtiruvchi stretching mashqlarni qo‘llash metodikasi  takomillash­tirilib Navoiy shahridagi “Navoiy-Azot” ochiq aksionerlik jamiyatiga qarashli “Shirin” madaniyat saroyining sog‘lomlashtirish markazida shug‘ullanuvchi o‘rta yoshli ayollar mashg‘ulotlarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismo­niy tarbiya va sport vazirli­gining 2018 yil 6 dekabrdagi 01-07-10-3113-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rta yoshli ayollarning kuch sifatini 5,2–7,2% ga oshirishga imkon bergan;

o‘rta yoshli ayollar organizmining fuksional holatini e’tiborga olgan holda ular bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning yuklama­lari optimal­lashtirilib Navoiy shahridagi “Navoiy-Azot” ochiq aksionerlik jamiyatiga qarashli “Shirin” madaniyat saroyining sog‘lomlash­tirish markazida o‘rta yoshli ayollar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respubli­ka­si Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 6 dekabrdagi 01-07-10-3113-son ma’lumot­nomasi). Natijada o‘rta yoshli ayollarning chaqqonlik sifatini 11,5–13,6% ga oshirishga imkon bergan;

turli xil stretching mashqlaridan foydalanish asosida o‘rta yoshdagi ayollarning jismoniy tayyorgarligini baholashning me’yoriy ko‘rsatkichlari ishlab chiqilib, Navoiy shahridagi “Navoiy-Azot” ochiq aksionerlik jamiyatiga qarashli “Shirin” madaniyat saroyining sog‘lomlashtirish markazida shug‘ullanuvchi o‘rta yoshli ayollar mashg‘ulotlarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 6 dekabrdagi 01-07-10-3113-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rta yoshli ayollarning bug‘imlar xarakatchan­ligi 10–13% ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish