Hazratqulov Shahboz Boboqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlariga investisiya jalb qilishda risklarni tahlil qilish va minimallashtirish mexanizmlari”, 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5687
Ilmiy rahbar: Nabiev G‘ulom Abdusalomovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.11.03
Rasmiy opponentlar:
Ochilov Akrom Odilovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor;
Ro‘ziev Zafar Ikromovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi (i.f.n), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Xizmat ko‘rsatish tarmoqlariga investisiya jalb qilish jarayonida investision risklarni aniqlash, baholash va minimallashtirishning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish hamda ularning iqtisodiy samaradorlik va investision barqarorlikka ta’sirini asoslashdan iborat .
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yillik daromadlarning nisbiy o‘zgarishlari asosidagi taqsimotdan eng salbiy 5 foizlik qismi 95 foizlik ishonchlilik darajasida aniqlangan ko‘rsatkichni joriy daromad hajmi asosida pul ifodasiga o‘tkazish orqali xizmatlar sektori investisiya riskini baholash taklifi ilmiy asoslangan;
mavsumiy talab, inflyasiya bosimi hamda real aholi daromadlari qisqarishiga ta’sirchan xizmat ko‘rsatish tarmoqlaridagi investisiya xatarlarini loyihada rejalashtirilgan daromadning amalda erishilmagan ulushini ifodalovchi — daromad uzilishi indeksi asosida DUI≤5% — past, 5%<DUI≤10% — o‘rtacha va DUI>20% — yuqori xavf darajalariga ajratib baholash taklifi ilmiy asoslangan;
iqtisodiy omil 1 foizga o‘zgarganda sof joriy qiymat (NPV)ning foiz hisobida qanchaga o‘zgarishini aniqlash orqali investisiya loyihalarining xatar darajasini sonli ko‘rsatkichlar asosida baholash va minimallashtirishga qaratilgan ilmiy taklif asoslangan;
NPV sezgirligi, daromad uzilishi indeksi, diskont stavkasiga bog‘langan pessimist, bazaviy va optimistik ssenariylar asosida xizmat ko‘rsatish tarmoqlariga yo‘naltiriladigan investisiyalar hajmining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xizmat ko‘rsatish tarmoqlariga investisiya jalb qilishda risklarni tahlil qilish va minimallashtirish mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yillik daromadlarning nisbiy o‘zgarishlari asosidagi taqsimotdan eng salbiy 5 foizlik qismi 95 foizlik ishonchlilik darajasida aniqlangan ko‘rsatkichni joriy daromad hajmi asosida pul ifodasiga o‘tkazish orqali xizmatlar sektori investisiya riskini baholash taklifi Qashqadaryo viloyatida hududiy investisiya loyihalarini rejalashtirish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligi 2026-yil 18-fevraldagi 05-11/2066-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, yillik daromadlar taqsimotining eng salbiy 5 foizi asosida xizmatlar sektorida investisiya riski pul ifodasida aniq baholanib, xavf darajasi oldindan aniqlash hamda ilmiy asoslangan investisiya qarorlarini qabul qilish imkoniyati yaratildi;
Mavsumiy talab, inflyasiya bosimi hamda real aholi daromadlari qisqarishiga ta’sirchan xizmat ko‘rsatish tarmoqlaridagi investisiya xatarlarini loyihada rejalashtirilgan daromadning amalda erishilmagan ulushini ifodalovchi — daromad uzilishi indeksi asosida DUI≤5% — past, 5%<DUI≤10% — o‘rtacha va DUI>20% — yuqori xavf darajalariga ajratib baholash taklifi Qashqadaryo viloyatida hududiy investisiya loyihalarini rejalashtirish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligi 2026-yil 18-fevraldagi 05-11/2066-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, daromad uzilishi indeksi (DUI) mezoni orqali xizmat ko‘rsatish tarmoqlaridagi investisiya xatarlari past, o‘rtacha va yuqori darajalarga aniq tasniflanib, mavsumiylik va inflyasiya ta’sirini inobatga olgan holda investisiya qarorlarini ilmiy asosda qabul qilish imkoniyati yaratildi;
Iqtisodiy omil 1 foizga o‘zgarganda sof joriy qiymat (NPV)ning foiz hisobida qanchaga o‘zgarishini aniqlash orqali investisiya loyihalarining xatar darajasini sonli ko‘rsatkichlar asosida baholash va minimallashtirishga qaratilgan ilmiy taklifi Qashqadaryo viloyatida hududiy investisiya loyihalarini rejalashtirish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligi 2026-yil 18-fevraldagi 05-11/2066-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida iqtisodiy omilning 1 % o‘zgarishiga NPV sezgirligi aniqlanib, investisiya loyihalarining xatar darajasi sonli ifodada baholandi hamda xatarlarni minimallashtirish bo‘yicha asosli qarorlar qabul qilish imkoniyati yaratildi;
NPV sezgirligi, daromad uzilishi indeksi, diskont stavkasiga bog‘langan pessimist, bazaviy va optimistik ssenariylar asosida xizmat ko‘rsatish tarmoqlariga yo‘naltiriladigan investisiyalar hajmining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan taklif Qashqadaryo viloyatida hududiy investisiya loyihalarini rejalashtirish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligi 2026-yil 18-fevraldagi 05-11/2066-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida NPV sezgirligi, daromad uzilishi indeksi va ssenariylar asosida xizmat ko‘rsatish tarmoqlariga investisiyalar hajmining 2030-yilgacha prognozi aniqlandi, hamda xatarlarni hisobga olgan holda investisiya rejalashtirish imkoniyati yaratildi.