Yusupov Sardor Abdrimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Himoyalangan erlarda gilos etishtirish agrotexnologiyasining ayrim elementlarini ishlab chiqish”, 06.01.07 – Mevachilik va uzumchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Qx1692
Ilmiy rahbar: Aripov Abdulla Ubaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, 
uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.02.
Rasmiy opponentlar: Xalmirzaev Dilmurad Kamilovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Abduramonova Salomat Xudaybergenovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi himoyalangan erlarda gilosning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga yashil novdalarni kesish uzunligi va muddatlarining ta’sirini o‘rganish hamda sifatli meva etishtirishda toqalashning ta’sirini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Toshkent viloyati sharoitida himoyalangan erlarda tuproq yuzasini qora plyonka bilan mulchalab etishtirilgan gilosning Royal Tioga navi nazoratga nisbatan mevalari 21-27 kun erta pishganligi aniqlangan;
himoyalangan erlarda gilosni Royal Tioga navining gul kurtaklari 50% toqalanganda mevasi yirik (meva vazni 11,6 g), sifati yuqori bo‘lganlagi hamda hosildorligi 175 s/ga ekanligi aniqlangan;
gilos navlarini yashil novdalarni may oyining I dekadasida 30 sm uzunlikda kesilganda daraxtlar yaxshi o‘sib, rivojlanishi va meva sifati hamda hosildorligi (219 s/ga) oshganligi isbotlangan;
himoyalangan erlarda etishtirilgan Royal Tioga navini gul kurtaklarini 50% toqalash orqali eng yuqori (496 mln. so‘m) sof foyda va rentabellikka (383%) erishilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gilosni himoyalangan erlarda etishtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
fermer xo‘jaliklari, soha mutaxassislar va shaxsiy tomorqa er egalari uchun «Himoyalangan erlarda gilosning sifatli mevalarini etishtirish texnologiyasi» nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 
2025-yil 15-oktyabrdagi 05/06-04-665-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma fermer xo‘jaliklari, soha mutaxassislar va shaxsiy tomorqa maydonlarida himoyalangan erlarda gilosning sifatli mevalarini etishtirish texnologiyalarini qo‘llashda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
himoyalangan erlarda gilos navlaridan erta muddatda, yuqori hosilli hamda sifatli mevalar etishtirish ishlanmasi Toshkent viloyati Toshkent tumani «Alisher Fayz Muruvvat» fermer xo‘jaligi klasterida himoyalangan erlarda Royal tioga navini may oyining I-dekadasida bir yillik novdalarini 30 sm uzunlikda kesish agrotexnikasi 1 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2025 yil 15 oktyabrdagi 
05/06-04-665-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, an’anaviy usulda gilos etishtirishga nisbatan himoyalangan erlarda Royal tioga navini may oyining I-dekadasida 30 sm uzunlikda kesish orqali etishtirilganda gektaridan 20,8 t (15-20% ga yuqori) yuqori sifatli hosil olingan;
Toshkent viloyati Toshkent tumani Toshkent ilmiy tajriba stansiyasining himoyalangan erda Royal tioga navini gul kurtaklar 50% toqalash agrotexnikasi stansiyasida 0,3 ga maydonda va “Raxmatxodjaev Toyir” fermer xo‘jaligida 1 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi 05/06-04-665-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida an’anaviy usulda himoyalangan erlarda gilos etishtirishga nisbatan himoyalangan erlarda Royal tioga navini 50% toqalash orqali etishtirilganda mos ravishta 3,6-18,6 t eng yuqori sifatli (15-20% ga yuqori) hosil olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish